Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Xronologiya va davrlashtirish. An’anaviy Xitoy tarix-
navisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha davrlashti-
rish xarakterlidir. Shunga ko‘ra, afsonaviy «besh imperatorlar» 
davridan so‘ng «uch sulola» – Sya, Shan-In (mil.avv. XVII–XIII 
asrlar) va Chjou (mil.avv. XI–III asrlar) davrlari boshlandi. 
An’ana bo‘yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o‘z 
ichiga olgan ikki qism: G‘arbiy Chjou (mil. avv XI-VIII asrlar) va 
Sharqiy Chjou ( mil. avv VIII–III asrlar) ga bo‘linadi. Sin sulo-
lasi (mil.avv. III asr) o‘rniga hukmronlik vaqti g‘arbiy va shar-
qiy davrlarga bo‘linadigan Xan sulolasi keladi. Mil.avv. III asr 
oxiri – milodiy III asr Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot 


276
talablariga javob bermaydi. Shu sababli, jamiyat taraqqiyoti-
ni ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari tayyorlangan 
asosiy buyumlar bo‘yicha bosqichlarga bo‘ladigan arxeologik 
davrlashtirish ilmiy-amaliy jihatdan asosli.
Demak, Xitoyda 
«uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to‘gri keladi. Shan-
In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kirdi. Chunsyu 
davri (mil.avv. VI–V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri 
boshlanadi. 
Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi-
yoti asosida quyidagicha davrlashtiriladi:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning 
vujudga kelishi (mil.avv. II ming yillik).
2. Mil.avv. VIII–III asrlarda qadimgi Xitoy.
3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat – Sin imperiyasi 
(mil.avv. 221–207-yillar). 
4. Qadimgi Xitoy II–IIII asrlarda.
3. Qadimgi Xitoy tarixi manbalari. Qadimgi Xitoy tarixiga 
oid juda ko‘p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. 
Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma 
manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari, eng avvalo, Lu pod-
sholigi davrida tuzilgan, mil.avv. VIII–V asrlar voqealari yoritil-
gan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» 
matni bilan an’anaviy ravishda uning muallifi, qadimgi Xitoy 
faylasufi Konfutsiy nomi bog‘lanadi.
Yilnomalar bilan yaqin bog‘langan, eng avvalo, «Shanshu» 
(«Shus zin» – Qo‘shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadim-
gi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va 
ularning yaqinlarini so‘zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan 
«Shanshu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. 
Chunki bu manbaning ba’zi boblari keyingi davrlarga oid. 
Mil.avv. I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo 
bo‘ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o‘rin tutadi. Ana 
shunday asarlardan biri Sima Syanning (mil.avv. 105–90-yillar-
da yozilgan) «Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar 
beradi. Sima Syan tari xiy voqealarni yoritishda kishilar faoli-
yatini bayon qilish usulini tanladi. Sima Syanning tarixnavislik 
usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu G‘arbiy Xan (mil.avv. 206-yil) 
sulolasining tarixini yozishda foydalandi. Ban Gu Xitoy tarix-
navisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi 
bo‘ldi. Xitoy tarixini arxeologik o‘rganishda amalga oshirilgan 


277
ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasi-
da ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinidan 
boy qabrlar (mil.avv. III asr) topilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling