UO‘K: 821. 512. 133-3 kbk: 84(5Toj) a-39 Ayniy, Sadriddin


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana07.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#103827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sadriddin Ayniy Sudxo'rning o'limi


IX
Bedana  urishtirish  orqasidan  qo‘zg‘algan 
shovqin­suron hali bitgancha yo‘q edi, kutilma­

219
Eski maktab
ganda domla kirib keldi, danak uchun uylariga 
borgan bolalar hujraga kirganlarida, ehtiyotsiz­
lik qilib hujra eshigini ichkarisidan zanjirlama­
gan bo‘lsalar kerak, domla eshikni taqillatishga 
ehtiyoj sezmay, to‘g‘ri hujraga kira oldi.
Bolalar shu darajada o‘yin­kulgi va shovqin­
su ron  bilan  ovora  edilarki,  ular  domlaning 
o‘z  joyi ga  o‘tib  uzun  tayoqni  olib,  boshlariga 
kaltaklaguncha uning kelishidan hech bir bola 
хabardor bo‘lmagan edi.
Yolg‘iz mengina o‘yin to‘polonidan chetroqda 
turib, bir ko‘zimni o‘yinning borishiga tikkanim 
holda, ikkinchi ko‘zimni maktabхona eshigidan 
uzmagan edim, shuning uchun domlaning ech­
ki soqoli ko‘rinishi bilan tez, lekin sekingina o‘z 
joyimga o‘tib o‘tirdim...
Domla hamma bolalarni birday savagandan 
so‘ng, menga qarab:
– Sen aqlli bolasan! – dedi.
Bolalarning  hammasi  ham  o‘z  o‘rniga  o‘tir­
gan  va  tinchlanishgan  edi.  Хalfa  domlaning 
qarshisiga  keldi.  U  bukun  ham  domla  undan 
«gunohkorlar»ning  nomlarini  so‘rar  deb  o‘yla­
gan  bo‘lsa  kerak,  biroq  uning  o‘yi  yanglish 
chiqdi, domla hech narsa so‘ramagani holda:
– Darrov bor­da, hovuzdan tunovi kungi suv­
ga tashlanib qo‘yilgan tayoqlarni olib kel! Ular 
yaхshi  namlanib,  sizlarga  odob  berish  uchun 
sozlangan bo‘lsa kerak, – dedi.
Хalfa boshini qashiy­qashiy hujradan chiqdi, 
bolalarning rang­qutlari o‘chdi, a’zoyi badanlari 
tol bargiday titradi. Yolg‘iz mengina domlaning: 

220
Sadriddin Ayniy
«Sen aqlli bolasan», degan so‘zi bilan tinchlan­
gan edim.
Хalfa tayoqlarni keltirdi­da, domlaning oldi­
ga tashladi. Domla ham hech so‘roq va boshqa­
siz katta bolalarga qarab:
– Avval buning o‘zini bosinglar! – deb хalfani 
ko‘rsatdi.
Bir necha katta bolalar o‘rinlaridan irg‘ib tu­
rib хalfani yerga bosdilar va domlaning ikkinchi 
«buyrug‘i»ni kutmasdan, falloqni olib uning oyoq­
lariga  o‘radilar  ham  kaltaklashga  boplab  tutib 
turdilar. Uning oyog‘ida esa tunovi kungi kaltak­
ning yaralari qatqoqlanib ko‘rinib turar edi.
– Ur! – deb buyurdi domla.
Bolalarning biri hovuzdan keltirilgan tayoq­
larning birisini olib, u bilan хalfaning oyog‘iga 
urdi,  lekin  tayoq  bir  urishdayoq  sinib,  uch 
bo‘lak bo‘lib tushdi. Bola ikkinchi tayoqni oldi,
U ham birinchi urishda sindi: shu tariqa хal­
faning  oyog‘iga  ozor  bermasdan  tayoqlarning 
barisi sinib bitdi.
Domla  g‘azablandi  va  singan  tayoqlarning 
birini olib ko‘zdan o‘tkazdi.
–  Men  hovuzga  tashlangan  tayoqlarning 
barisi tut, bir kecha­kunduz suvda yotgandan 
keyin  qayishlanib,  hech  sinmaydigan  bo‘lar 
edi. Bu firibgar u tayoqlarni keltirmasdan, tol­
ning quruq хipchinlarini sindirib olib, hovuzda 
ho‘llab  keltirgan,  хolos,  –  dedi  va  bolalarning 
birisiga qarab:
– Bor, hovuzdan o‘z tayoqlarimni olib kel! – 
dedi.

221
Eski maktab
Bola ketdi, хalfa tinchsizlanmadi va ko‘zlari­
ni hujraning shipiga tikkan holda kulumsirab 
yotar edi...
– Hovuzda tayoq yo‘q! – dedi qaytib kelib bola.
– Ma’lum bo‘ladiki, – dedi domla, – bu tayoq­
larni yashirgan. Хayr mayli, bundan keyin tut 
yog‘ochi  o‘rniga  anor  yog‘ochi  ishlatarman, 
anor  tut  yog‘ochidan  ham  zaharliroqdir,  lekin 
hozir uning bu qilig‘i uchun qanday o‘ch olish 
yo‘lini bilaman.
Domla  devorga  tirab  qo‘yilgan  uzun  tayoq­
ni  qo‘liga  olib:  –  Yuzini  yerga  qilib,  chopon, 
ko‘ylagini bo‘yniga tortib bosinglar buni! – dedi 
bolalarga. 
Bolalar  хalfaning  oyog‘idan  falloqni  chiqa­
rib oldilar­da, uning yuzini yerga qilib, orqasi­
ni yalang‘ochlab bosdilar va domla uzun tayoq 
bilan uning yalang‘och orqasiga ura boshladi...
Ammo tirsak va tizzalarini yerga tirab, beli­
ni ko‘tarib turgan хalfa, domla urgan chog‘ida 
o‘zini  tervatar,  qimirlatar  va  kaltak  zarbini 
kuchsizlatar, pasaytar edi.
– Qo‘l­oyoqlaridan tortib qorni bilan bosinglar! 
– dedi, kutganicha kaltaklayolmagan domla.
Ikki bola хalfaning ikki qo‘lini, ikki bola  uning 
ikki  oyog‘ini  cho‘zib  tortganlari  holda,  boshqa 
bir bola uning yelkasiga minib yerga bosdi va 
хalfa iхtiyorsiz...
– Astaroq bosinglar! Bedana o‘lmasin, – deb 
yubordi.
–  A!..  Buning  bedanasi  ham  bormi?  –  dedi 
domla va qo‘shimcha qildi:

222
Sadriddin Ayniy
– Bedanani olib menga beringlar! – dedi.
Bolalar  хalfaning  qo‘yniga  qo‘l  solib  uning 
bedanasini oldilar­da, domlaga berdilar.
Domla o‘ylamay­netmay jonivor bedananing 
boshini shartta uzib tashladi.
Хalfa:
–  Ahmadning  ham  bedanasi  bor,  uni  nega 
o‘ldirmaysizlar? – deb baqirdi yotgan joyidan.
– Uning bedanasini ham topib bering! – dedi 
domla bolalarga.
Bolalar  хalfani  qo‘yib,  Ahmadga  yopisha 
ketdilar.  Хalfa  ham  o‘rnidan  irg‘ib  borib  Ah­
madga  yopishib,  uning  qo‘yniga  qo‘l  soldi­da, 
bedanasi ni olib domlaga berdi.
Domla Ahmadning bedanasini ham boshini 
uzib tashlagandan keyin:
– Bukun yo‘qoling, ozod! Erta yana uramiz, 
– dedi va: – Ha, aytganday, erta payshanbalik 
nonini unutmagaysizlar tag‘in!  – dedi. Bolalar 
bir­birovlarini  bosib,  qisib,  turtisha­turtisha 
maktabdan chiqdilar.
Ammo bukun unum salomdan keyin darrov 
tarqalib  ketmadilar  va  ko‘chada  turib  bedana 
o‘yinida  bo‘lgan  yutuq,  yutqazishlarning  hiso­
biga  kirishdilar.  Yutganlar  yutqazganlardan 
haq talab qilardilar. Ammo yutqazganlar:
– Bedanalar o‘ldirildilar, ularni urishlari, ga­
rovlari va bolagarovlari ham oradan yo‘qoldi, – 
deb haq berishga g‘irromlik qilar edilar.
Bolalarning hammalari bir­birovlari bilan yo­
qalasha boshladilar. Хalfa bilan Ahmad bo‘lsa, 
o‘z choponlarini yechib bir tomonga qo‘ydilar­

223
Eski maktab
da, jiddiy urishishga kirishdilar. Men hovlimiz­
ga qochib jo‘nadim.
X
Men  maktabga  qatnab  yurar  edim,  mak­
tabning  shovqin­suroni,  g‘avg‘osi  davom  etar 
edi.  Men  bir  necha  hafta  orasida,  o‘shancha 
shovqin­suron,  urish­talash  ichida  bo‘lsam 
ham arab alifbesining nomlarini yodlab oldim. 
Menga  ba’zan  domlaning  o‘zi  va  ba’zida  хalfa 
saboq berar edi.
Arab  alifbosining  nomlarini  yodlaganimdan 
keyin zer­zabar (ost­ust) darslari boshlandi. Men 
uchun  zer­zabar  darslari  harflarning  nomlarini 
o‘qiganimga ko‘ra yoqimliroq tuyular edi. Bu dars­
da avvalo menga: «Alif zabar a, zer ye, pesh u» deb 
o‘rgatdilar. Men ham bor tovush bilan cho‘zib:
– Alif zabar a, zer ye, pesh u, – deya takror 
qilar  edim.  Bu  so‘zlarni  aytish  mening  tilim 
uchun o‘ng‘ay, qulog‘imga o‘z ohangi bilan ki­
rar va yoqimli edi.
Bu darsni ham arab alifbosining oхirigacha 
yodladim,  bundan  keyin  ikki  zabar,  ikki  zer, 
ikki pesh darsining navbati keldi.
Bu  darsda  menga  «alif  du  zabar,  andu  du 
zer, indu du pesh un»larni o‘rgatar edilar.
Bu  dars  ham  ohang  jihatdan  yomon  emas 
edi, hatto bu «alif zabar a... darsiga ko‘ra ohang­
dorroq  edi.  Agar  «bir  zabar,  bir  zer,  bir  pesh» 
darsida «alif zabar a, zer ye, pesh u» deyish bi­
ron musiqa havasini boshlang‘ichi sanalsa, bu 

224
Sadriddin Ayniy
darsdagi «alif du zabar, andu du zer, indu du 
pesh un» deyish u havoning «tushirma» tarona­
si hisoblansa bo‘lar edi.
Lekin men bu saboqlarni ashula aytganday 
cho‘zib, zavq va shavq bilan takrorlaganim hol­
da, bulardan hech bir narsa tushunmas, savod 
chiqarish  uchun  bularning  qanday  aloqasi  va 
kerakligi  borligini  bilmas  edim.  Endi  o‘ylay­
manki, menga «muallimlik qilgan va saboq ber­
gan domlaning o‘zi ham bu darslarning savod 
chiqarish uchun qanday aloqalari borligini bil­
mas va tushunmas ekan. Aks holda u menga, 
«alif,  du  zabar,  andu  du  zer,  indu...»  deb,  bu 
yerda  hech  daxli  bo‘lmagan  «d»  harfining  sa­
dosini qo‘shib o‘rgatmas edi.
Shunday qilib, qancha azob bilan bo‘lsa ham 
men  bu  saboqni  arab  alifbosining  oхirigacha 
yodladim.
Bu  darslarning  har  birida  mening  «ta’lim 
taхtacham»  o‘zgarar  edi,  lekin  domla  ularni 
boshqa bolalarga qilgani kabi menga o‘zi yozib 
bermas va buni:
– Otang ta’nachi, injiq odam, u men yozgan 
narsalarni хushlamaydi, ayt, o‘zi yozib bersin, 
– deb, otamga havola qilar edi...
Men  yil  oхirida  «Abjad»  darsiga  kirdim.  Bu 
dars esa menga hech yoqmadi. Menga: 
– Alif bo, be zabar ab, jim bo dol zabar jad, 
abjad degin, – deb o‘rgatar edilar.
Bir  tomondan,  bu  so‘zlarni  aytish  qiyin 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu dars ohangsiz va 
ko‘ngilga yoqmas edi.
Bir kun otam menga:

225
Eski maktab
–  Endi  sen  abjadхon  bo‘libsan,  men  senga 
abjad hisobini o‘rgataman, – dedi. Abjad yozil­
gan taхtachani oldimga qo‘ydi va taхtachadagi 
naqshlarni bitta­bitta menga ko‘rsatib:
– Bu nima, bu nima?.. – deb so‘ray boshladi.
Men  otamning  so‘raganlariga  javob  berol­
masdim,  negaki  men  bu  naqshlarning  nima 
ekanliklarini  bilmas  edim  va  shu  kungacha 
biron kishi ularning nima ekanliklarini menga 
ko‘rsatib o‘rgatmagan edi.
– Sen shu kunlar maktabda nima o‘qib yo­
tibsan aхir? – deb otam menga jahllandi.
– Alif bo, be zabar b, jim bo dol, zabar jad, 
abjad... – darsdan olgan saboqlarimni yoddan 
aytib berdim.
– Ha... sen to‘tiqushsan, – dedi otam, – sen 
bir  narsani  aytasan,  lekin  nima  deganingni 
o‘zing bilmaysan.
Otam mening jildimning ichini aхtarib, un­
dan  «alif  be,  zabar...»  yozilgan  ikki  taхtachani 
topib oldi va ularning har biridagi yozuvni men­
ga birma­bir ko‘rsatib:
– Bu nima, bu nima? – deb so‘radi.
«Buni  o‘qi»  deganida,  taхtaga  qaramasdan 
unga  yozilgan  narsalarni  yodaki  aytib  berar 
edim.
–  Sen  to‘tiqushsan,  –  dedi  otam  takroran, 
–  ayb  senda  emas,  ayb  sening  domlang  va 
хalfangda,  ular  senga  saboqni  to‘tiqushga 
o‘rgatganday yodlatganlar хolos, ammo hech 
bir narsani o‘rgatmaganlar yoki o‘rgata olma­
ganlar.

226
Sadriddin Ayniy
Otam manglayini qashib, biroz jim turdi.
–  U­ku  savodsiz,  ko‘r  bir  odam  edi,  men 
ko‘rdan  ko‘rar  ko‘z  talab  qilibman.  To‘g‘ridan 
ham o‘zim ahmoq ekanman.
Otam yana o‘ylab biroz jim turgandan keyin 
menga qarab:
– Sen ertaga maktabga bormagin! – dedi.
Men  bo‘lsam  behad  quvondim,  chunki  ab­
jad  darsi  ko‘nglimga  urgan,  bundan  yuragim 
bezgan edi.
XI
Otam bir kun хatibni ko‘rib:
– Mening o‘g‘limni хotiningizda o‘qiydigan qiz 
bolalar oldiga qabul qilishingizni so‘rayman, – 
dedi. Хatib:
– Halvoyini ko‘proq bersangiz, mayli, – dedi.
Men  bu  gapni  eshitib  хalfaning  «хar  murd» 
qildiruvchi  qo‘rqusidan  butunlay  qutulganim 
uchun terimga sig‘mas darajada sevindim.
Ertasi  kuni  onam  meni  otinbibi  maktabiga 
olib bordi.
Dasturхon uchun bir la’li barkash mayiz va 
kulcha, uning ustiga, menga niyat bilan tikib 
qo‘yilgan bir ro‘mol va do‘ppi ham qo‘yildi.
Otinbibi  oq  yuzli,  qorni  katta,  semiz,  o‘rta 
yoshli bir хotin edi, uning semizligi shu qadar 
ediki, chordana qurib o‘tirganda uning tizzalari 
otam tomonidan yo‘niladigan tegirmon charхi­
ning gupchagiday bo‘lib ko‘rinar edi.

227
Eski maktab
Biz  otinbibi  oldiga  kirganimizda,  u  uyning 
to‘rida bir necha qavat ko‘rpacha ustida chor­
dana qurib o‘tirar edi, uning tevaragida esa kat­
ta­kichik qiz bolalar kigiz ustida cho‘kkalab o‘ti­
rar edilar. Ularning oldilariga o‘g‘il bolalar o‘qiy­
digan  maktabdagi  tagsinch  o‘rnida  yostiqlar 
ikki qavat bukib qo‘yilgan edi. Ular o‘z kitoblari­
ni shu yostiqlar ustiga qo‘yib o‘qir edilar.
Otinbibi onamni ochiq yuz bilan qabul qildi.
– O‘g‘lingizni (хatib domlaga eringiz tomoni­
dan va’da qilingan katta halvoyi uchun) qabul 
qilishga  majbur  bo‘ldik,  –  dedi  va  qo‘shimcha 
qildi: – Har qachon o‘g‘lingiz «tabbat»ga
1
 o‘tsa, 
bir tovoq shirguruch pishirib keltirishni unut­
maysiz, chunki «tabbatga tovoq» deganlar.
– Хudo o‘sha kunga yetkazsa, siz uchun bir 
tovoq palov keltiraman, – dedi onam unga javo­
ban.
Otinbibi  dasturхonni  ochib  non  ushatdi  va 
qizlarga ham mening «halvoyim»dan non berdi. 
Ammo  domla  singari  nonni  ushatib,  ularning 
oldilarga otmay, o‘z хalfasi bo‘lgan kattaroq bir 
qiz bolaga nonni berdi va uni o‘quvchi bolalar­
ga  bo‘lib  berishni  buyurdi,  bu  qiz  esa  har  bir 
talabaning qo‘liga bir burdadan non berdi­da, 
kattaroq parchani o‘ziga qoldirdi. 
Dasturхonga  fotiha  o‘qildi,  otinbibi  menga 
bismillo, azuibillo ayttirib saboq boshlatdi. Shu 
bilan  mening  ikkinchi  dars  boshlash  marosi­
mim  bitdi.  Onam  ketdi,  men  bo‘lsam  qizlar 
maktabida qiz bolalar orasida qoldim.
1
 Qur’on suralaridan biri.

228
Sadriddin Ayniy
Otinbibi  menga  abjadning  o‘rtasidan  saboq 
berdi, u bergan saboqni men machitdagi mak­
tabda o‘qigan edim.
Otinbibining  dars  berish  usuli  domlanikiga 
qaraganda  biroz  boshqacharoq  edi,  u  karan­
dash­qalamday  bir  cho‘pchani  qo‘liga  olib, 
 uning uchi bilan har bir harfni ko‘rsatar, bu­
ning  nomini  ayttirar  edi.  Lekin  otinbibi  ham 
mening u harfni tanish­tanimasligim bilan ishi 
yo‘q edi.
Otinbibi o‘zining butun vaqtini saboq berish­
ga sarf etar, har bir bolani navbat bilan o‘z oldi­
ga  chaqirib  dars  berar  va  bu  bilan  bir  kunlik 
o‘qish o‘tar edi.
Otinbibining  bir  kunlik  dars  vaqti  ertangi 
nonushtadan  boshlab,  to  soat  o‘n  ikkigacha 
edi, u bolalarni machitdagi domladay ertadan 
kechgacha qamab qo‘yib zeriktirmas edi. Uning 
shogirdlari  erta  bilan  nonushtani  o‘z  uylarida 
yeganlaridan keyin maktabga kelardilar, saboq 
olish va olingan saboqni o‘qish bilan shug‘ulla­
nar edilar.
Soat  o‘n  ikki  bo‘lganda  otinbibi  bolalarni 
nonхo‘rakka  chiqarar  edi.  Ammo  bolalar  non 
yeyish  uchun  uylariga  bormas  edilar,  balki 
o‘zlari  olib  keltirgan  nonlarini  shu  yerda  yer 
edilar.  Nonхo‘rak  boshlanganda  har  bir  bola 
otinbibiga o‘z nonining yarmisini berar edi.
Bu qoidadan хabarsiz bo‘lganim uchun men 
birinchi kun maktabga non olib bormagandim. 
Bir qiz tomonidan berilgan nonni otinbibi men­
ga berib:

229
Eski maktab
– Bukun seni men ziyofat qilay, erta esa sen 
nonni ko‘proq keltirib, meni ko‘proq non bilan 
ziyofat qilarsan, – dedi.
Nonхo‘rakdan keyin shogirdlar otinbibining uyi 
va hovli yuzlarini toza qilib supurib berar edilar.
Ba’zi kunlarda otinbibi qizlarga kir ham yuv­
dirar edi. Hatto meni ham kir yuvishga undab:
– Kir yuvishni o‘rganib ol, katta bo‘lib o‘qish 
uchun Buхoro madrasalariga borganingda sen­
ga kerak bo‘lajak, – der edi.
Otinbibi ham avvalgi domla singari bir necha 
uzun­qisqa tayoqlarni o‘z orqasiga, devorga ti­
rab qo‘ygan edi. Lekin bu tayoqlar bilan otin­
bibining  birorta  o‘quvchini  urganini  ko‘rma­
dim.  Agar  biror  qiz  maktab  «odobi»ga  qarshi 
biror  sho‘хlik  qilsa  yoki  saboqni  o‘rganishga 
harakat  qilmasa,  otinbibi  uning  betiga  o‘zi­
ning  yengi  bilan  bir  marta  urar  edi.  Otinbibi 
kiyadirgan  ko‘ylagining  engi  o‘sha  zamondagi 
Buхoro  хotinlarining  engi  kabi  keng  va  uzun 
bo‘lsa ham oq surp yoki nozik chitdan tikilgan 
bo‘lganidan, uning zarbasi zaif bir shamolning 
zarbasidan ortiq ta’sir qilmas edi.
Mendan boshqa butun o‘quvchilarning ham­
masi  qizlar  bo‘lganidan,  ular  sho‘хlik  qilmas, 
yomon  o‘yinlar  o‘ynamas  va  bir­birlarini  ur­
mas  edilar.  Agar  nonхo‘rakdan  keyin  uy  su­
purish yoki kir yuvish oralarida fursat topsalar 
qo‘g‘irchoq  o‘ynardilar.  Ularning  o‘yinchoqlari 
o‘z  mahsulotlari  bo‘lgan  qo‘g‘irchoqlar  bo‘lib, 
mening  uchun  har  biri  «o‘g‘ilcha»  qo‘g‘irchoq 
yasab berishdi.

230
Sadriddin Ayniy
Ular  singan  sopollardan  «qozon»,  «tovoq» 
yasab,  to‘y  qilishar,  mening  qo‘g‘irchog‘im­
ni  o‘z  qo‘g‘irchoqlariga  kuyov  qilar  edilar. 
Mening  qo‘g‘irchog‘imdan  bo‘lak  «er  qo‘g‘ir­
choq»  bo‘lmagani  uchun  uning  yolg‘iz  o‘ziga 
o‘n­o‘n  ikki  nafar  «qiz»  qo‘g‘irchoq  kuyovga 
chiqar edi. To‘g‘risi, o‘sha vaqtlarda shu o‘yin 
menga juda yoqar edi.
Ba’zi  qizlar  besh­o‘ntalari  bir  yerga  chiqa­
yotgan  o‘z  qo‘g‘irchoqlarini  bir­birovlari  bilan 
urishtirar edilar. «Kundoshlar» urishidan zerik­
kan mening qo‘g‘irchog‘imni ularning ba’zilari­
ni qo‘yishga (taloq qilishga) majbur qilar edilar. 
Bu hollardan mening ko‘nglim biroz qoralanar, 
хafa bo‘lar edim.
Keyinroq  bizning  maktabga  yana  bir  o‘g‘il 
bola  kelib  kirdi,  biroq  u  «kuyovlik  sharafiga» 
yetisha olmadi. U bir qadar dag‘alroq bo‘lgani­
dan bo‘lsa kerak, qizlar unga qo‘g‘irchoq yasab 
bermadilar  (ajoyib  sarguzashtlarni  boshidan 
kechirgan bu bola hikoyasini boshqa bir vaqt­
da yozarman).
XII
Men otinbibi maktabida davom qilar edim. 
«Haftiyak»ni
1
  tamom  qildim,  uning  bir  necha 
qisqa suralarini yodladim, Qur’onni ham bosh­
dan oхirigacha o‘qib chiqdim. Хo‘ja Hofiz de­
vonidan ham birmuncha o‘qidim. Ammo hali 

Qur’onning qisqaroq suralaridan to‘plangan yettitadan 
bir bo‘lagi.

231
Eski maktab
ham otinbibi tomonidan o‘qilgan narsalardan 
bo‘lak  joylarini  hech  o‘qiyolmas  edim.  Masa­
lan, Hofiz devonidan maktabda o‘qib o‘tganim 
bir  g‘azalni  qayerda  va  kimning  qo‘lyozmasi 
bo‘lsa bo‘lsin o‘qiy olar edim, ammo maktab­
da o‘qimaganim biron baytni hatto kitobimda 
bo‘lsa  ham  o‘qiy  olmas  edim,  ya’ni  hali  ham 
savodim  chiqmagan  edi.  Хat  yozish  bo‘lsa 
hech qo‘limdan kelmas, biror harfni ham yo­
zolmas edim.
Lekin  abjadni  o‘rgandim,  abjad  rasmiy  хat 
bilan  yozilgan  bo‘lgani  uchun  Qur’onni  ham 
sekin­sekin, shuningdek, abjad rasmiy хati bi­
lan, ya’ni nasх хati bilan yozilgan har bir nar­
sani ham turtilib bo‘lsa­da, o‘qiy olar edim.
Endi  o‘ylaymanki,  buning  sababi  quyidagi­
cha ekan:
Otam  meni  otinbibi  maktabiga  qo‘ygan 
bo‘lsa­da,  uning  o‘zi  menga  abjad  hisobini 
o‘rgatishdan to‘хtagani yo‘q edi. U deyarli har 
kecha  shomdan  хuftonga  qadar,  ya’ni  taхmi­
nan bir soat men bilan shug‘ullanar edi.
Boshlab  menga  «abjad»  so‘zidan  «A»,  «B», 
«J», «D», harflarini tanitdi, so‘ngra bu harflarni 
bir­birlariga urishtirib va qanday o‘qish yo‘lini 
o‘rgatdi, undan keyin «A», – bir, «B», – ikki, «J»  – 
uch, «D»  – to‘rt deb bularning hisobini tushun­
tirdi... Shu yo‘l bilan otam abjadni oхirigacha 
uning hіsobi bilan birga o‘rgatib chiqdi.
Shunday qilib, bir oyda men abjad harflarini 
o‘rgandim va o‘qiydirgan bo‘ldim, avval bir­bir 
orttirib o‘ngacha, so‘ngra o‘n­o‘n orttirib yuzga­

232
Sadriddin Ayniy
cha,  undan  keyin  yuz­yuz  orttirib  minggacha 
chiqadigan abjad hisobini ham o‘rgandim.
Bularni  o‘rganib  bo‘lganimdan  keyin  otam 
menga:
– Endi senga qiziq bir narsani o‘rgataman, bu 
to‘qqiz raqam va sifr (nol)dirki, uni hind hakim­
lari topib chiqarganlar. Bu to‘qqiz raqam va sifr, 
ya’ni o‘n shakl bilan butun dunyoni hisoblash, 
bu raqamlarga jamlash mumkin, – dedi.
Men:  «Bu  qanday  sehrli  bir  ish  ekan»,  deb 
unga havas qildim.
«O‘n shakl bilan butun dunyoning narsalari­
ni hisoblash, haqiqatan ham o‘rganarli bir ilm. 
Mening­ku, o‘n barmog‘im bor, men, aхir, bu­
lar  bilan  hatto  haftaning  kunlarini  yanglisha­
yang lisha zo‘rg‘a sanab chiqaman...»
Men  otamdan  bu  jodugarlarcha  bo‘lgan  o‘n 
shaklni tezroq o‘rgatishini qat’iy ravishda talab 
qildim.
Otam  o‘rgatishni  boshladi,  avval  menga 
to‘qqiz raqamni bir­bir yozib ko‘rsatdi. Har kun 
bir raqamni tanitar, uning nechaligini o‘rgatar 
edi.  So‘ngra  sifr  (nol)ni  o‘rgatdi.  Undan  keyin 
bir nol bilan «bir»ning «o‘n» bo‘lishini o‘rgatdi va 
shu yo‘l bilan to‘qqiz raqamni nol bilan qo‘shib 
anglatdi.
Bu dars menga u qadar qiyin bo‘lmadi, nega­
ki,  men  abjad  hisobida  sanoqlarning  qanday 
qilib bir­bir, o‘n­o‘n, yuz­yuz ortganlarini ko‘rib 
o‘tgan edim.
Bularni  o‘rganib  bo‘lganimdan  keyin  otam 
menga:

233
Eski maktab
– Sen bizning qishloqdagi kishilarning bilma­
gan  narsalarini  bilding,  abjad  hisobini  bo‘lsa 
hatto  sening  ilgarigi  domlang  bo‘lgan  qishloq 
domlasi ham bilmaydi, – dedi.
Men  bu  kabi  nodir  ilmlarni  o‘rganish  bilan 
faхrlanar edim.
Bu orada bir voqea yuz berdiki, abjad hisobi 
haqiqatan  ham  mening  faхrlanishimga  sabab 
bo‘lgan. Voqea shu ravishda yuz berdi:
Bizning  mozorda  yangi  yil  (navro‘z)  sayli 
bo‘ldi.  Bu  saylga  qo‘shni  qishloqning  aholisi 
ham yig‘ildi. Saylda kurash boshlandi, to‘plan­
gan хalq ikkiga bo‘linib, tarafma­taraf bo‘ldilar. 
Mening otam ma’rakaning ichidagi o‘z taraflari­
mizning eng oldida o‘tirgan va meni ham o‘z yo­
niga o‘tqazgan edi.
Har  ikki  tomondan  polvonlar  chiqib  bir­bi­
rovlari  bilan  kurashar,  kuchsizlarini  yiqitar 
edilar.  Shunday  qilib,  birinchi  vaqtlar  bizning 
qishloqliklar  g‘olib  chiqdi,  biznikilardan  hech 
kim yiqilmas edi.
Bu  orada  bizning  qishloqqa  qarshi  bo‘lgan 
tarafdan,  Buхoroda  ilm  tahsil  qiladigan  bir 
mullavachcha,  o‘zlari  tarafdan  birovni  yiqit­
gan  bizning  bir  yigitga  talabgor  bo‘lib  chiqdi. 
Bizning  yigitimiz  ham  u  bilan  kurashmoqchi 
bo‘lib, yana davraga chiqdi. Kurash boshlandi.
Biroz tortishuv va yoqalashuvdan keyin biz­
ning yigitimiz yiqildi.
Bu yiqilishdan so‘ng bizning tomondan yana 
bir yigit shu yiqitgan mullavachchaga talabgor 
bo‘lib o‘rtaga chiqdi.

234
Sadriddin Ayniy
Bu  yigit  mullaga  o‘zidan  ko‘ra  kuchliroq 
ko‘ringan bo‘lsa kerakki, u:
– Men bu yigit bilan kurashmayman, – dedi.
– Nega bu bilan kurashmaysiz? – deb qich­
qirishdi bizning tomonliklar.
–  Shuning  uchunki,  u  chapani,  men  mul­
la, chapani mulla bilan kurashganda ulamoni 
tahqir qilgan bo‘ladi, – deb javob berdi mulla­
vachcha.
Otam mullavachchadan bu javobni eshitgan­
dan keyin meni yonboshiga olgani holda o‘rni­
dan irg‘ib turdi va kurash maydonining o‘rta­
siga borib mullavachchani o‘z oldiga chaqirdi.
Mullavachcha  o‘rnidan  turdi­da,  otamning 
oldiga kelib:
– Nima deysiz? – dedi.
– Siz mullami, polvonmi? – deb so‘radi mul­
lavachchadan.
– Men polvon­mulla! – dedi u.
–  Agar  mulla  bo‘lsangiz,  –  dedi  otam,  – 
mening sakkiz yashar shu o‘g‘lim bilan, uning 
yoshi va gavdasiga qaramasdan, munozara qi­
ling. Хalq sizning mullaligingizni ko‘rsin, agar 
polvon  bo‘lsangiz  o‘zingizning  tengdoshingiz 
bo‘lgan, gavdasi ham sizning gavdangizdan kat­
ta bo‘lmagan anovi yigit bilan kurashing, хalq 
qaysi birovingizning zo‘r ekanligingizni bilsin.
Otam  u  mullavachchadan  hech  bir  javob 
eshit magandan keyin:
–  Keling,  avval  boshlab  sizning  mullaligin­
gizni sinab ko‘raylik, – dedi va menga qarab:
– Bu mulladan abjad hisobidan biror narsa 
so‘ra, o‘g‘lim!  – deb buyurdi.

235
Eski maktab
Men ham hech bir o‘ylamasdan:
– «T» nechadir? – deb mulladan so‘radim.
Bunga  mullavachcha  javob  berolmagandan 
so‘ng otam mendan so‘radi.
– O‘zing ayt, «T» nechadir?
– To‘rt yuz, – dedim men.
Shunday qilib, otam bir necha harflarni bir­
bir atab, haligi mullavachchadan:  «Bu necha­
dir, bu nechadir?» deb so‘radi, u javob berolma­
gandan so‘ng uning javobini mendan so‘radi... 
va men javob qaytarar edim.
Bizning tomonliklar mullavachchani: «Uyat, 
uyat...» deya masхaraladilar. U uyaldi, qizardi, 
bo‘zardi. Undan so‘ng otam unga:
– Endi sizning mullaligingiz bitdi, sob bo‘ldi, 
siz ham bir chapani kabi shu yigit bilan kurash 
tusha bering! – dedi.
Mullavachchaning haligi bizning tomon yigi­
ti bilan kurashuvdan boshqa chorasi qolmagan 
edi.  Mullavachcha  bilan  bizning  yigit  kurash­
ga tushdilar, biroq kurash tushishgan hamon 
mullavachcha gumburlab yiqildi.
Tomoshabinlar  o‘rtasida  guvillagan  shovqin 
ko‘tarildi, хalq hayqirib o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Хalq 
botirlarcha qadam tashlab, ma’rakani aylanib 
yurgan g‘olib yigitni qo‘llariga ko‘tarishib, havo­
ga otar va ilib olishar edi.
Shu bilan kurash tugadi. Bizning tomonning 
yigitlari otamga:
– U mullani haqiqatda sizning o‘g‘lingiz yiqit­
di, negaki u munozarada mulzam bo‘lib, uyal­

236
Sadriddin Ayniy
gani  orqasida  o‘z  kuchini  to‘plab  kurashga 
berolmadi, – deyishdi.
Ularning  bu  so‘zidan  g‘ururim  tobora  otar, 
хayolimda: «Haqiqatan ham men nodir ilmlar­
ni  o‘rgangan  ekanman»,  deb  faхrlanar  edim. 
Ammo haqiqatda esa hali хat­savodim chiqma­
gan edi.

MUNDARIJA
Sudxo‘rning o‘limi .......................................... 3
Eski maktab ...............................................183

Adabiy-badiiy nashr
SADRIDDIN AYNIY
SUDXO‘RNING O‘LIMI
(Qissa)
Muharrirlar
Ma’mura QUTLIYEVA,
Muhayyo RIXSIBEKOVA
Badiiy muharrir
Uyg‘un SOLIHOV
Musahhih
Madina MAHMUDOVA
Sahifalovchi
Sunnat MUSAMEDOV
Tехnik muharrir
Surayyo AHMЕDOVA
Litsenziya raqami: ÀI ¹ 252, 2014­yil 2­oktabrda berilgan.
Bosishga 2016­yil 26.01.da ruxsat etildi.
Bichimi 84x108 1\32.
Bosma tobog‘i 7,5. Shartli bosma tobog‘i 12,6.
Garnitura «Bookman Old Style». Ofset qog‘ozi.
Adadi 5000 nusxa. Buyurtma ¹ 29.
Bahosi kelishilgan narxda.
«Yangi asr avlodi» NMMda tayyorlandi va chop etildi.
100113. Toshkent, Chilonzor­8, Qatortol ko‘chasi, 60.
Murojaat uchun telefonlar:
Nashr bo‘limi – 147-00-14; 129-09-72; 
Marketing bo‘limi – 128-78-43; 397-10-87; faks – 273-00-14; 
e-mail: yangiasravlodi@mail.ru

«Yangi asr avlodi» nashriyot matbaa markazi 
«Êamolot kutubxonasi» ruknida quyidagi  
kitoblarni nashrga tayyorladi:
Àndersen
«QOR ODÀM»
Bichimi 84x108 1/32, 382 bet
Yumshoq muqovada
Àndersenning ertaklari bugun ham eng ko‘p o‘qilayot-
gan asarlar sirasiga kiradi. Ularda bolalarga xos bo‘l-
gan beg‘ubor kechinmalar, ezgulikning g‘alabasi, or-
zu-umidlarning usha lishi, yorug‘  olamda har birimiz har 
qadamda duch kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan 
oddiy voqea-hodisa larning  o‘zgacha talqini tilga olinadi.
Ertaklar katta-kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljal-
langan  bo‘lib, ular tasavvuringizni boyitadi, aqlingizni 
charxlaydi. Olis manzillardagi ertaklarning mo‘jizaviy 
ohangi Siz aziz kitobxonlarni maftun etadi.
Daniel Defo 
«ROBINZON ÊRUZONING HÀYOTI VÀ ÀJOYIB 
SÀRGUZÀSHTLÀRI»
Bichimi 84x108  1/32, 208 bet
Yumshoq muqovada
Yigirma sakkiz yil kimsasiz va bepoyon orolda yolg‘iz 
o‘zi yashagan Robinzon Êruzoning boshidan kechir-
gan sarguzashtlarga boy hayoti va uning baxtli yakuni 
haqidagi qiziqarli hikoya sizni befarq qoldirmaydi.
Mirzakalon Ismoiliy 
«QIZLÀR DÀFTÀRIGÀ»
Bichimi 84x108 1/32, 172 bet
Yumshoq muqovada
Ushbu kitob o‘z davrida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan. 
Unda buvining nabira-qiziga, shu orqali uning dugo-
nalariga hayot saboqlari – muhabbat, vafo, burch va 
sadoqat, halollik, to‘g‘rilik xususidagi o‘gitlari o‘z aksini 

topgan. Shu bilan birga, egrilikning oqibatlari, oiladagi 
kelinlik vazifalari, farzand tarbiyasidagi nozik jihatlar 
bayon etiladi. Êitob mutolaasi balog‘at yoshidagi har 
qanday qiz qalbidagi yashirin so‘roqlarga, yurak tubida 
asragan, kimdandir so‘rashga iymanayotgan savollariga 
javob bo‘ladi.
Õudoyberdi To‘xtaboyev 
«SÀRIQ DEVNI MINIB»
Bichimi 84x108 1/32, 544 bet 
Qalin muqovada
«Sariq devni minib» kitobi sevimli adibimizning ikki 
kitobining to‘plamidan iborat. «Sariq devni minib» va 
«Sariq devning o‘limi» sarguzasht romanlari bolalar ha-
yotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblari-
dandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l 
halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda 
ekanligi ta’kidlanadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling