Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Qadimda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Qadimda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari. Yaqin-
da topilgan juda kam sonli o‘ziga xos iyerogliflarga o‘xshash 
yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubiy-Shar-
qiy Osiyoning qadimgi tarixini qayta tiklashda ilk o‘rta asr 
(vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, 
qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim 
rol o‘ynaydi. 
Botqoqli vodiylar, kichik tog‘ daryolari, tropik o‘rmonlar bi-
lan qoplangan baland tog‘lar Janubiy-Sharqiy Osiyo uchun 
xarakterli hol. Bu yerda mil.avv. VIII ming yilik (mezolit davri)
da o‘troq manzilgohlar paydo bo‘lgan. Neolit davrida esa sho-
likorlik xo‘jaligi qadimgi Janubiy-Sharqiy Osiyoda keng tarqal-
gan. Janubiy-Sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan 
qadimgi xalqlar austroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqa-
lar), orollarda austroneyziylar (malayalar, yavalilar va boshqa-
lar), etnograflar ularning barchasini qo‘shib austri xalqlari deb 
ataydilar. 
Qadimda eng rivojlangan austroosiyo viloyatlaridan biri 
Janubiy Hindi-Xitoy tekisliklaridir. Bu yerda aholi mil.avv. 
III ming yillikda dastlab mis, keyinchalik jez davriga mus-
taqil o‘ta boshladilar. Mil.avv. II ming yillikda Janubiy-Sharqiy 
Osiyo taraqqiyotda qo‘shni viloyatlardan orqada qola boshlay-
di. Daryolarning murakkab tizimi xo‘jalikning bosh yo‘nalishi 
bo‘lgan sholikorlik uchun zarur bo‘lgan sun’iy sug‘orish tizimi-
ni barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt jamiyatning asosiy 


308
bo‘g‘ini sholikorlik bilan shug‘ullanadigan kichikroq qishloq ja-
moalari bo‘lib qolavergan. 
Dongshon sivilizatsiyasi (mil.avv. I ming yillik, Dongshon 
qishlog‘i yonidan bu madaniyatning birinchi qabri topilgan) 
Hindi-Xitoy yarim orolining shimoliy-sharqiy qismida shakl-
landi. So‘nggi jez asrida Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida Janu-
bi-Sharqiy Osiyoning katta va o‘rta daryolari vodiylarida kat-
ta-katta dehqonchilik manzilgohlari paydo bo‘ladi. Bu davrda 
omoch dehqonchiligi paydo bo‘ldi. Jamiyat ijtimoiy tuzilmasi 
murakkablashdi. Uning asoschilari austroosiyo oilasiga tegish-
li tilda so‘zlashadigan lakvyetlar (vyetnamliklar ajdodi) edi. Bu 
yerda ilk ijtimoiy-sinfiy jamiyat tuzilmasi paydo bo‘ldi. Ajdodlar 
ruhiga sig‘inish e’tiqodi shakllanib, uzoq vaqt jahon dinlari va 
konfutsiylik bilan yonma-yon yashab keldi va qo‘shni xalqlar 
tomonidan o‘zlashtirib olindi. 
Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarin-
dosh qadimgi vyetlarda paydo bo‘lib, G‘arbiy Hindi-Xitoyda ho-
zirgi Shimoliy Vyetnam orqali Yanszi daryosi quyi oqimigacha 
cho‘zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to‘rt guruhini 
ko‘rsatish mumkin: 
1. Shimoliy-Sharqiy Hindi-Xitoy va Janubiy Xitoy dengiz 
qirg‘og‘i. 
2. Janubiy Hindi-Xitoy davlatlari. 
3. Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya 
davlatlari. 
4. Shimoliy Hindi-Xitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma 
tilli xalqlar joylashgan qo‘shni hududlar davlatlari.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling