Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5.Qo‘shin. Mil.avv. II ming yillikda Old Osiyoda shaharlar
kuchli mudofaa inshootlari bilan himoya qilingan edi. Osu- riyaliklar himoya inshootlarini qamal qilish texnikasi va bosib olishni takomillashtirdilar. Ularning qo‘shini qamal va bosib olish texnikasi, uskunlari bilan yaxshi ta‘minlangan maxsus qismlarga ega edi. Devor teshadigan taranlar, qamal qiladigan ko‘chma minoralar, devordan laxm kovlaydigan malakali askar bo‘linmalari qo‘shin tarkibida muntazam mavjud bo‘lgan. Os- uriyaliklar mudofaa inshootlarini qamal qilish va shtrum qilish texnikasini takomillashtirdilar. Qo‘shin bilan birga qamal qilish texnikasi, maxsus asbob-uskunalar, hujum uchun ko‘chma minoralar, og‘ir devor teshar taranlar olib yurilgan. Minora te- pasidan turib, kamonchilar dushman devorini o‘qqa tutganlar. Kamonchilarning boshqa qismi esa minorani dushman buzib tashlamasligi uchun uni himoya qilganlar, shahar aholisini qo‘rqitish uchun olovli o‘q yog‘dirganlar. Osuriya qo‘shinining asosiy zarbdor kuchi jang aravalari edi. Ularning vazifasi o‘z piyodalari dushmanga hujum qilgandan so‘ng dushmanning buzilayotgan safini parokanda qilish edi. 153 Jang aravalari tezkor harakat qilib, kamonchilar, nayzachilar, suvoriylar bilan hamkorlikda dushman safini to‘zitib yuborgan- lar. Otliq qism qo‘shinning kam sonli, lekin yaxshi qurollangan va yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan qismi edi. Otliqlar qisman zodagonlar vakillari, ko‘pchligi esa sak yollanma ot- liqlaridan tashkil topgan. Sak otliqlari qat’iy intizom, yuqori da- rajada jang qilish san’atiga ega bo‘lib, mohirona jangga kirish- ganlar. Faqat otliqlargina jangda murakkab manevrlarni qo‘llay olganlar. Sargon II davridan otliqlar soni ko‘paytirilib, ular jang aravalarini almashtirgan. Qo‘shinning tuzilishi: 200 piyodaga 10 otliq, bir jang aravasi, bir og‘ir qurollangan piyodaga ikki ka- monchi to‘g‘ri kelgan. Qo‘shinning tashkiliy birligi qisir (bo‘lin- ma) 500-2000 askarni tashkil etgan. Qisir ellikka bo‘lingan, ular o‘z navbatida o‘nliklarga bo‘lingan, bir necha qisir emukini (kuch) tashkil etgan. Osur piyodalari og‘ir va yengil qurollangan qismlarga bo‘lin- gan. Og‘ir piyodalar nayza, qilich bilan qurollangan va himoya vositalari sovut, dubulg‘a hamda katta qalqonga ega bo‘lgan. Yengil piyodalar kamonchi va sopqonchilardan tashkil topgan. Ikki askar: kamonchi va o‘z safdoshini qalqon bilan himoya qila digan qalqonbardordan bitta jangovar birlik tashkil topgan. Osuriya piyodalari zich saf tortib harakat qilganlar, piyodalar katta qalqonli og‘ir piyodalar himoyasi ostida jangga kirgan- lar. Qalqonlar devori harakatga kelib, piyodalar dushmanga o‘q, tosh va kalta nayzalar yog‘dirganlar. Piyodalarning bunday harakati to‘g‘ri saf tortish, ularning aniq harakatini talab qil- gan. Jang aravalariga ikki yoki to‘rt ot qo‘shilgan, jang arava- si kuzovida o‘q to‘ldirilgan sadoq bo‘lgan. Ekipaj kamonchi va nayza, qalqon bilan qurollangan haydovchi va ikki askardan iborat bo‘lgan. Ba’zida ekipaj kamonchi va haydovchini himoya qilgan qalqonbardor bilan kuchaytirilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling