Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Xalq yig‘ini – appella. Xalq yig‘ini – appellada 30 yoshga 
yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Xalq yig‘ini eng 
muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega 
bo‘lgan. Faqatgina xalq yig‘inigina urush e’lon qilish huquqiga 
ega edi. Sparta appellasi masalalar qizg‘in muhokama qilina-
digan, oddiy fuqaro faol so‘zga chiqadigan Afina xalq yig‘ini – 
ekklesiyasidan keskin farq qilar edi. Appellada oddiy sparta-
liklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha 
qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. 
Appellada fuqarolar masalani muhokama qilmas, bahslash-
mas edilar, faqat ular ovoz berar edilar. Spartaliklarning davlat 
qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos 
Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Li-
kurg Sparta podsholaridan birining tog‘asi bo‘lib, o‘z jiyanining 
yoshi kichik bo‘lganligi uchun davlatni boshqargan. Likurg is-
lohotlarining asosiy maqsadi Sparta fuqarolarining hukmron-
ligini ta’minlash edi. Shuningdek, qaram ilot va perieklarning 
norozilik chiqishlari va tashqi hujumni bartaraf qilishga qodir 
kuchli harbiy tashkilotni yaratish edi. Likurg spartaliklarning 
tengligiga raxna soladigan, mulkiy tabaqalanishga olib kelish 
ehtimoli bo‘lgan, savdo-hunarmandchilikni cheklaydigan qator 


361
qonunlarni amalga oshirdi. Sparta fuqarolariga xo‘jalik faoli-
yati bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Fuqaro o‘ziga berilgan yer 
ulushida ilotlar yetishtirgan mahsulotlarni olib, o‘z ehtiyojini 
qondirgan. Hunarmandchilik bilan perieklar, dehqonchilik bi-
lan ilotlar shug‘ullanganlar. Qaram ilotlar olingan mahsulot-
ning yarmini o‘z xo‘jayinlari yoki davlatga toshirganlar. Spar-
tada katta binolar qurish, zeb-ziynat buyumlari, san’at asarla-
rini ishlab chiqarish keskin cheklangan. Kumush tanga o‘rni-
ga sav do ishlari uchun noqulay, qo‘pol, katta temir bo‘laklari 
ishlatilgan. Bu tadbirlar savdo, hunarmandchilikning keskin 
cheklanishiga olib keldi. Faqat qurol-aslaha ishlab chiqarish 
bundan soqit edi. Likurg spartaliklarning tengligini saqlab qol-
ish uchun boylik to‘plashni taqiqladi. Sparta to mil.avv. IV as-
rning ikkinchi yarmigacha shu holatda yashadi. 
Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat maj-
buriy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy 
ta’limni o‘rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda 
bo‘lganlar. Harbiy lagerda yashash bayram hisoblangan. Dush-
mandan tortib olingan o‘lja – ozuqa va ichimlik harbiy xizmat-
dagilar kayfiyatini yanada ko‘targan. Sparta jangchilari zich 
saflanib (falanga) gulchambar bilan bezalgan qizil kiyimda sur-
nay, musiqa bilan jangga kirganlar. Faqat jangda halok bo‘lgan-
lar qizil kiyimda tantanali dafn etilganlar. Qo‘rqoq haqoratlanib 
obro‘siz lantirilgan. Kimdir jangda qo‘rqoqlik qilib qochsa yoki 
safni tashlab ketsa, u gimnastika o‘yinlarida, sissitiyalarda qat-
nashish huquqidan mahrum qilingan. Hech narsani sotib ol-
ishga jur’at qilmagan, xalqning oldida sazoyi qilingan. Sparta 
shahari devorlar, mudofaa inshootlari bilan o‘rab olinmagan, 
mudofaa faqat shahar fuqarolarining jasoratiga asoslangan. 
Spartaliklar shaharlarni qamal qilishni bilmaganlar va yoq-
tirmaganlar. Yuzma-yuz jang qilish ularning qoidasi bo‘lgan. 
Jangda qo‘shinning oldingi qismida ilotlar
, perieklar borgan. 
Ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo‘lgan 
keksalar jangga kirishgan. Qayrilgan qilich, uzun nayza, zich 
saf – falanga va jangchilarning jasorati hamda mohirligi g‘ala-
bani ta’minlagan. 
Sparta qo‘shini mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistondagi eng 
yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo‘shin edi. Qo‘shinlar 
12 ta harbiy qismga (loxga) bo‘lingan. Harbiy qism tepasida har-
biy boshliq (loxak) turgan. Qo‘shinga qo‘mondonlikni podsholar 


362
amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar 
yordam bergan. Qo‘shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. 
Suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo‘riqlaydigan, tinchlik 
vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ziga xos 
otliq gvardiyani tashkil etgan.
Sparta Peloponnes urushidan so‘ng qisqa vaqt mil.avv. 
404-yildan 379-yilgacha yunon dunyosida yetakchi o‘rinni 
egalladi. Mil.avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosi-
ni qamrab olgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar Spartaga ham 
o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar 
jamiyati buzildi. Spartaning harbiy qudrati mil.avv. 371-yilda 
Fiva bilan urushdagi mag‘lubiyatdan keyin zaiflashdi va tush-
kunlikka yuz tutdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling