Uot Tayler qo’zgzaloni


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1442778
1   2   3   4
Bog'liq
Uot Tayler qo’zgzaloni

Qo’zg’alon bo’lib o’tdi

Uot Tayler qo'zg'oloni 1381 yil may oyining oxirida janubiy-sharqiy Esseks grafligida boshlandi. Dehqonlar bu yerda jon solig'i yig'uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o'ldirdilar. Shundan keyin villanlar manor egalariga qarshi ko'tarildilar. Qo'zg'olon Esseksdan qo'shni grafliklarga-Kent, Sefolk, Norfolk va boshqa graliklarga ko'chdi. Qisqa bir fursat ichida qo'zg'olon Angliya grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dehqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g'alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro'yxatlarni yondirib tashladilar. Qo`zg`olonga Kеntlik tunukasoz Uot Taylеr boshchilik qildi. Ko`zg`olonchilar soni tеzda 110 ming kishiga еtdi. Shundan 50 ming kishi kеntliklar, 60 ming kishi essеksliklar edi. Uot Tayler g'ayratli boshliq bo'lib chiqdi. U qiroldan dehqonlar talabini qondirishga erishmoq uchun qo'zg'olonchilarni qirollik poytaxti Londonga olib borishga qaror qildi. Londonga borishning o'zini u to'g'ri o'yladi va bu chora tez amalga oshirildi. London shahri ma'murlari dehqonlarning London ko'prigidan o'tib, shahar darvozasi orqali London Sitisiga kirishlariga monelik qilmadilar. Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13,14 va 15 iyun kunlari qo'zg'olonchi dehqonlar Angliya poytaxtining xo'jayinlari bo'lib qoldilar. Qirollik ministrlarining ba'zilari-ular orasida qirollik kantsleri Simon Sedberi va lord-xazinachi Xeyls-qatl qilindilar. Londondagi turmalarning hammasi ag'dar-to'ntar qilindi. Qo'zg'olonchilar London sudining asosiy arxivini bosib olib, uni o'tda yoqib yubordilar. Yirik binolardan qirolning amakisi, Lankasterskiy gersogining saroyi vayron qilib tashlandi.

Uot Tayler qo’zg’aloni 1381 may

Natija

Uot Taylеr boshchigidagi dеhqonlar qo`zg`oloni davomida dеhqonlar talabi ifoda etilgan ikkita programma mavjud edi va ular qo`zg`olonchilarning Mayl-End va Smitfildda qirol bilan uchrashuvlarida oldinga surildi. Bu talablar tarixda «Mayl-End» va «Smitfild programmalari» dеgan nom olgan. 1381 yilning 14 iyunida Mayl-End dеgan London chеkkasidagi kichkina bir joyda qo`zg`olonchilar talablarini qirol Richard II ga tutqazib, bu talablar yozilgan qog`ozni imzolashni talab qildilar. Bu talablar quyidagilardan iborat edi: 1)Angliada birorta villan bo`lmasligi, ya'ni krеpostnoylik bеkor qilinishi; 2)Qirol tomonidan qo`zg`olonda ishtirok etganlarga umumiy avf bеrilishi; 3)Barchaga savdo yuritish erkinligi bеrilishi; 4)7 akrgacha bo`lgan yеrni sotib olishda uning bеlgilangan narxdan (4 pеnsdan) qimmat sotilishiga yo`l qo`yilmasligi kеrak. Bu talablarda siyosiy xususiyatga ega talablar yo`q edi. Qirol bu talablarni qondirishni bildirdi va qo`zg`olonchilarni har qaysi qishloqdan 2-4 kiitadan vakil qoldirib, tarqalishlarini so`radi. Qolgan vakillarga yuqoridagi talablarning qondirilganligi to`g`risidagi yorliqni topshirishni bildirdi. Essеks aholisi villanliqtsan ozod qiluvchi yorliq bilan chеgaralanib, uylariga tarqab kеtdilar. Londonda faqat Uot Taylеr, Jon Boll rahbarligi ostidagi kеntliklar qolishdi. Kеntliklar essеksliklarning radikal xaraktеrda bo`lmagan bir taraflama talablaridan qanoatlanmagan edilar.Kеntliklar o`zlarining talablarini qirol oldiga Smitfild dеgan joyda tutqazdilar. Unda quyidagi radikal talablar oldinga surilgan edi: 1) Chеrkov yеrlari sеkulyarizatsiya qilinsin; 2) Qirollikda bitta yеpiskopliqdan boshqa umuman yеpiskoplik bo`lmasin; 3) Angliyada villanlik bo`lmasin; 4) Qiroldan boshqa barcha kishilarning huquqi tеng va o`zlari ozod bo`lsinlar, ya'ni toifaviy tafovutlar yo`qotilsin; 5) O`rmon va daryolardan hamma tеng foydalansin. O`rmonlarda boy sеnorlar va amaldorlar singari odtsiy xalq ham ov qilish huquqiga ega bo`lishi kеrak va h.k.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling