Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Adabiyot. Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qis-
mi an’anaviy janrlar bo‘lgan veda, epik va budda adabiyotlariga tegishli bo‘lib, asrlar davomida og‘zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qi- lish lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo‘ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so‘ng turli davlatlarning gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot – drama, poeziya va pro- za, me’morchilik hamda tasviriy san’atning noyob yodgorlikla- rini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Milodiy I ming yilligi o‘rtalari (Shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi Janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo‘ldi. 270 Qadimgi Hind adabiyotida diniy adabiyot yodgorliklari mar- kaziy o‘rinni egallaydi. Ularning eng qadimgisi bo‘lgan vedalar o‘qituvchidan o‘quvchiga og‘zaki uzatilgan. Veda madhiyalari- ning katta qismi hinduizm dini qurbonlik rasm-rusumlariga bag‘ishlangan. «Maxabxarat» (100 ming misra) va «Ramayana» (24 ming misra) epik poemalari qadimgi Hind adabiyotining haqiqiy ensiklopediyasi bo‘lib, qadimgi hindlar hayotining bar- cha tomonlarini tasvirlaydi. Bu eposlarning obraz va syujetlari mamlakat umummilliy an’analarining tarkibiy qismiga kirib, teatr, musiqa va tasviriy san’atning asosiy syujetlari bo‘lib qol- di. Har ikkala doston milodiy I asrda to‘liq shakllantirilib, tu- zatildi. Ular didaktik ma’noga ega diniy-falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilgan diniy mazmundagi to‘plamlarni o‘ziga singdirgan. Maxabxarat poemasining asosiy syujeti – ikki podsho sulo- lalari – Pandavlar va Kauravlarning raqobati, Kuru dalasidagi 18 kunlik jang to‘g‘risidagi qissani tashkil etadi. Poema muallifi an’anaga ko‘ra, donishmand Vyasa hisoblanadi. «Ramayana» qissasi asosida podsho Ramning devlar podshosi Ravan o‘g‘ir- lab ketgan sevgilisi Sitani qutqarish uchun Lanka oroliga yuri- shi to‘g‘risidagi hikoya yotadi. Qadimgi Hindistonda adabiy ijod nazariyasi, jumladan, poe- ziya yuqori darajada rivojlandi. She’r yozish qoidasi batafsil ish- lab chiqildi. Poetika bo‘yicha traktatlar tuzildi. Poetika fanining bir necha maktablari asta-sekin paydo bo‘ldi. Bu maktablarda poeziyaning mohiyati, badiiy usullar, janrlar, poetik til to‘g‘risi- da munozaralar olib borildi. Mil.avv. I ming yillikning II yarmida budda adabiyoti shakl- landi. Milodiy I–II asrlarda yashagan shoir Ashvagxosha «Budd – xacharita» (Buddaning hayot tasviri) poemasida xalq poe- ziyasining kuchli ta’siri seziladi. Ilmiy va didaktik ruhdagi ada- biyotlardan biri bo‘lgan Panini tuzgan sanskrit grammatikasi mil.avv. V–IV asrlarda yaratilgan. Bu asar mutaxassislarning fikricha, jahon fanida XIX asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. Hindistonda yozuv kechroq paydo bo‘lgan. Uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir. Guptalar davrida qadimgi Hind teatri rivojlandi. Qadimgi hind teatrida diniy motivlar asosiy o‘rinda turgan. Bu davrda dramaturgiya bo‘yicha maxsus traktatlar paydo bo‘ldi. Milodiy I asrda turli adabiy janrlarning rivoji davom etdi. Chandragup- ta II davrida mashhur dramaturg Shakun Kalidasi ijod qildi. U «Shakuntala» dramasining muallifidir. «Panchatatra» deb atal- 271 gan kitobda masallar to‘plandi. Uning arabcha tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling