Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU maxsus sirtqi bo‘lim BT va STI yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar
30-variant
1.Xattotlik san’ati.
2. Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish yo‘llari.
3. Topshiriq: bosh va kichik harflar ishtirokida matn yozish.
4. Matn yozish: U qolimni qo^yib yubormay, sudrab ketdi. O‘qituvchilar xonasiga olib borsa kerak, deb battar qo‘rqib ketdim. Biroq u idoraga emas, sinfimizga yetaklab kirdi. Qiy-chuv qilayotgan bolalar bir zumda jimib qolishdi. O‘qituvchi partalar orasidan yetaMab o‘tib meni doska oldiga turg‘azib qotydi. Sekin Qahramonga qaradim. Begunohgina bolib derazaga qarab o‘tiribdi. - O‘rtoqlaringni oldida ayt! - dedi sinf rahbarimiz dona-dona qilib. - Hozir nima qilding? - Hech nima, - dedim yerga qarab. - Issiqxonani kim sindirdi? - Bilmayman. - Bilmaysanmi? - O‘qituvchi qahr bilan ovozini balandlatdi. - Bolmasa, Pushkin tosh otdimi? Tomog‘imga bir nima tiqilib turar, gapirsam yiglab yuborishimni bilar edim.
5. Test
1. «Sultonul xattotayn» faxriy laqabi kimga tegishli?
A) Alisher Navoiy;
B) Behzod;
C) Sultonali Mashhadiy;
D) Hiraviy.
2. Arab yozuv tarzlarini toping.
A) xafiy va jaliy;
B) suls va nasx;
C) rido va xafiy;
D) jaliy va rayhon.
3. «Qiblatul kuttob» faxriy laqabi kimga mansub?
A) Majnun ibn Kamoliddin;
B) Ibni Muhammad;
C) Sultonali Mashhadiy;
D) Kamoliddin Behzod.
4. Qadimiy yozuv qurollari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ruchka, o‘chirgieh, rangli qalamlar;
B) rangli jo‘shalar, nayqalam, qalamtarosh, mehrak;
C) siyohdon, ruchka, daftar, jadval;
D) husnixat daftari, mistar, chizgich, ruchka
5. Arab yozuvida imzo qo‘yishda qaysi yozuv turidan foydalanganlar?
A) nasx;
B) riqo;
C) suls;
D) tug‘ro.
Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
Do'stlaringiz bilan baham: |