Uot Tayler qo’zgzaloni


Download 0.52 Mb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1442778
1   2   3   4
Bog'liq
Uot Tayler qo’zgzaloni

Qirol bu talablarni ham bajarishga rozi bo`ldi, ammo qirol bilan ikkinchi uchrashuv chog`ida Uot Taylеr London shahrining meri tomonidan o`ldirildi. Uot Taylеr o`ldirilgach, rahbarsiz qo`zg`olonchilarni tor-mor qilish uncha qiyin bo`lmadi. Qirollik tomonidan tashkil qilingan jazo guruhlari qo`zg`olon qatnashchilarini shafqatsizlarcha qirg`in qildilar. Shu tariqa Angliyadagi eng yirik dеhqon qo`zg`olonlaridan biri qonga botirildi. Bunga sabab, odatdagi uyushqoqsizlik, kuchlarning bo'linib ketganligi, dasturning yetarli darajada aniq bo'lmaganligi va qo'pol taktik xatolarga yo'l qo'yilishi bo'ldi. Ingliz dehqonlari qirol bizning tarafamizni oladi, deb soddadillik bilan ishonardilar. Dehqonlar o'zlari eng yomon ko'rgan amaldorlarning adabini berib, hatto o'z hukumatlarini tuzishga intilib ham ko'rmadilar. 1381 yilgi qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, u ingliz dehqonining bunday keyingi taqdiriga har holda katta ta'sir ko'rsatdi. Qo'zg'olon ancha katta va qudratli bo'ldi, bu qo'zg'olondan keyin esa pomeshchiklarga barshchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash haqida o'ylashga endi to'g'ri kelmadi. 1382 yilda va undan keyingi yillarda ayrim grafliklardagi dehqonlar feodallarga qarshi qaytadan qo'zg'olon ko'tarishga urindilar. Lordlar yon berishga majbur bo'ldilar. Shu sababli, 1381 yildan keyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qo'ychilik tobora kuchayib, unda barshchina keraksiz bo'lib qoldi. XV asrda yanada ko'proq mustaqil xo'jalik yurgizuvchi erkin dehqonlardan iborat edi. XV asr mobaynida Angliyada feodalizmning yemirilishi yanada zo'raydi. Mamlakatning umumiy xo'jaligida sanoatning ahamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Angliyada yuqori sifatli movut navi yetishtirilib, uning bir qismi chet ellarga ko'plab chiqariladigan bo'ldi. Jun yigirish va to'qish, shaharlardan tashqari, kustarchilik kasbi formasida qishloqlarga ham keng tarqaldi. XV asrda ingliz savdogarlari turli dengizlarda o'z savdo-sotiq ishlarini keng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kemasozligi zo'r berib rivojlana bordi. Dengizlarning narigi tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik savdogarlarning bir qismi XV asrning 70-yillarida savdogar avantyuristlarning birinchi dengiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo kompaniyasi, avvalo La-Mansh va shimoliy dengizdagi movut savdosini o'z qo'liga monopoliya qilib oldi.


E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling