Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- SPARTA 1. Sparta jamiyati. 2. Davlat tuzumi. 3. Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi. 4. Arxaik davr hayotining umumiy man- zarasi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Gomer. Iliada. – Toshkent: 2000. 2. Gomer. Odissey. – Toshkent: 2000. 3. Андреев Ю. В. Раннегреческий полис. – Л.: 1976. 4. Молчанов А.А. Социальные структуры и общeственные от- ношения в Греции II тысячелетия до н.э. – М.: 2000. 356 5. Блаватская Т.В. Черты истории государственности Эллады. – СПб. 2003. 6. Высокий М.Ф. История Сицилии в архаическую эпоху. Ранняя греческая тирания конца VII – середины V в.до н.э. – СПб. 2004. 7. Фролов Э.Д. Рождение греческого полиcа. – СПб. 2004. Asosiy sanalar Mil.avv. VIII asr Yunonlarning Sitsiliya, Janubiy Italiya, Shimoliy-Sharqiy Qora dengiz bo‘ylari- da koloniyalari tashkil topdi. Mil.avv. VIII–VII asr Janubiy Italiyada yunon koloniyalari paydo bo‘ldi. Mil.avv. 735-yil Evbey Xalkidasi yunonlari Naksos, Katanu, Leontida, Zankli, Regiy koloni- yalari barpo qildilar. Mil.avv. VII asrda Misrda yunonlarning tayanch nuqta- lari vujudga keldi. Mil.avv. VII asrda Yunon shaharlarida savdo-hunar- mandchilik tez sur’atda rivojlandi. Mil.avv. VII–VI asrlar Buyuk kolonizatsiya davri. 357 SPARTA 1. Sparta jamiyati. 2. Davlat tuzumi. 3. Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi. 4. Arxaik davr hayotining umumiy man- zarasi. 1. Sparta jamiyati. Qadimgi Sparta arxaik va klassik davr- larda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tu- gallanish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII–XI asrlarda Peloponnes hududiga o‘rnashdilar va mil.avv. XI–VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asr- da Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysi ning o‘rta qismidagi unumdor yerlarda Sparta manzilgohi paydo bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb ata- dilar. Ko‘pchilik doriylar bo‘lg‘usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o‘rnashdilar. Doriylar mahalliy axey aholisining bir qismini qaram qilib, qolgan qismini qirib tashladi, Sparta davlatining paydo bo‘li- shi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bi- lan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida, urug‘ munosabatlarining yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Sparta davlatida urug‘chilik tuzumi qoldiqla rining uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o‘ringa chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonika- ning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa Pamis dar- yosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‘lka Spartaning kam sonli, to‘la huquqli fuqarolari tomonidan bo‘lib olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib tashlanib, qolganlari huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. Lakonika va boshqa bosib olingan hududlarning aholisi perieklar deb atalib, savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ul- langanlar, o‘zlariga qoldirilgan yerda ishlab, mahsulotning bir qismini spartaliklarga berganlar. Ular bundan tashqari harbiy xizmat majburiyatini ham o‘taganlar. Perieklardan tashqari Sparta davlatiga qaram bo‘lgan ilotlar davlatga tegishli qullar 358 hisoblanib, alohida spartaliklarga taqsimlab berilgan. Ilotlar davlat va spartaliklarning yerlarida ishlab, ularga mahsulot yetkazib berganlar. Shu bilan birga harbiy yurishlar paytida qarorgoh qurish, urushda yengil qurolli bo‘lib qatnashish maj- buriyatlarini o‘taganlar. Ilotlar bir xil kiyim – charm qalpoq va qo‘y terisini kiyganlar. Periek va ilotlar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo‘lmaganlar. Spartaliklar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo‘ldilar. Har bir to‘la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi – ilotlar oila- si bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo‘jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so‘ng Sparta G‘arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa Sparta sharq va shimolda- gi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o‘ziga qo‘shib oldi. Arka- diyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Eli- da kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling