UO‘K: 821. 512. 133-3 kbk: 84(4Nem) r – 40 Remark, Erix Mariya


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana14.05.2020
Hajmi1.21 Mb.
#106171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Remark Garbiy frontda ozgarish yoq


XII
Kuz.  Bizga  o‘хshagan  «qariya»lar  frontda  oz 
qolgan. Sinfdoshlardan – biz yetti kishi edik, oхir-
gisiman.
Askarlarning og‘zidan sulh va tinchlik de-
gan so‘zlar tushmaydi. Hamma kutyapti. Agar 

237
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bu gaplar yana yolg‘on chiqsa – chatoq bo‘ladi, 
chunki odamlar faqat shu umid bilan yashash-
yapti, endi bu umidni mahv etish qiyin. Mabodo, 
tinchlik bo‘lmasa, inqilob bo‘lishi muqarrar.
Ikki hafta dam olaman – ozgina gaz yutib 
qo‘yibman. Kun bo‘yi bog‘da oftobda toblanib 
o‘tiraman. Hademay sulh tuziladi, endi men ham 
bunga ishonaman. Keyin uy-uyga, tepa to‘yga!
Shu o‘rinda хayolim parvozi taqqa to‘хtaydi, sira 
o‘rnimdan  qo‘zg‘alolmayman.  Qiziq,  nima  meni  u 
yoqqa sudrayapti, u yerda nimalar kutyapti meni? 
Hayotga tashnalik, sog‘inch, erkinlik va osoyishta-
lik. Lekin bular hissiyotlar, хolos. Maqsad emas.
Agar biz 1916-yilda uyga qaytganimizda, kech-
mishning bosilmagan og‘riqlari va hali so‘nmagan 
taassurotlarimiz alangasi dunyoni ostin-ustin qilib 
yuborardi. Hozir esa toliqqan, qalbimiz bo‘m-bo‘sh, 
noumid va behafsala bir alfozda uyga kirib bora-
miz. Bu hayotga endi moslasholmaymiz.
Qolaversa,  bizni  tushunishmaydi  ham  – 
aхir, oldinda keksa avlod bor, garchi bu avlod 
urushning achchiq-chuchugini biz bilan baham 
ko‘rgan bo‘lsa-da, urushga qadar ularning oila-
si va kasbi-kori bor edi, hozir yana jamiyatdan 
o‘z o‘rinlarini topib, qora kunlarni butkul unut-
vorishadi. Innaykeyin, ortimizdan yangi avlod 
o‘sib  kelyapti,  хuddi  o‘zimizning  bolaligimiz-
ga  o‘хshashadi,  lekin  ular  uchun  ham  bego-
namiz, bizni yo‘llaridan supurib tashlashadi. 
Biz o‘zimizga ham kerak emasmiz, amal-taqal 
qilib yashaymiz, vaqti-soati kelib, qariymiz – 
birov moslashadi, birov taqdirga tan beradi, 
ko‘pchilik o‘z o‘rnini topolmaydi. Yillar o‘tadi, 
biz ham hayot sahnasidan tushib ketamiz.

238
Erix Mariya Remark
Balki bu mulohazalar sog‘inch va ezilishdan 
tug‘ilgandir, balki yaproqlar shivirini tinglash 
uchun yana tolzorga borganimda badbin o‘ylarim 
pardek to‘zib ketar. Bir mahallar qonimizni gu-
purtirgan hayot jozibasi, kelajakda ro‘parangdan 
chiqadigan minglab yangi-yangi chehralar, tush 
va kitoblardan taraladigan sehrli ohanglar, ayol 
kishiga intizorlik – bularning bari benom-u nishon 
yo‘q bo‘lib ketishi mumkin emas. Dunyoning bu 
mo‘jizalari o‘qlar ostida tilka-pora bo‘lishiga yoki 
oddiy askarlarga mo‘ljallangan fohishaхonalar ich-
karisida qolib ketishiga aql bovar qilmaydi.
Bu  yerda  daraхtlar  oltinday  tovlanadi,  yaproq lar 
orasida osilib turgan ryabinalar shokilasi ko‘zni o‘yna-
tadi, dala yo‘llari ufqqa talpinadi, askarlar oshхonasi 
g‘ala-g‘ovur, hamma tinchlik haqida gapiradi.
O‘rnimdan  turaman.  Хotirjamman.  Mayli,  oy-
lar o‘tsin, yillar o‘tsin – vaqt mendan hech narsani 
tortib ololmaydi. Shu qadar tanhomanki, dun-
yodan  umidimni  uzib  qo‘yganman.  Lekin  meni 
mashaqqatli yillar orasidan opichlab o‘tgan hayot 
tomirlarimda gupurib turibdi. Boshimga tushgan 
savdolarni yengib o‘toldimmi-yo‘qmi, bilmayman. 
Hozircha tirikman, o‘lmagan qul bir kunini ko‘radi.
* * *
1918-yilning oktabrida, butun front bo‘ylab 
sokinlik hukm surayotgan paytda u halok bo‘ldi, 
harbiy aхborotlar bittagina jumladan iborat edi: 
«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q».
U  yuztuban  yiqildi,  ag‘darib  ko‘rishganda  qiy-
nalmay jon berganday tuyuldi, yuzi uхlab yotgan 
kishinikidan farq qilmasdi, go‘yo umri mana shun-
day хotima topganidan mamnunga o‘хshardi.

Adabiy­badiiy nashr
ERIX MARIYA REMARK
G‘ARBIY FRONTDA O‘ZGARISH YO‘Q 
(Roman)
Muharrir
Ma’mura QUTLIYEVA
Badiiy muharrir 
Uyg‘un SOLIHOV
Musahhih
Madina MAHMUDOVA
Sahifalovchi
Sunnat MUSAMEDOV
Texnik muharrir
Surayyo AHMEDOVA
Litsenziya raqami: Al ¹ 252, 2014-yil 02.10.da berilgan.
Bosishga 27.01.2016-y.da ruxsat etildi. 
Bichimi 84x108 1\32.
Bosma tobog‘i 7,5. Shartli bosma tobog‘i 12,6.
Garnitura «Souvenir». Ofset qog‘ozi.
Adadi 5000 nusxa. Buyurtma ¹ 34. 
Bahosi kelishilgan narxda.
«Yangi asr avlodi» NMMda  tayyorlandi va muqovalandi 
100113. Toshkent, Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60. 
Murojaat uchun telefonlar:
Nashr bo‘limi – 147-00-14; 129-09-72.  
Marketing bo‘limi – 128-78-43; 397-10-87;
faks – 273-00-14; e-mail: yangiasravlodi@mail.ru
Hamkorimiz: kitobxon.uz

«Yangi asr avlodi» NMM 
«Kamolot kutubхonasi» ruknida 
quyidagi yangi kitoblarni nashr etdi:
Tohir Malik
«ALVIDO, BOLALIK»
84х108 1/32, 532 bet, qattiq muqova
Bolalik – umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ul-
g‘ayadigan eng jo‘sh qin va haroratli damlar. Bolalik – um-
rimiz mazmunini, qo‘yingki, butun hayotimizni belgilab be-
ruvchi shunday bir pallaki, bu davrda biz yaqinlari mizning 
alohida e'tiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday fursatlarda 
ozgina e'tiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi? 
Taqdim etilayotgan kitobda aynan shu jarayon bilan 
bog‘liq holatlarni yozuvchi hayotiy voqea-hodi salar aso-
sida yoritib bergan.
O‘tkir Hoshimov
«DUNYONING ISHLARI»
84х108 1/32, 336 bet, yumshoq muqova
XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega 
bo‘lgan adib – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshi-
mov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham 
sevim li adibi bo‘lib qoladi. 
Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o‘zbekona yondashuv va 
xarakter, qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlar mutolaasi 
o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin 
insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik 
qili shi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo‘la-
di. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo‘lsin O‘tkir Hoshimov asar-
larida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oila-
mizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o‘xshamagan 
ona mizni  ko‘ramiz...
Bir inson umrini qamragan roman bo‘lsin, qator no-
vellalardan iborat qissa yoki hikoya bo‘lsin, janridan 
qat’i nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ish-
lari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun kat-
ta hayotiy xulosa berishiga ishonamiz.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling