Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlar-
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlar-
ning shakllanishi. Yuqori paleolit davrida (mil.avv. 50 ming yil- lar atrofi) Xitoyda mongoloid irqiga mansub odamlar yashagan. Xitoy shimolidan Xuanxe daryosi vodiysi bo‘ylab ilk mongol- oidlar janubga – Yanszi daryosi tomon siljib, janubdan kelgan avstraloidlar bilan to‘qnashdilar. Ming yillar davomida bu gu- ruhlarning bir-biri bilan aralashib ketishi natijasida mongoloid irqiga mansub hozirgi xitoyliklarning ilk ajdodlari – neolit odami shakllandi. Janubiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oq bo‘yi hududlarida qadimgi Indoneziya, Ve’tnam qabilalariga mansub antropologik tip – minyu, mavzeye shakllanib, ular hozirgi Xi- toyning kichik etnik guruhlarining ajdodlari hisoblanadi. Mil.avv. IV–III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqi- mida Yanshao madaniyati tipidagi neolit manzilgohlari vujudga keldi. Dehqonchilik, cho‘chqa va it boqish asosiy mashg‘ulot bo‘lgan. Maxsus o‘choqlarda 1400 haroratda idish-tovoqlar tob lanadi. XX asrning 70-yillarida Xitoyning shimoliy-sharqida lunshan madaniyati topildi. Bu madaniyat mil.avv. XXIV–XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Kulolchilik charxi paydo bo‘ladi. Kulrang va qora rangli idishlar tayyorlanadi. Qo‘y, sigir boqiladi. Mil.avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida dehqonchilikda o‘roq va pichoqning takomillashgan shakli vu- judga keldi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashdi. Eng qad- imgi bronza davri buyumlari (mil.avv. II ming yillikning birinchi yarmi) Ermitou tipidagi manzilgohlardan topilgan. Maydoni 4 km 2 bo‘lgan manzilgohda saroyga o‘xshash kat- ta inshoot topilgan. Xitoy an’anasiga ko‘ra Xitoydagi ilk davlat 279 Syadan boshlanadi (mil.avv. 2205–1766-yillar). Lekin bu davr- ga oid ma’lumotlar yo‘q. Keyingi In davri (mil.avv. XVII–XIII asr- lar)da poytaxt Shan shahri hozirgi Anyan yaqinida mil.avv. XV asr da paydo bo‘ladi, in davlati bir necha o‘n qabilalar birlash- masi bo‘lgan. Birlashmani in qabilasining yo‘lboshchisi Van boshqar gan. Uning hokimiyatining tayanchi oqsuyak-zodagon bo‘lgan. Van qo‘shini oqsuyak zodagonlarning jang aravalari, piyodalar hamda boshqa ittifoqchi qabilalarning ko‘ngillilaridan iborat bo‘lib, bu qo‘shin bilan bo‘ysunmagan qo‘shni qabilalar ustiga yurishlar qilingan. Yurishlarda olingan asirlar ajdodlar- ga qurbonlik qilingan, o‘lja qabila boshliqlari o‘rtasida taqsim- langan. Urug‘-qabila boshqaruvi uning oqsoqoli va urug‘ zoda- gonlari qo‘lida bo‘lgan. Urug‘-qabilaning asosiy qismi – oddiy jamoachi dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ular jamoaga tegishli yerlarda mehnat majburiyatini o‘tab, olingan hosilning bir qis- mini zodagonlarga berganlar. Ilk shaharlarda turli kasb egalari bo‘lgan aholi yashagan. Mil.avv. XIV–XI asrlarda O‘rta Xitoyda In davrida ilk shaharlar paydo bo‘ldi. Jez qurollarining paydo bo‘lishi, shaharlar va yozuvning yuzaga kelishi eng muhim yu- tuq bo‘ldi. Jezdan qurollar va marosim ko‘zalari tayyorlangan. Jez quyish san’at darajasiga ko‘tarilgan. Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In qabrlarida ko‘rish mumkin. In davlati tepasida van (hokim) turgan. Van bir vaqtning o‘zida oliy kohin vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri mil. avv. XIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di davriga to‘g‘ri keldi. Uning davrida Shan shahrida saroy va ibo- datxonalar qurildi. Mamlakat hududi kengaydi. Mil.avv. 1027-yilda chjoular yo‘lboshchisi U Van boshchiligi- da g‘arbiy qabilalar In davlatini ag‘darib tashladilar. Shu lahza- dan Chjou sulolasi davri boshlanadi (mil.avv. XI asr – III asr- lar). Chjou qabilasi yuzlab urug‘-qabilalarning vani – hokimi edi. Lekin uning hokimiyati zaif bo‘lgan. Chjoular davrining boshlanishida uning tarkibida 200-300 mahalliy hokimliklar bor edi. Bu katta-kichik hokimliklar o‘rtasida doimiy urushlar, to‘qnashuvlar oddiy hol edi. Ular bosib olgan hududlarda nis- batan katta, lekin mustahkam bo‘lmagan davlat birlashmasini tashkil qildilar. Chjou davlati asoschisi U Van vafotidan so‘ng uning ukasi Chjou Gun qaram inlarning qo‘zg‘olonini bostirdi. Van hokimiyatini mustahkamlash siyosatini yuritdi. Ko‘pgina mayda hokimliklarni tugatib, katta davlatni tashkil qildi. Ular- ga podsho sulolasining vakillarini hokim etib tayinladi. Bosh- 280 qaruv va soliqqa tortishning yangi tizimini joriy qildi. An’ana bo‘yicha bu davlat G‘arbiy Chjou deb ataldi. Davlat boshida Chjou podsho urug‘idan bo‘lgan merosiy hukmdor Van tura- di. U o‘z hokimiyatini katta o‘g‘liga qoldirgan. Rasman barcha yerlar davlatga ya’ni Vanga tegishli bo‘lgan. Vanning kichik o‘g‘illari «merosiy mulklar hokimi» hisoblangan. Chjoular inlar- dan jez quyish san’ati, yozuvni o‘zlashtirdilar. Ular harbiy jang ara valarini ham inlardan o‘zlashtirdilar. Chjou davrida jamiyat besh ijtimoiy qatlamga ajralgan: 1. Van – «kishilar orasida yagona» hukmdor; 2. Chjou – mero- siy hudud hokimlari, Chjou oliy aslzodalari. 3. Dafu – urug‘-qa- bila guruhlari boshliqlari. 4. In – katta oila boshliqlari. 5. Oddiy kishilar. U yoki bu qatlamga mansublik tufayli odamning va oilasining tashqi turmush tarzi juda qat’iy belgilangan: kiyim; uyning ha- jmi, jihozlanishi, katta va kichiklarning darajasi bo‘yicha o‘zaro salomlashuvi, hatto qabrda o‘tqaziladigan daraxt miqdori, ma- rosimlar, kiyim, ovqat odamning ijtimoiy toifadagi o‘rniga aniq mos kelishi kerak edi. Chjou jamiyati qat’iy oqsuyaklar jami- yati bo‘lgan. Oqsuyaklar xalqdan o‘zlarini keskin ajratganlar. O‘zlarining shajaralari, merosiy an’analari, madaniyatlari bilan guruhlanganlar. Bu saylanma ijtimoiy qatlamga kirish oson bo‘lmagan. Hunar va savdo oddiy odamlarning ishi hisoblan- gan. Hatto tadbirkorlik bilan boyigan odam o‘z ijtimoiy qatlami- dan chetga chiqa olmagan. Oddiy xalq hududiy jamoalarga birlashgan. Yer umumiy egalikda hisoblanib, oilalar o‘rtasida muntazam taqsimlanishi kerak bo‘lgan. Odatda, oilalar katta bo‘lib, voyaga yetgan o‘g‘illar otaning hokimiyati ostida qolgan- lar, ota vafotidan keyin ham oila mulki bo‘linmagan. Chjou davlati etnik jihatdan ola quroq bo‘lgani uchun va ular o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy aloqalar mavjud bo‘lmagani sababli, Van hokimiyati qonuniy ekanligini asos lash lozim edi. Van hokimiyatining ilohiyligi Chjou qabilalarida eng oliy xudo – osmon e’tiqodidan keltirib chiqarildi. Chjou Vani osmon oliy ilohining o‘g‘li deb e’lon qilindi. Van Osmon mam- lakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. Shu bilan birga, «Van Chjouni o‘z xizmatkori deb hisoblaydi, Chjou o‘z xizmatkori deb dafuni tan oladi, dafu inni o‘z xizmat- kori deb biladi» tushunchasi mavjud bo‘lgan. Bu davrda ko‘plab asirlar qul qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling