Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

UZOQ SHARQ VA JANUBIY-SHARQIY
OSIYO MAMLAKATLARI
1. Koreya yarim orolining qadimgi davlatlari. 2. Qadimgi 
yapon davlatlari. 3. Qadimda Janubiy-Sharqiy Osiyo mam-
lakatlari4. Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo‘shnilari. 
5. Mon-Kxmer davlatlari. 6. Indoneziya xalqlarining qadim-
gi davlatlari. 7. Qadimgi Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyati.
 1. Koreya yarim orolining qadimgi davlatlari. Qadimgi 
koreyslar mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Koreya yarim oro-
li, Janubiy Manjuriya va Lyaodun yarim orolida yashaganlar. 
O‘rmon va vodiylarda o‘troq aholi, tog‘larda ovchilar yashagan. 
Mil.avv. VII asrda koreyslar jez qurollarini yasay boshlaydilar. 
Shimolda tariq, arpa, janubda sholi ekila boshlanadi. Era-
mizgacha bo‘lgan I asrda temir qurollar tarqala boshlaydi. Ilk 
Koreya davlati Choson mil.avv. III asrda rivojlangan dehqon-
chilik va urug‘chilik munosabatlarini yemirilish jarayoni nati-
jasida paydo bo‘ldi. Choson davlati hududi Shimoliy Koreya va 
Lyaodun yarim orolini egalladi. 
Mil.avv. I asrga qadar shimoliy-g‘arbda qabilalar birlashuvi 
natijasida Koreya yarim oroli shimoli va Manjuriya janubini o‘z 
ichiga olgan Kogure davlati, janubda xan qabilalari birlashuvi 
bilan Silla va Pekche davlatlari paydo bo‘lgan. Bularning ichida 
eng kuchlisi Kogure bo‘lib, u Xan davlati (Xitoy)dan to‘la mus-
taqillikka erishadi. 
Qadimgi koreys jamiyati: hukmron tabaqa, zodagonlar, erkin 
aholi va qullardan iborat edi. Davlatga qaram, shaxsan ozod, 
ammo iqtisodiy qaram bo‘lgan «pastki hovlilar» eng ko‘p sonli 
mayda ishlab chiqaruvchilarni tashkil qilgan. Qullar yordam-
chi ishlarni bajargan. Qullar Xitoyga sotilgani to‘g‘risida ma’lu-
motlar mavjud.
Milodiy I–II asrda Kogure davlatida to‘laqonli mustabid siyo-
siy tuzum hukmron bo‘lgan. Hukmdor hokimiyati darajalarga 
(rang) bo‘lingan harbiy xizmat aslzodalariga tayangan. Hukm-
ron qatlamning harbiy xususiyati Xan davlati bilan urush va 
uch koreys davlatining yetakchilik uchun o‘zaro urushlari bi-
lan belgilangan. 


302
Kogure davlatida hukmron sinflarning manfaatini himoya 
qiladigan qonunlar chiqarilgan. Xususiy mulkka daxl qilishga 
qarshi juda ko‘p jazolar belgilangan. Milodiy I–III asrlarda Ko-
reya yarim orolida eng kuchli davlat Kogure bo‘lgan. IV asrda 
esa yarim orolning janubiy-g‘arbida uzoq urushlardan so‘ng 
Pekche davlati yetakchi o‘ringa chiqadi. Yarim orolning janu-
biy-sharqiy qismida Silla davlati mustahkamlanadi. Tashqi si-
yosatda Koreya davlatlarining asosiy vazifasi kuchli raqib – Xi-
toyning tazyiqiga qarshi kurash bo‘lgan. Bu urushlarning aso-
siy og‘irligi Kogure davlati zimmasiga tushgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling