Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Hinduizm. Qadimgi Hindistonning m’anaviy hayotida 
diniy e’tiqod muhim o‘rin tutgan. Hinduizm asosiy diniy e’tiqod 


266
edi (hozirgi kunda Hindiston aholisining 80% idan ko‘prog‘i shu 
dinga e’tiqod qiladi). Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning 
arxaik e’tiqodlari: daraxtlar, tog‘, suv havzalari, ilon, sigir va 
maymun kabilarga sig‘inish tashkil etadi. Hinduizmda qadimgi 
davrdan boshlab ma’buda onaga sig‘inish an’anasi hozirgi kun-
da ham katta rol o‘ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi xudo 
g‘oyasi mavjud. Braxma – dunyoning yaratuvchisi va boshqa-
ruvchisi. U yerda ijtimoiy qonunlarni o‘rnatadi (dxarma), var-
nalarga bo‘ladi va gunohkorlar, shakkoklarni jazolaydi. Vash-
na – himoya qiluvchi ma’bud, shiva – vayron qiluvchi ma’bud 
xudo Vishna u hayvonlar: sirtlon, baliq, toshbaqa yoki inson-
lar, odatda, qora tanli podsho yoki cho‘pon (krishna) qiyofala-
rida namoyon bo‘ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga 
kirishi mumkin. Vishna, odatda, podsho tojida, ba’zida dunyo 
iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi. 
Boshqa hinduistlar bosh xudo deb, sopol parchalarini ilib 
olgan asket (darvish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan 
Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko‘pincha unga bag‘ishlangan 
muqaddas ho‘kiz hamrohlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozir-
gi kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e’tiqod qiluvchi ikki 
oqimga bo‘linadi.
 Indra – chaq moq xudosi; Varuna – dunyoda 
tartib va adolatni saqlovchi xudo; Agni – uy o‘chog‘i himoyachi-
si, uy va odamlarni saqlovchi xudo; Yama – u dunyo xudosi.
Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblana-
di. Hinduizmda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo‘lgan. 
Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar, 
namoyishlar bo‘lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona 
oldida uning xizmatchilari – kohinlar, raqqoslar va musiqachi-
lar yashagan. 
Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavagita» 
(«Xudo qo‘shiqlari») poemasi bo‘lib, «Maxabxarat» tarkibiga 
kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga 
chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o‘z ijtimoiy 
doirasi bilan cheklanishi kerak. Kasta bo‘yicha kasbni o‘zgar-
tirish taqiqlanadi. Nikohni bolalikda o‘qitish odati tarqalgan. 
Beva o‘z erining jasadini gulxanda kuydirilgan paytda o‘zi ham 
birga yonishi eng savob ish hisoblangan.
Mil.avv. 1350-yillar atrofida kohinlar diniy e’tiqod qoidalari, 
huquq to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni to‘pladilar. Bu to‘plam 
Vedalar (bilim) deb ataldi. Unda xudoga e’tiqod, qurbonlik ma-
rosimlari bayon qilindi, xudolarga tog‘ o‘simligidan tayyorlan-


267
gan sharbat, guruch, sut va yog‘ ehson qilingan. Odam iste’mol 
qilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqatga alohida e’tibor berilgan. Har 
bir jonivorda vafot etgan kimnidir: do‘stning, qarindoshning 
yoki ajdodning ruhi bo‘lish eh’timoli borligi uchun braxman-
lar go‘shtli ovqatni umuman taqiqlaganlar. Xalqning ongiga bu 
tushunchani qat’iy singdirish mumkin emasligini hisobga olib, 
faqat qoramol go‘shtini yeyishni qat’iy taqiqladilar. Chunki si-
gir muqaddas hayvon hisoblanib, uning suti va yog‘i xudolarga 
qurbonlik keltirilishi lozim bo‘lgan. Brahmanlar piyoz va sa-
rimsoqdan boshqa sutli va o‘simliklardan tayyorlangan ovqat-
ni iste’mol qilishni tavsiya qilganlar. Kimki taqiqlangan ovqatni 
iste’mol qilsa yoki boshqa gunoh qilsa, sudni kutib o‘tirmay, 
o‘zini-o‘zi jazolashi lozim. U ming marta duolarni takrorlashi 
yoki ro‘za tutishi yo o‘zini o‘ldirishi lozim. Misol uchun kim 
taqiqlangan ovqatni yesa, u 30 kun davomida faqat guruch 
yeyishi kerak. Kim mast bo‘lsa, 30 kun guruch qaynatmasini 
ichishi, qachonki uning ichki a’zolarini kuydirishi kerak, shun-
dan so‘ng uning gunohlari yuviladi. Kim sigirni tasodifan o‘ldi-
rib qo‘ysa, u sochini qirishi, o‘ldirilgan sigirning terisiga o‘ralib, 
molxonaga borib sigirlarga sig‘inishi, ularga xizmat qilishi ke-
rak. Agar Kshatriy ataylab brahmanni o‘ldirsa, o‘zini kamondan 
otilishi qo‘yib berishi yoki o‘lguncha o‘zini-o‘zi 3 marta olovga 
tashlashi kerak. Brahman uchun bu yo‘riqnomalar yanada qat-
tiq bo‘lgan. Ularning majburiyatlari ipidan-ignasigacha belgi-
langan, qanday holda turib ovqatlanishlari, qo‘l va barmoqlar-
ini qaysi qismi bilan poklanishlari, hayotning har qanday vazi-
yatlarida o‘zlarini qan day tutishlari ko‘rsatiladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling