Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Krit madaniyati. Mil.avv. III–II ming yilliklarda Egey den-
gizi orollarida kelib chiqishi sharqdan bo‘lgan krit-miken si-
vilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning afsonaviy pod-
shosi nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi ham deb ataladi. Krit 


332
sivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan ke-
chirayotgan paytda vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Ular 
yunonlargacha bo‘lgan, yunoncha so‘zlashmagan, o‘z yozuv-
lariga ega xalq bo‘lgan.
 Krit yoki Minoy madaniyati uch davr-
ga: Ilk Minoy (mil.avv. 3000–2300/2100-yillar), O‘rta Minoy 
(2300/2100–1600-yillar) va So‘nggi Minoy (1600–1200-yillar)
ga bo‘linadi.
 Kritning ilk gullab-yashnash davri va uning Egey 
dunyosidagi yetakchiligi mil. avv. III–II ming yilliklarga to‘g‘ri 
keladi. Dastlab orolning janubiy-sharqiy qismi rivojlangan.
O‘rta Minoy davrida Kritda «birinchi saroylar» davri bo‘ldi. 
Knoss, Fest va Malliya kabi shahar markazlari rivojlandi. Krit 
me’morchiligining Kiklad va Ellada sivilizatsiyalaridan ajratib 
turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug‘vor qurilgani va sa-
roylardagi nafis freska tasvirlarining yuksak san’at darajasida 
bo‘lganidir. Freska tasviriy san’atining gullab-yashnashi «ik-
kinchi saroylar davriga» (mil.avv. XVII asr) va So‘nggi Minoy 
davriga to‘g‘ri keladi. Krit orolida qudratli davlat tashkil topgan
uning kemalari dengizda hukmron bo‘lgan. Krit bilan raqobat 
qiladigan biror-bir davlat bo‘lmagan. Orolning mudofaa devor-
lari bilan o‘rab olinmagani bundan dalolat beradi. O‘rta Minoy 
davri Kritda taxminlarga ko‘ra, yer qimirlashi natijasida halo-
kat bilan tugallandi. Mil.avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya 
saroylari xarobaga aylandi. 
Ellik yildan so‘ng Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish 
mil.avv. 1400-yillargacha davom etdi. Bu davrda Krit dengizda 
cheksiz hukmronlik qildi. Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberi-
yaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport qildi. Misrdan rangli 
shisha, fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash; Liviyadan 
qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi.
Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi mil.avv. 
1700-yildan boshlanib, Knoss va Festda yangi saroylar qu-
rilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan bezatilgan. Ingliz ar-
xeologi Artur Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi 
va ajoyib san’at namunalarini topdi. Bir necha qavatli saroy 
Kritdagi ulug‘vor inshoot edi. U bir necha marta qayta qurilgan 
bo‘lib, podsho oilasi istiqomatgohi, rasmiy qarorgoh va xo‘ja-
lik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko‘plab xona va zal de-
vorlari did bilan bezatilgan. Krit me’morlari misrliklardan ko-
lonnalar qurish san’atini egalladilar. Ularning tosh saroylarida 
juda yo‘g‘on, lekin kalta kolonnalar mavjud. Devoriy tasvirlarda 
hashamatli kiyingan ayollar va erkaklar, saroy hayoti manzara-


333
si, o‘simlik va hayvonlarning hayotiy ko‘rinishlari yuqori da-
rajadagi badiiy usulda tasvirlangan. Krit kulolchiligida badiiy 
san’atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani ko‘rina-
di. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tas-
virlanadi. Bunday tasvirlar ko‘za (amforalar), zaytun yog‘i va 
vino saqlanadigan, bo‘yi 2 m gacha bo‘lgan xum (pifos)larning 
sirtiga chizilgan. 
Krit orolining janubidagi fest katta madaniyat o‘chog‘i bo‘lib, 
Knoss saroyiga o‘xshash ulug‘vor saroy ansambli – uch tosh 
terilgan hovli teatr – 500 kishilik, ziyoratgoh, ibodatxonalar mil.
avv. 2200-yillar atrofida qurilgan. Mil.avv. XVIII asrdagi zilzi-
ladan so‘ng saroy qayta qurilib, kengaytiriladi. Saroy yuqori 
me’morchilik namunasi darajasida bunyod qilingan. Ko‘p sonli 
xonalar, uzun yo‘laklar, devorlari toshdan yo‘nilgan plitkalar 
freska-tasvirlar bilan bezatilgan. Saroy atrofida shahar joy-
lashgan. Mil.avv. 1470-yildagi zilzila festni to‘la vayron qilgan. 
Krit madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligining yana 
bir dalili, Knoss saroyidagi bizgacha yetib kelgan raqqosa tas-
virining bir qismidir. Raqqosaning go‘zal qaddi-qomatini na-
fis noziklikda tasvirlanganligidan hayratda qolgan arxeologlar 
uni shartli «parijlik ayol» deb nomladilar. Bu raqqosaning sochi 
o‘ziga xos did bilan ma’lum bir uslubda turmaklangan. Knoss 
saroylaridan topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida 
uzun yubka, yarim yalang‘och ko‘krak, nozik yelkalarga tushib 
turgan sochlar tasviri saroyda hukm surgan nozik did, yuksak 
madaniyat dunyosidan dalolat beradi.
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol 
ma’budalarining oldingi o‘rinda turgani, Krit jamiyati hayotida 
ayollarning mavqeyi yuqori darajada bo‘lganini anglatadi. Bun-
dan tashqari, gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar 
bilan ma’buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma’buda va ikki sher o‘rtasi-
dagi ma’buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo‘ladi. 
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: 
yosh yigit-qizlarning yurishi, gullar orasidan yurib kelayotgan 
hokimning tasviri, qo‘shiq aytib raqs tushayotgan raqqosalar, 
qo‘lida marosim ko‘zalarini ko‘tarib ketayotgan o‘smirlar, Krit-
da diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris ushlagan ko-
hina kabi tasvirlar aks ettirilgan. 
Taxminlarga ko‘ra, O‘rta Minoy davrida orolning shimoliy 
qismida (poytaxti Knoss) mustaqil sulola, boshqasi janubda 
(poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. Hokim oliy kohin vazifasini 


334
ham bajargan. So‘nggi Minoy davrida Kritdagi butun hokimiyat 
Knoss hokimlari qo‘liga o‘tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan 
Sharq despotiyasiga o‘xshash bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. 
Podsho yerning oliy egasi bo‘lib, ishlab chiqariladigan moddiy 
ne’matlarning katta qismini tasarruf qilgan. U mamlakatni o‘z 
a’yonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho 
noiblari boshqaruv ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari 
oliy dunyoviy hokimiyatdan tashqari, diniy hokimiyatga ham ega 
bo‘lganlar. Fukididning ma’lumotlariga ko‘ra, podsho Minos har 9 
yilda Zevs tasviri turgan muqaddas g‘orga borib, uning oldida o‘z 
podsholik boshqaruvi to‘g‘risida hisobot bergan va o‘z hukmron-
ligining navbatdagi muddati uchun yorliq olgan.
Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti bilan 
taxt turgan inshoot topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehti-
mol davlat ishlarini muhokama qilishga to‘planadigan podsho 
kengashi a’zolari o‘tiradigan uzun o‘rindiqlar qo‘yilgan. Devoriy 
tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan ko‘ra, bo‘yi bir 
necha marta baland qilib tasvirlangan.
Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi krit yozuvlari 
topildi. A.Evans bu yozuvlarni 30 yil davomida o‘qishga urindi, 
lekin ocha olmadi. U 1940-yil vafot qildi. 1950-yil B-chiziqli yo-
zuv o‘qildi. U Knoss saroyining xo‘jalik hujjatlari edi. Hozirga-
cha B - chiziqli krit yozuvi o‘qilgani yo‘q.
Mil.avv. XVI asrda yunon hali ibtidoiy jamoa davrida yashagan 
paytlarida, Kritda rivojlangan davlat va jamiyat, yozuv, yuqori 
darajadagi madaniyat hamda suv quvuri (vodoprovod) mavjud 
edi. Ushbu ajoyib sivilizatsiyani sharqdan kelgan qandaydir 
xalq yaratgan edi. Krit sivilizatsiyasini yunonlar o‘zlashtirdilar. 
Shu sababli Krit madaniyati Yevropa sivilizatsiyasining asosi 
hisoblanadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling