Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- QADIMGI SHARQIY O‘RTAYER DENGIZI DAVLATLARI 1. Mil.avv. III–II ming yilliklardagi davlat uyushmalari. 2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. 3. Finikiya.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Рагозина З.А. Древняя Ассирия. – М.: 1998. 2. Рагозина З.А. История Халдеи: с отдаленнейших времен до возвышения Ассирии. – М.: 1998. 3. Дьяконов И.М. Законы Вавилона, Ассирии и Хеттского царства. ВДИ 1952. №3-4. Asosiy sanalar Mil.avv. 722-yil Isroil podsholigi bosib olinishi. Mil.avv. XX–XVI asrlar Osuriya tarixida qadimgi Osuriya davri. Mil.avv. XV–XI asrlar O‘rta Osuriya davri. Mil.avv. XV–XIV asrlar Osuriya qonunlari to‘plamining tuzilishi. Mil.avv. X–VII asrlar Yangi Osuriya davri. Buyuk Osuriya davlati. Mil.avv. 745–727-yillar Tiglatpalasarning III hukmronligi. Osuriya qo‘shini qayta tuzildi. Mil.avv. 681–669-yillar Asarxaddon hukmronligi. Misrning bosib olinishi. Osuriya davlatining gullab-yashnashi. Mil.avv. 669–629-yillar Ashshurbanipal hukmronligi. Nineviya kutubxonasining tashkil etilishi. Mil.avv. 612-yil Osuriya poytaxti Nineviyaning Midiya va Bobil qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi. Mil.avv. 590-yil Osuriyaning tarix sahnasidan ketishi. 158 QADIMGI SHARQIY O‘RTAYER DENGIZI DAVLATLARI 1. Mil.avv. III–II ming yilliklardagi davlat uyushmalari. 2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. 3. Finikiya. 4. Damashq podsholigi. 5. Isroil-Yahudiya davlatlari. 6. Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati. 1. Mil.avv. III–II ming yilliklardagi davlat uyushmalari. Finikiya shaharlaridan bir nechasini arxeologlar qazib och- dilar. Fransuz arxeologi Klod Shefer shimoliy Suriyada Fini- kiya shahri Ugaritni ochdi. Bu shaharda mil.avv. II ming yil- lik o‘rtalariga tegishli mixxat yozuvlar topilgan loy taxtachalar mifologik, diniy matnlar, xo‘jalik hujjatlaridan iborat. Yana bir Finikiya shahari Biblda 1921-yildan arxeologik qazishmalar olib borildi. Bu shahar orqali qadimda Finikiya mahsulotlari Misrga chiqarilgan. Tavr tog‘laridan va Frot daryosining o‘rta oqimidan Misrgacha bo‘lgan Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya, Falastin va Su- riya cho‘llari deb atadilar. Qadimda bu hududning katta qis- mini Xanaan deb atalgan dengiz qirg‘og‘i tashkil etgan. Bu yer- da katta suv havzalari bo‘lmay, mahalliy miqyosida uncha kat- ta bo‘lmagan Falastindagi Iordan, Suriyadagi Oront daryolari mavjud edi. Suv havzalarining taqchilligi dehqonchilikning rivojiga imkon tug‘dirmadi. Livan tog‘lari Sharqiy O‘rtayer den- gizini bir qancha tumanlarga bo‘lib, bir-biridan ajratgan. Cho‘l va sahro hududlarida ko‘chmanchi qabilalar joylashdi. Shu bi- lan birga, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i temir rudasi, keng o‘rmonlar, jumladan, mashhur Livan kedriga boy edi. Qadim- da Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘ogida yashagan qabilalar va xalqlar to‘g‘risida qo‘shni davlatlar manbalari (Misrning Tell- Amarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma’muriy yozishmalari) va mahalliy yahudiy dini yodgorligi bo‘lgan Bibliya (yunon ti- lida «kitoblar» ma’nosini bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian bibliyasining bir qismi bilan to‘liq mos keladi va Vetxiy Zavet deb ataladi. Yangi Zavet Iso payg‘ambar hayo- ti va uning o‘quvchilari faoliyati to‘g‘risidagi xristian kitoblari- dan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U 159 an’anaviy 3 bo‘lim: qonun yoki ta’limot (Tora), payg‘ambarlar va yozuv (Pisaniya) dan iborat. Mil.avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojla- nadi. Dast lab shimol, so‘ng janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun maxsus o‘choqlardan foydalana boshlangan. Metall ham keng ishlatilgan. Dehqonchilikda g‘alla, zaytun da- raxti va uzum yetishtirila boshlandi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi mil.avv. III ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning pay- do bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday shaharlardan biri Finikiyada Bibldir. Bibl tosh devor bilan o‘rab olingan edi. Sha- har tosh to‘shalgan ko‘cha va tosh devorlar bilan birga, ibodat- xonalarga ega edi. Bibldan Misrga kedr yog‘ochi, smola, zaytun moyi olib ketilgan. Misrda smoladan mo‘miyolashda foydala- nilar edi. Misrdan Biblga badiiy buyumlar, munchoqlar, alebastr va diorit ko‘zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla va kumush- dan ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg‘oq shaharlarida mul kiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy qatlamlarning paydo bo‘lishi kuchayib boradi Taxminlarga ko‘ra, shu davrda sha- har-davlatlarning ilk uyushmasi paydo bo‘ladi. Asta-sekin qirg‘oqda Bibldan tashqari, boshqa Finikiyada Ugarit, Sidon va Tir shaharlari paydo bo‘ladi. Mamlakatning ichkarisi Shimoliy Suriyada Alalax shahri (mil.avv. IV ming yilliklar oxiri – III ming yillikning I yarmida) shakllanadi. Mil.avv. III ming yillikda Suriyadagi Ebla shahrida (hududi 56 ga) taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada asosan hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Mil.avv. XIV–XIII asrda bu shaharda saroy ansambllari shakllanadi. Bu yerda arxivlar, xomashyo zaxiralari, qimmatli chet el mollari saqlana- di. Ebladan Misr fir’avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topiladi. Ebla Akkad hokimlari tazyiqiga uchraydi. Mil.avv. 2225-yilda Eblani Akkad podshosi Naram-Suen bosib oladi. Ijtimoiy jihatdan Ebla shahar-davlat edi. Davlat tepasida podsho turgan va u taxminan diniy vazifalarni bajargan. Uning oldida maslahatchilar bo‘lgan. Madaniy jihatdan Ebla Shumer sivilizatsiyasi yutuqlarini o‘zlashtiradi. Shumer-Ebla lug‘ati tuziladi. Ebla saroy devor- larining bezalishida Mesopotamiya me’morchiligi bilan aloqa yaqqol ko‘rinadi. Mil.avv. III ming yillikda Falastinda Megiddo, 160 Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. Barcha shaharlar mustahkam devorlar bilan o‘rab olinadi. Iordan daryosi vodiy- sida Xasor shahri yirik markazga aylanadi. Mil.avv. III ming yillikda Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i aholisi o‘z tarkibiga ko‘ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit qabilalari yashagan. Mil. avv. II ming yilliklarda bu yerga xettlar kirib keladi. Ammo mil. avv. IV ming yilliklarda asosiy aholi semit shoxobchasi tillarida so‘zlashadi. Tadqiqotchilar, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida mil.avv. III–II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan eblaid, qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko‘rsatadilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling