Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3.Finikiya. Sharqiy O‘rtayer dengizi mil.avv. II ming yillikda
doimiy ravishda Old Osiyodagi Misr, Osuriya, Xett, Bobil kabi qudratli davlatlarning raqobat maydoni bo‘lib qoladi. Hududda katta-kichik davlatlar, shahar-davlatlar bir-biri bilan munta- zam o‘zaro urushlar olib borar edilar. Finikiyadagi Sidon shahri Tirni o‘ziga bo‘ysundirib, keyin uning yordamida Bobilga taz- yiq o‘tkazib, shimoldan dengiz orqali g‘alla olib kelishga xalaqit berdi. Mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Ugarit shahri dengizbo‘yi shahar davlati bo‘lib, Mesopotamiya, Misr, Kichik Osiyo, Falastin bilan qizg‘in savdo aloqalarini olib boradi. Uga- rit Orontning quyi oqimi va O‘rtayer dengizi bilan cheklanib, u yerda g‘allachilik, bog‘dorchilik, vino, zaytun moyi ishlab chiqa- rish rivojlangan edi. Qishloq jamoasi soliqni mis va kumush bilan to‘lar edi. Bu davrda erkin aholi uch toifaga bo‘linadi: 1. Jamoachi dehqonlar. 2. Podsho yaqinlari– «podsho qullari». Ular podshodan yer ulushlari olganlar. Ularning ko‘pchiligi o‘z ota meros yerlariga ega bo‘lib, qishloq jamoasi bilan rasman aloqani uzmaganlar. 3. «Podsho qulining quli» – o‘z yerlariga ega bo‘lmay, zodagonlar ning yerida ishlaydigan qatlam. Ular o‘z yeridan ajralib, jamoa bilan aloqani uzganlar va qisman kelgindilardan iborat bo‘lgan. Qulchilik mavjud bo‘lib, uning manbasi oldi-sotdi va qarzi uchun qul qilish edi. Mil.avv. XII asr boshlarida «dengiz xalqlari» hujumi natijasida Ugarit to‘la buzib tashlanadi va qayta tiklan- 162 maydi. Shu vaqtda Sidon shahri ham bosqinga uchraydi, le- kin qayta tiklanadi. Sidon mil.avv. XI asr o‘rtalarida katta port shahriga aylanadi. Dengiz xalqlarining ikki shoxchasi – filims- tinlar va chakarlar dengiz bo‘yida o‘rnashib, mahalliy aholi bi- lan aralashib ketadilar. Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i shaharlari siyosiy kelishmovchiliklarni tugata- dilar va jadal rivojlanish davriga o‘tadilar. Bu vaqtda finikiya- liklar amalda Sharqiy O‘rtayer dengiziga hukmron bo‘lib, xalqa- ro savdoni to‘la o‘z qo‘llariga oladilar. Misr tashqi savdosi to‘la Finikiya qo‘lida edi. Mil.avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida Shar- qiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i shaharlari qayta tiklanadi. Shu- ningdek, Finikiya shaharlari Misrning tashqi savdosida birinchi o‘rinda edilar. Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik yuqori darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O‘rtayer dengizi havzasida o‘zlarining o‘nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir va Sidon shaharlari bu yo‘nalishga boshchilik qiladi. Mil.avv. 1100-yilda Tir Shimoliy Afrikada Utika koloniyasini, mil.avv. 825–814-yillar atrofida Shimoliy Afrikada Karfagen (Karxe- mish-yangi shahar) koloniyasini tashkil qildi. Taxminan, shu vaqtda Tir shahri Ispaniyada o‘zining Gades koloniyasiga asos soldi. Finikiyaliklar G‘arbiy Sitsiliya, Sardiniya, Malta va Balear orollarida ham o‘zlarining tayanch nuqtalarini yaratdilar. Finikiya shaharlari o‘rtasida birlashish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Tir shahri yuksalib, Sidonni o‘ziga bo‘ysundirib, Tir hokimlari o‘zlari- ga sidonliklar podshosi unvonini qabul qildilar. Tir-Sidon davlati- ning eng rivojlangan davri podsho Xiram (mil.avv. 989–936-yillar) davriga to‘g‘ri keladi. Sharqda Xiram diplomatik yo‘l bilan Falas- tinni bir qismini oladi. Kipr orolidagi Kitiy shahri hokimi o‘zini Axiramni (Xiram) quli (ya’ni fuqarosi) deb ataydi. Xiram davri- da katta miqyosda qurilish ishlari olib boriladi. Melkart va As- tart ibodatxonalari quriladi. Itobaal (mil.avv. 873–847-yillar) Xi- ramning siyosatini davom ettirib, Shimoliy Afrikada (Utikadan g‘arb tomonda) Avzu koloniyasini barpo qildi. Podsholarning mutlaq hokimiyatga intilishi boy savdo gar-hunarmandlarning qarshiligiga sabab bo‘ldi. Natijada Tirda podsho hokimiya- ti zaiflashib, boy savdogar-hunarmandlarning boshqaruvda- gi mavqei kuchaydi. Boy savdogarlar o‘z savdo flotlariga ega bo‘lib, mustaqil ravishda dengiz savdo ekspeditsiyalarini amalga oshirdilar. 163 Finikiya shaharlari Tir, Sidon va Bibl tranzit savdo bilan shug‘ullanib, Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yunonistonga, yunon hunarmandchilik mahsulotlarini Sharq- qa sotdilar. Tir sav dogarlari mil.avv. VII asr oxiri – VI asr bosh- larida Kichik Osiyo ning sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib kirdilar. Finikiyaliklar tomonidan Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo‘rg‘oshin olib kelingani ehtimoldan holi emas. Misr va Mesopotamiyaga yog‘och, hunarmandchilik mahsu- lotlari chiqarildi. Tir shahri o‘z bo‘yoqchilik ustaxonalari bi- lan tanilgan edi. Ustaxonalarda dengiz chig‘anoqla ridan siqib olinadigan qizil bo‘yoq bilan chetdan keltirilgan jundan tayyor- langan mato bo‘yalar edi. Finikiya bo‘yog‘i butun Old Osiyoda yuqori baholangan. Sidon shisha buyumlar tayyorlash markazi bo‘lgan. Qadimgi Sharq va G‘arbda Finikiya zargarlik buyum- lari (oltin va kumush jomlar, fil suyagiga o‘yilgan relyef tasvir- lar, tilla zeb-ziynatlar)ning bozori chaqqon edi. Finikiya dengiz savdosi dengiz qaroqchiligi bilan birgalik- da olib borilgan. Dengizda va dengizbo‘yi qishloq-shaharlarida vaziyatga qarab, finikiyaliklar odamlarni bosib olar yoki o‘g‘irlab ketar edilar. Bir qism odamlar qul qilib sotilgan, qolganlari Fini- kiyaga olib ketilib, portda yukchi, eshkak eshuvchi, usta xonada qora ishchi sifatida ishlatilgan. Chet elliklarni aldab qullikka sotish, olish, ishonuvchan odamlarni o‘z kemalariga aldab olib kelish va ularni qullikka sotish finikiyalik savdogar-dengiz qa- roqchilariga xos xususiyat edi. Shu sababli, boshqa hududlarda finikiyaliklarga nisbatan munosabat yomon bo‘lgan. Boy savdo-hunarmadchilik markazlari bo‘lgan Finikiya sha- harlari Old Osiyodagi qudratli davlatlarning doimiy diqqat markazida edi. Bu shaharlarga egalik qilish uchun Misr, Bo- bil, Xett, Osuriya, Ahmoniylar Eroni o‘rtasida kuchli raqobat mavjud edi. Ayniqsa, Misr, Bobil, Xett davlatlarining tashqi savdosida finikiyaliklar yetakchi o‘rinni egalladilar. Misr-Xett davlatlari Finikiya uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. VIII asrda Finikiya Osuriyaga qaram bo‘ldi. Tir podshosi Me- teni Tiglatpalasar II ga 150 talant tilla miqdorida katta o‘lpon to‘ladi. Osuriyadan keyin Misr va Bobil Finikiya uchun raqobat qiladilar va raqobatda Bobil g‘olib chiqadi. Mil.avv. VI asrda ulkan Ahmoniylar Eroni davrida ahvol o‘zgardi. Finikiya Ahmoniylar hokimiyatini ko‘ngilli ittifoqchilar huquqida tan oldi. Buning evaziga Ahmoniylar Finikiya hudu- dini shimolda Iss qo‘ltig‘igacha, janubda Askalongacha ken- 164 gaytirdilar. Ahmoniy lar hukmronligi davrida Tir, Sidon, Arvad shaharlari federatsiyasi, uning oliy organi umumfinikiya ken- gashi tashkil etildi. Finikiya shaharlari Fors davlatining asosiy iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Finikiya savdogarlari Ahmoniylar davlati tashqi savdosi ning katta qismini o‘z qo‘llari- da to‘pladilar. Shaharlarda kumush tangalar zarb qilindi. Ah- moniylar Finikiya shaharlaridan katta miqdorda to‘lovlar talab qilar edilar. Shu sababli, finikiyaliklar bu zo‘ravonlikka qarshi norozilik kayfiyati kuchli edi. Mil.avv. 343-yilda Sidon shahri forslarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olon bostirilib, sha- har buzib tashlandi. Tir shahri esa makedoniyalik Aleksandr tomonidan vayron qilindi. Finikiya shaharlari mil.avv. III ming yillikdan to makedoniyalik Aleksandr yurishlariga qadar Old Osiyo, Shimoliy Afrika, O‘rtayer dengizi havzasi xalqaro savdo- sida yetakchi o‘rinni egalladi. Dunyo tarixida birinchi bo‘lib, koloniyalarni barpo qildilar, Ortayer dengizi savdosida yetakchi o‘rinni egallab, yunonlar, etrusklar bilan raqobat qildilar. Mil. avv. IV asrda makedoniyalik Aleksandr yurishlari bilan Fini- kiya shaharlari o‘z mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan Finikiya tarixi tugadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling