Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Oqsoqollar kengashi – gerusiya. Gerusiya urug‘ jamoa 
davridan mavjud bo‘lib, fuqarolik, jinoyat va harbiy ish soha-
lari bo‘yicha keng vakolatga ega tashkilot. Gerusiya tarkibi – 28 
oqsoqol va 2 podsho – jami 30 kishidan iborat bo‘lgan. 
Podsho hokimiyati. Ikki podsho bir xil hokimiyatga ega 
bo‘lib, har ikki podsho hokimyatni kelishib boshqarishi, o‘z 
vazifasini suiiste’mol qilishini boshqasi yo‘l qo‘ymasligi ke-
rak edi. Podsholarning vakolati oliy harbiy qo‘mondonlik bilan 
cheklangan. Har ikki podsho gerusiya tarkibiga kirgan. Pod-
sholar umrbod hukmronlik qilganlar. 
Fuqarolik ishi bo‘yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar – 
eforlar amalga oshirganlar. Keyinchalik xalq yig‘ini tomonidan 
tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi mil.avv. VIII asr o‘rtalarida 
podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ 
sifatida paydo bo‘ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyati-
ning oliy organiga aylandi. Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni 
ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko‘ra, eforlar ilk davrda 
podsholar tomonidan tayinlanganlar. Besh Sparta qishlog‘ining 
har biridan bittadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy 


360
nazorat hokimiyatiga ega edilar. Geront va podsholarni ham 
javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Ular Sparta fuqa-
rolari turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarining bajari-
lishini kuzatganlar. 
Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar 
hamda ilotlarga qarshi jazo-qo‘rqitish tadbirlarini amalga oshi-
rishga rahbarlik qildilar. Gerusiyada xalq yig‘inida ko‘riladigan 
qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar bo‘yicha 
sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig‘ini-appelaga 
boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ish-
dan chetlatish, zaruriyat bo‘lganda chet elliklarni mamlakatdan 
chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi 
ishlar ularning qo‘lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlar-
ga (harbiy o‘ljalarning 1/3 qismiga egalik qilish, tantanali dafn 
qilish va h.k.) ega bo‘lsalar-da, eforlarning kuchli hokimiyati 
ularni podsholar bilan bir qatorda qo‘yar edi. Bu tashqi tomon-
dan quyidagi odatda ifodalangan: Boshqa spartaliklardan farq 
qilgan holda eforlar podsholar ko‘ringanda o‘z o‘rinlaridan tur-
maslik huquqiga ega edilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling