Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Osuriya katta-kat-
ta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar, shaharlarda 
savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik rivojlan-
di. Mamlakatda ko‘plab yerlar o‘zlashtirildi. Irrigatsiya va suv 
ta’minoti yaxshilandi. Bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik 
rivojlanishi uchun turtki bo‘lgan temir qurollar keng tarqal-
di. Metallurgiya, qurolsozlik sohalari yuqori darajada taraqqiy 
qiladi. Talonchilik urushlaridan olingan ko‘plab o‘ljalar va qul-
lardan Osuriya shahar va qal’alarni qurishda keng foydala-
niladi. Yangi shaharlar quriladi, jumladan, Kalxu shahri qayta 


154
tiklanadi. Osuriyaning yangi poytaxti «Tukulti-Ninurtu qal’asi» 
asir olingan kassit, xurrit va urartu qabilalari kuchi bilan qayta 
tiklangan. 
Osuriya jamiyatining hukmron tabaqasi harbiylar, davlat xiz-
matidagi zodagonlar, ibodatxona va savdo ahlidan iborat bo‘lib, 
ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo‘lganlar va mavjud 
siyosiy hokimiyat bilan yaqin aloqada bo‘lib, uning istilochilik 
siyosatini qo‘llab-quvvatlaganlar. Osuriya jamiyatining quyi ta-
baqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a’zolari 
va hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari, chorva mollari va kumush bilan soliq to‘lagan-
lar. Ijtimoiy tizimning eng pastidagi ko‘chib kelganlar, asirlar 
va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular ko‘p 
hollarda podsho xo‘jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar,
xusu 
siy yerlarda ishlaganlar. Osuriya davlati o‘z tarixining 
so‘nggi davrida qadimgi Sharq davlatchiligining o‘ziga xos shak-
liga ega bo‘lgan. Podsho qo‘lida dunyoviy, harbiy va diniy soha-
lardagi cheklanmagan hokimiyat to‘plandi. «Podshoga hokimi-
yat muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, xudolar homiyligi 
ostida hukmdorlar davlatni boshqaradi» tushunchasi xalq om-
masi ongiga singdirilgan edi.
Davlatni boshqarishda osur hukmdorlari qo‘shin va yax-
shi tashkil etilgan boshqaruv apparatiga tayanganlar. Osuri-
ya davlati boshqaruvida harbiy va moliya muassasalari yetak-
chi o‘rinni egallagan. Harbiy muassasa mamlakat ichida va 
bo‘ysundirilgan hududlarda «tartib»ni saqlagan. Moliya muas-
sasasi esa, davlat xazinasiga soliq va o‘lponlarni o‘z vaqti-
da to‘lovi uchun javob bergan. To‘lov va majburiyatdan faqat 
podshoning «himoya» yorliqlariga ega bo‘lganlar ozod qilingan. 
Ayrim shaharlar (Bobil, Borsippa, Sippar, Nippur, Xarran va 
Ashshur) ibodatxonalari va saroy ahllarigina bunday imtiyoz-
lardan foydalanganlar. Mil.avv. IX–VII asrlarda Osuriya davla-
ti yaxshi tashkil etilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Bosib 
olingan hududlarning ko‘pchiligida provinsiyalar (Osuriya, 
Kichik Osiyo ning ayrim shahar va viloyatlari, Xaldey va Oromiy 
hokimliklari) tashkil qilingan. Ular Osuriya noiblari tomoni-
dan boshqarilgan. Ba’zi hududlarda Osuriyaga xiroj to‘laydigan 
qaram hudud va podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya, 
Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qoladi. Osuriyadan uzoq 
bo‘lgan bir qadar kuchli davlatlar o‘z mustaqilligini ma’lum da-
rajada saqlab qoladi (Lidiya, Urartu, Midiya, Elam va Shimoliy 


155
Arabiston yerlari). Bo‘ysundirilgan Misr alohida mavqega ega 
bo‘lgan. U 20 ta kichik hududlarga bo‘linib, ularning tepasida 
mahalliy hokimlar (podsho, nomarx, kohinlar) turganlar. Shu 
bilan birga, bo‘ysundirilgan hududlarda Osuriyaning ko‘p son-
li amaldorlar apparati va harbiy ma’muriyati qoldirilgan. Bobil 
shahri alohida boshqarilgan. Bobil podsholari rasman o‘z mus-
taqilliklarini saqlab qoldilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling