Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU maxsus sirtqi bo‘lim BT va STI yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar
16-variant
1 .Sinf doskasidan foydalanish.
2. Yozuvning paydo bo‘lish tarixi va uning jamiyat tarixida tutgan o‘rni.
3. Topshiriq: K k harflarini husnixat qoidalariga rioya qilib yozish
4. Matn yozish: ...O‘shanda necha yoshligim esimda yo‘q. Biroq juda kichkina edim. Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o`ynab terlab ketdim. Terlab turib muz yedim. Kechqurun isitma ko`tarildi. Quv-quv yo`talaman. Oyim tomog`imni achchiqtosh bilan chayib ko‘rdi, bo`lmadi, turshak qaynatib suvini ichirdi, bo`lmadi... Oxiri tomog`im xippa bo‘g‘ilib qoldi. Og‘riqni sezmayman-u nafas olishga qiynalaman. Hushimdan keta boshlaganimni es-es bilaman. Qulog`im ostida onamning chirqillab yig`lagani, hadeb bir gapni qaytarayotgani eshitiladi: - Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam olib qoladi! Keyin meni shosha-pisha ko‘rpachaga o‘radi.
5. Test
1. Yuqori qismidan tutashtiriladigan harf berilgan qatorni toping.
A) u;
B) v;
C)y;
D) a.
2. Yozuv jarayonida daftar qiyaligi va daftar bilan ko‘z oralig‘i qancha bo‘ladi?
A) daftar qiyaligi 25°, daftar va ko‘z oralig‘i 25 sm.;
B) daftar qiyaligi 45°, daftar va ko‘z oralig‘i 30 sm.;
C) daftar qiyaligi 30°, daftar va ko‘z oralig‘i 30 sm.;
D) to‘g‘ri javob yo‘q.
3. O‘rta qismidan tutashtiriladigan harf berilgan qatorni toping.
A) f;
B) o;
C) u;
D) o‘.
4. Yuqoridan boshlanib yoziladigan harfni toping.
A) Y;
B) A;
C) I;
D) M.
5. Pastdan boshlab yoziladigan harfni toping.
A) A;
B) O;
C) S;
D) L.
Do'stlaringiz bilan baham: |