Urdu maxsus sirtqi bo‘lim bt va sti yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar
Download 186 Kb.
|
Husnixatdan SOI 2020
Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU maxsus sirtqi bo‘lim BT va STI yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar 18-variant 1 .Raqam va tinish belgilarini yozish metodikasi 2. Husnixatga o‘rgatish metodlari. 3. Topshiriq: D d harflarini husnixat qoidalariga rioya qilib yozish 4. Matn yozish: Hoji buvi boshimni tizzasiga qoyib chalqancha qilib yotqizdi. Doka o‘ralgan barmoglni og‘zimga tiqdi. Ko‘nglim ag‘darilib, tipirchilagancha yiglar, ammo Hoji buvining qolidan chiqib ketolmasdim. U tomogimga nimadir qildi. Dod solib qolini tishlab oldim. Qiziq, birpasdan keyin ahvolim engillashdi. Ko‘zimni ochsam, Hoji buvi jilmayib turibdi. - Nega tishlaysan, kuchukvoy? - dedi boshimni silab. Keyin tepamga oyim engashdi. U hamon hansirar, sochlari to‘zg‘ib ketgan, yuzi jiqqa hol edi. Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyog‘imni tiqib o‘tirdim. Hoji buvi allaqanday taxir suyuqlik ichirdi. Keyin oyimga qaradi-yu, birdan xitob qildi. 5. Test
1. Husnixat o‘qitish metodikasining o‘rgatish predmeti qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) ta’lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri, chiroyli yozishga o‘rgatish; B) husnixatga o‘rgatish mehnat qobiliyatini shakllantiradi; C) husnixatga o‘rgatish imlo xatolarining oldini oladi; D) husnixatga o‘rgatish pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. 2. Yozuv nima? A) yozuv — biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘ indisi; B) yozuv bu alifbo; D) yozuv bu davlat tomonidan qabul qilingan harflar tartibi. 3. Ayni damda dunyo xalqlarining necha foizi lotin yozuvidan foydalanadi? A) dunyo aholisining 20% ga yaqini foydalanadi; B) dunyo aholisining 40% ga yaqini foydalanadi; C) dunyo aholisining 50% ga yaqini foydalanadi; D) dunyo aholisining 30% ga yaqini foydalanadi. 4. Alifbodagi harflar yozilish shakliga ko‘ra necha turga ajratiladi? A) 4 turga ajratiladi; B) 3 turga ajratiladi; C) 2 turga ajratiladi; D) 5 turga ajratiladi. 5. 2007- yilda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan chiqarilgan “Alifbe”ning mualliflarini toping. A) K.Qosimova, S.Asatov; B) R.Safarova, M.Inoyatova, M.Shokirova, L.Shermamatova; C) O.Sharofiddinov, Q.Abdullayeva; D) Q.Abdullayeva, M.Shokirova.
Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling