Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Iqtisodiy-ijtimoiy hayot. Kritning ijtimoiy-siyosiy muno-
sabatlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Qadimgi Krit jamiyatida 
qullar bo‘lgani taxmin qilinadi. Kritda qul mehnatidan podsho 
xo‘jaliklarida foydalanilgani, uy qulchiligi mavjud bo‘lgani faraz 
qilinadi. Mil.avv. III ming yillikka borib taqaladigan Messara 
vodiysida mavjud bo‘lgan guruhiy qabrlar, Vasilikadan topilgan 
ikki qavatli uylar jamoa munosabatlarining uzoq vaqt mavjud 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Knoss saroyining o‘zida bir vaqt-
da 10 ming kishi yashagan. 
Orolda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangani ko‘rinadi. Topilgan 
qishloq qo‘rg‘onlari yirik yer egaligi va boy dehqonlar bo‘lganidan 


335
dalolat beradi. Fest shahri yonidan topilgan ko‘zaning sirtida, 
odatda, pishgan zaytun mevalarini urib tushiradigan pansha-
xasimon tayoq ko‘tarib kelayotgan bir to‘da dehqonlar mohirona 
tasvirlangan. Podsho saroylarining ko‘p sonli xonalaridan hu-
narmandchilik ustaxonalari topilgan. Kritda asosan uch soha: 
kemasozlik, kulolchilik va qurilish rivojlangan. Kritliklar mohir 
me’mor bo‘lib, ko‘p qavatli saroylar, ustaxonalar va omborlar 
qurganlar. Kulolchilik yuqori darajada rivojlanib, kulollar turli 
shakldagi buyumlar yasagan. Kulollar odam bo‘yidan baland 
qalin devorli xumlardan tortib, devori tuxum po‘chog‘idan ham 
yupqa nafis ko‘zalar yasaganlar. Ko‘zalarda rangli tasvirlar, 
ayniqsa, gullar, sakkiz oyoqlar (dengiz hayvoni) ustalik bilan 
tasvirlanadi. 
Kemasozlar mil.avv. XVI–XV asrlarda suvda uzoq masofaga 
suzadigan dengiz kemalarini qurganlar. Knoss hukmdorlari-
ning kuchli dengiz floti O‘rtayer dengizining sharqiy qismi – 
Sitsiliyadan Suriyagacha, Misrdan Atlantikagacha suzar edi. 
Kritliklar Misr, Suriya va Sharqiy O‘rtayer dengizining boshqa 
shaharlari bilan keng dengiz savdosini olib bordilar. Krit hu-
narmandchilik mahsulotlari namunalari Mesopotamiyadagi 
Mari shahridan topilgan. Misr devoriy tasvirlarida Krit (Kef-
tiu) elchilari tasvirlanadi. Krit orolida esa Misr va Suriya hu-
narmandchilik mahsulotlari topilgan. Italiyaning Sitsiliya oroli 
va Kampaniya qirg‘oqlaridan topilgan Krit buyumlari g‘arbiy 
yo‘nalishda kritliklar qizg‘in savdo qilganlaridan dalolat beradi.
Mil.avv XV asr o‘rtalarida Kritning ichki va tashqi ahvo-
li o‘zgaradi. Krit o‘zining Sitsiliya va Egey havzasidagi mavqe-
yini yo‘qotadi. Dengiz davlati yemiriladi. Shu vaqtda Fera oro-
lida Kritdan 100 km shimolda (mil.avv. 1470-yil) vulqon otilib, 
uning natijasida ulkan to‘lqin – sunami 30 metr balandlikda 
qirg‘oqdagi shaharlarni yuvib, gullab-yashnagan Krit sha-
harlariga shiddat bilan yopirilib kelgan, deb faraz qilinadi. 
Mil.avv. 1450-yillarda Kritni zaiflashganidan foydalangan 
Yunonistonning janubida yashagan axey qabilalari orolga 
bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo‘ydilar. 
Egey havzasi ikki asr mobaynida doriylar kelganlariga qadar 
axeylar hukmronligi ostida qoldi. Axeylar krit sivilizatsiyasi ning 
ajoyib yutuqlarini o‘zlashtira olmadilar. Ular krit san’ati ning 
yuqori badiiy qiymatini, go‘zallligini his qilishdan ojiz edilar. 
Aholi soni kamayadi, shaharlar bo‘shab qolib, sivilizatsiya epit-
sentri Egey dengizining boshqa havzasiga ko‘chdi. 


336

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling