Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining


Download 244 Kb.
bet7/12
Sana24.05.2020
Hajmi244 Kb.
#109512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
172 mak ta'l oraliq javob tabiat (2)


Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar


  1. Turli guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazish,ularga rahbarlik qilish.

Tayyorlov guruhi

Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».

Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.

Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.

Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimagao’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.

Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.

2.Innovatsion texnologiyalar asosida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini ijodiy tashkil etish.

Texnik vositalarga apparatura, mqxsus yaratilgan didaktik mareriallar va qo’llanmalar - diafilmlar, diapozitivlar seriyasi, magnet yozuvlar, kinofilmlar, radio va teleeshitirishlar, ya`ni erkin - tovushli vositalar kiradi.

Texnik vositalar kuchli tarbiyaviy va ta`limiy ta`sirga ega, kuchli voqealar rang – barangligi, rivojlanishi va dinamikasi bilan namoyon bo’ladi.

Bolalarning analizatorlariga birdaniga ta`sir etadi va bolada har xil xislarni uyg`otadi –ki, bolalar voqea –hodisalarni solishtiradilar, analiz qiladilar, taqqoslaydilar.

Ekran tovushli vositaning bolalarning birdaniga ko’pgina sezgi o’rganiga ta`sir etishi natijasida analizatorlar o’rtasida vaqtincha bog`lanish yuzaga keladi. Bu ijodiy emotsional hisni uyg`otadi, ish qobiliyati ko’tariladi.

Erkin tovushli vositalar 3 guruhga bo’linadi:

1. Ekranli ( diafilmlar, diopozitivlar, ovozsiz filmlar);

2. Tovushli ( radio eshitirishlar, magnet yozuvli lentalar);

3. Ekran – tovushli ( tovushli kinofilmlar, diapozitivlar) .

Ko’pchilik diafilmlar ,,Bolalar mtmsida ta`lim – tarbiya dasturi” asosida ishlab chiqilgan. Diafilm va diaseryallar tarbiyachiga programma mavzusini ma`lum sistema asosida bolalarga qiziqarli qilib yetkazishga yordam beradi. Kichik guruh bolalariga ertak o’qib berilayotganda , hikoya aytib berilayotganda, she`r yodlatayotganda, suhbatlar o’tkazilayotganda undagi voqealarga qiziqishni o’stirish, fikrlash faoliyatini aktivlashtirish, badiiy asarlar to’g`risida obrazli tasavvurga ega bo’lish uchun diafilm va diapozitivlardan foydalaniladi.

Bolalarga hayotda ko’rsatishni imkoni bo’lmagan voqea – hodisalarni ( o’simliklarning o’sishi, dengizning ko’tarilib pasayishi, to’lqinlanishi, qushlarning uchib ketishi va kelishi, vulqonlarning otilishi, hayvonlarning sakrashi, tepalikdan tushayotgan suvning sharrillashi va shu kabilar ) namoyish etishda televideniyaning imkoniyatlari cheksizdir. Namoyish etiladigan ko’rsatuvlar orqali tabiat obyektlari, voqealari va unda yuz berayotgan jarayonlar, rangi hamda rivojlanish dinamikasini tovushlarning jo’rligida ko’rish mumkun, natijada o’simlik va hayvonot olami to’g`risida to’la tasavvur hosil bo’ladi, tabiatdagi o’zaro bog`liqliklarni chuqurroq anglab oladilar.

Radio orqali beriladigan ,,Ertaklar olamiga sayohat” o’yin eshittirishi orqali bolalar u yoki bu o’lkaning tabiati, undagi xalqlarning urf –odati bilan tanishtiriladi, axloqiy sifatlari tarbiyalanadi va hakozo.

Ammo, shuni unutmaslik kerakki, ekran –tovushli vositalar bolalar bilan olib boriladigan an`anaviy ekskursiya, maqsadli sayr, kuzatish va boshqalar o’rnini bosa olmaydi va aksincha, o’quv, o’yin va amaliy faoliyatlarini to’ldirish uchun qo’llaniladi.

Kelajak avlodni zamonamizning yetuk kishilari qilib tarbiyalash- hayotimiz, davrimizning shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o’ynaydi.

Tabiat - bitmas –tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli – tuman o’simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to’g`ri o’sib, shakllanishida, tabiatda bo’ladigan voqea – hodisalarning sir –asrorini o’rganib voyaga yetishida katta manba bo’lib xizmat qiladi. Bola qiziquvchan bo’ladi. U atrofdagi, mtm hovlisidagi rang – barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan – gulag qo’nib uchayotgan kapalaklarni, betinim sayrayotgan qushlarni ko’rib quvnaydi, yayraydi. Bola ongining o’sishida, jonli va jonsiz tabiatga bo’lgan qiziqishini ortishida tevarak –atrofdiagi tabiatning roli beqiyos kattadir.

Bolalarni, Tabiat bizga in`om etgan ana shu go’zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, o’rgatib borishimiz, ma`naviy oziqlantirishimiz kerak.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona vatanimizni sevishga, uning o’simliklari, hayvonot olamini asrash, saqlash, ko’paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini maktabgacha ta`lim yoshidan boshlamoq kerak.

Shunga ko’ra bolalar mtmlari va ularda ishlayotgan tarbiyachilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham bolalarni tabiatning go’zalliklarini ko’ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz beradigan voqea - hodisalar haqida to’g`ri tushunchaga ega bo’lish, tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo’lmog`i lozim.

Maktabgacha ta`lim muassasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishining mazmuni yoritilib, tabiatdagi mehnatning bilim, malaka, va ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishlari belgilab berilgan. Bu talablar bolalarni birinchi navbatda ularning o’zlariga qadrdon bo’lgan ular tug`ilib o’sgan o’lkalarning tabiati bilan tanishtirilgandagina bajarilishi mumkin, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning bilimini shakllantirish uni o’rab olgan borliq bilan bevosita munosabatda bo’lishi jarayonida amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bir vaqtning o’zida aqliy hamda amaliy harakatlarni farqlay bilishi, kuzatish, mehnat malakalarini egallab olishlari ularni bilimlarni muvaffaqiyatli egallab olishlarining asosiy shartidir.

Masalan, bolalarga o’rmon, dala, o’tloqda qanday o’simliklar borligi haqida

bilim berish kifoya qilmaydi; bolalarni eng ko’p tarqalgan o’simliklarning xarakterli belgilariga ko’ra farqlash, tanib olishga ham o’rgatish zarur.

Qo’llanmaning asosiy qismi turli yosh guruhlaridagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasiga bag`ishlangan.

Unda har bir yosh guruhdagi ishning mazmuni, formalari, metod va usullari mavsumlar bo’yicha beriladi.

Bolalarni kundalik hayot- tabiat burchagidagi mehnat va kuzatish, ma`lum maqsadga yo’naltirilgan sayrlarda tabiat bilan tanishtirish masalalari batafsilroq ko’rib chiqiladi. Har bir mavsum uchun asosiy maqsadi ko’rsatilib, mashg`ulotlar ro’yhati beriladi. Tarbiyachining bolalarni kuzatishga, hodisalarning aloqasi sabablarini aniqlashga o’rgatadigan mashg`ulotlar hamda bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishga mo’ljallangan mashg`ulotlar ayniqsa batafsilroq bayon qilingan.

Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo’riqlash masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, mtm, maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va undan to’g`ri foydalanish usullarini har tomonlama puxta bilim olishlari shart.

3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish bo’yicha davlat talablari



Yangi davlat talablari:

•  davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;


•  nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
•  qisqa muddatli guruhlar;
•  7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:

•  bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;


•  bolalarda o‘qishga qiziqishni hamda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish;
•  bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta'limni tashkil etish;
•  shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshirish;
•  bolalarni xalqimizning an'analari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
•  bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
•  bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;
•  bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
•  bolalarda mustaqillik, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish.
 
Davlat talablari asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha har bir yosh guruhi uchun indikatorlar to‘plamini namoyon etadi:

•  jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish (yirik va mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirish, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish );


•  ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish(ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish, bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi,bolada mehnat tarbiyasini, xavfsizlik asoslarini shakllantirish);
•  nutq, savod, o‘qish va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash;
•  bilish jarayonini rivojlantirish(dunyo haqida bilim va tushuncha berish, elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish);
•  badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish (badiiy estetik, musiqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish).
 
Indikatorlar turli yosh guruhlari uchun tasdiqlanadi: 2 yoshdan 7 yoshgacha (qadam – 1 yil). Ilgari qator talablar 6 oydan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyaviy jarayoniga nisbatan amal qilgan. 
 
Hujjat davlat tilida rasman e'lon qilingan va 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.
5.1. Kim «Bolalar dunyosi»,«Ona tili»,«Muallimlar uchun qo‘llanma» asarlarini yozgan.

K.D.Ushinskiy

I.G.Pestalossi

Ya.A.Komenskiy

S.A.Veretenikova

2.Qaysi olim «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi» kitobini yozgan

S.A.Veretenikova

I.G.Pestalossi

K.D.Ushinskiy

S.A.Veretenikova

3..… — tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan v a

bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilan bilan qabul qilib olishdir

kuzatish

taqqoslash

qiyoslash

solishtirish

4.Qaysi olim tahriri ostida «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat

bilan tanishtirish» asari yaratilgan.

P.G.Samorukova

I.G.Pestalossi

K.D.Ushinskiy

S.A.Veretenikova

5.«Tabiat bilan yaqin munosabatda bo'lish, kuzatuvchanlik bilan birgalikda bilishga

ham qiziqishni o'rgatadi. Buning asosida taxminiy va tekshiruvchanlik refleksi

yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir», deb

hisoblaydi bu qaysi olimning qarashi?

I.P.Pavlov.

I.G.Pestalossi

K.D.Ushinskiy

S.A.Veretenikova

URDU Maxsus sirtqi bo’limi

Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

172-guruh talabasi Saporboyeva Madinaning

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi

va metodikasi fanidan oraliq nazorat ishi.

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan Maxsus sirtqi bo‘limi 3-kurs talabalari uchun 6-semestr oraliq nazorat savollari

Variant№38



  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tahlil qilish.

  2. Turli yosh guruhlarda sayrlarni tashkil etishning shakllari va mazmuni.

  3. Tabiat bilan tanishtirishda dastur mazmuni

  4. Qishloq xo‘jaligiga ekskursiya mavzusiga slayd tayyorlang

  5. Muayyan mavzu yuzasidan 5 ta test tuzing

Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar:

1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tahlil qilish.

Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».

Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.

Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.

Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimaga

o’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.

Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalarrag’batlantiriladi.

2.Turli yosh guruhlarda sayrlarni tashkil etishning shakllari va mazmuni.



Sayr vaqtida tabiat hodisalaridagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatadilar. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida bolalar uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni bir-biridan farqlaydigan, solishtiradigan bo‘ladilar

Maktabgachata'limmuassasalaridatabiatbilantanishtirishxilmaxilshakllarda:mashg'ulotlarda,ekskursiyalarda,kundalikhayotda,kuzatishlarda,suhbatlarda,hamdamehnatdaamalgaoshiriladi.Bolalarnitabiatbilantanishtirishmashg'ulotlaribilimlarnibolalarningimkoniyatihamdatabiatningxususiyatlarininazardatutganholdashakllantirishimkoniniberadi.Tarbiyachirahbarligidao'tadiganmashg'ulotlardabolalardadasturtalablarigamuvofiqelementarbilimlarshakllanadi,asosiybilishjarayonlarivabolalarningqobiliyatlarima'lumbirtartibdarivojlantiriladi.Kundalikhayotdakuzatish,o'yin,mehnatvaqtidabolalarningshaxsiybilimlariyig'ilibboradi. Mashg'ulotlar ulargaaniqlashvatizimlashtirishimkonini beradi.

Bolalarnimashg'ulotlardao'qitishturlimetodlardaamalgaoshiriladi.Metodmashg'ulotturi,uningasosiymaqsadigako'ratanlanadi.

Mashg'ulotlarningbirxillaridaboshlang'ichbilimlarshakllantiriladi.Shumaqsaddatarbiyachikuzatish,rasmlarniko'rish,badiiyasarlarnio'qish,hikoya,diafilmvakinofilmlarniko'rsatishdanfoydalanadi.Boshqamashg'ulotlardaesabilimlarkengaytiriladivachuqurlashtiriladi.Aytibo'tilganmetodlardantashqaribumashg'ulotlardabolalarningtabiatdagimehnatidanhamfoydalaniladi.Uchinchiturdagimashg'ulotlarningasosiy vazifasi-bilimlarniumumlashtirishhamdabirtizimgasolishdir.Shuninguchunsuhbatlar,didaktiko'yinlar,umumlashtiruvchikuzatishlardanfoydalaniladi.Bolalaregallaganoilimlarinimehnatvao'yinlardaamaldaqo'llaydilar.

Mashg'ulotlarkichikvao'rtayoshguruhlardabiroyda2martadan,kattaguruhlardaesahaftadalmartadano'tkazitedi.Ekskursiyalaro'rtaguruhdanboshlabtashkiletiladi.Barcha guruhlarda qo'shimcha sifatida maqsadlisayrlar o'tkaziladi.

3.Tabiat bilan tanishtirishda dastur mazmuni

Dastur bolalarga ta’lim-tarbiya berish vazifalarini, mazmunini shakllantirish uslublarini va pedagogika fani taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Dastur maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida quyidagi dastur talablariga asoslanib tuzilgan bo‘lib, unda bolaning rivojlanishi, ruhiyati, ta’lim-tarbiyasidagi davrlari, davrlariga monand o‘zgarishlar, muommolar haqida hikoya qiladi. Ushbu dastur nafaqat tarbiyachi uchun, balki oila va otaonalar uchun ham eng yaqin maslahatchi bo‘lib hisoblanadi. Dastur mazmun mohiyati bilan bolalar psixologik komol topish tamoyillaridan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisalar, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:

• Maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;

• Bolalar shaxsiga yo‘naltirilganligi; 2 – Hasanboyeva O.U., va boshq. 18

• Bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;

• Maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;

• Maktabgacha ta’limning insonparvarligi;

• Maktabgacha ta’lim ijtimoiy ta’lim bilan mosligi;

• Maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi. Bu me’yoriy hujjatlar – «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hamda «Sog‘lom avlod» uchun dasturini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. Hujjatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy, ijtimoiy, hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarligi hamda bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlariga ega bo‘lishlariga, anglashlariga va maktabga tayyorlashlari uchun asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bizni o‘rab turgan tabiat insonning turli-tuman munosabatlaridan kelib chiqadi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tabiat haqidagi bilimlarini yo‘qligi inson va tabiat munosabatlariga e’tiborsizlik oqibatida davlatimiz moddiy zarar ko‘rgan. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning eng asosiy vazifalaridan biri tabiatni sevish, e’zozlash va avaylab asrashdan iborat.

5.1.Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qandayturlaribo'lishi mumkin.

qisqa muddatli va uzoq muddatli

harakatli va harakatsiz

uzlukli va uzluksiz

solishtirma va qiyosiy

2.O'simlik va hayvonlami o'sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg'arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi —…dan foydalaniladi.

uzoq muddatli

harakatli va harakatsiz

uzlukli va uzluksiz

solishtirma va qiyosiy

3.Qanday kuzatishlar mazmuniga ko'ra murakkab bo'lganligi sababli, maktabgacha ta'lim, o'rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi.

Solishtirma va uzoq muddatli

harakatli va harakatsiz

uzlukli va uzluksiz

solishtirma va qiyosiy

4.Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma'lumotlarni

qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko'nikmalarining hosil bo'lishiga yordam beradi.

Solishtirma va uzoq muddatli

harakatli va harakatsiz

uzlukli va uzluksiz

solishtirma va qiyosiy

5.Kimning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya», «Qadimgi

avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida o'z aksini topgan. Unda Eronning turli

tropik o'simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulqatvori yil

fasllarining o'zgarishi bilan bog'liqligi misollar bilan tushuntirilgan

a. Abu Rayhon Beruniy

b. Muhammad alXorazmiy

c. Abu Ali Ibn sino

d. Farobiy

URDU Maxsus sirtqi bo’limi



Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

172-guruh talabasi Saporova Dildorning

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi

va metodikasi fanidan oraliq nazorat ishi.

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan Maxsus sirtqi bo‘limi 3-kurs talabalari uchun 6-semestr oraliq nazorat savollari

Variant№39

  1. Turli yosh guruhlarda kuzatishlarga umumiy tavsifnoma

  2. Tabiat bilan tanishtirish tamoyillari

  3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tahlil qilish.

  4. Kichik guruhda sayrlarni tashkil etish mavzusiga slayd tayyorlang

  5. Muayyan mavzu yuzasidan 5 ta test tuzing

Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar


  1. Turli yosh guruhlarda kuzatishlarga umumiy tavsifnoma

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‘stirishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqda K.D. Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko‘rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi». Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi. Kuzata bilish - juda muhim xususiyat bo‘lib, bunda bolada to‘g‘ri yoza bilish, og‘zaki nutq malakalari rivojlanadi. Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o‘zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o‘rgatish zarur. O‘yin. Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan.tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.

O’rta yosh guruh (4-5 yosh). Bu yosh guruhdagi bolalar qiziquvchan bo’ladilar, ko’p savollar beradilar, narsalarni sifatlari va xususiyatlari, atrof-muhit tabiati va ijtimoiy hayot hodisalari bilan qiziqib tanishadilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqati ancha barqaror bo’lib qoladi. Ular endi kuzatilayotgan hodisalardagi oddiy aloqalarni tushuna oladilar. Bolalarning ana shu sifatlari asosida o’rta guruh tarbiyachisi tabiat bilan tanishtirishning yangi vazifalarini hal qiladi: bolalarni predmetlardagi xarakterli xususiyatlarini ko’ra bilishga, ularni qiyoslash va guruhlashga, ba’zi hodisalar o’rtasidagi oddiy aloqalarni aniqlashga o’rgatadi, dastlabki elementar umumlashtirishni shakllantiradi. Kuzatishdan ko’pincha tanish jism va hodisalar haqidagi tasavvurlarni kengaytirish, yangi obyektlar bilan tanishtirishda foydalaniladi. Shu bilan birga tarbiyachi bolalar bilan birgalikda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, tabiat hayotidagi yorqin mavsumiy o’zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlarni ham tashkil qiladi. Dastlab bu kuzatishlar yakka obyektlar (masalan, kuzda daraxtlardan birining barglari turli rangda bo’lishi, tabiat burchagida ekilgan loviyaning o’sishi va hokazo) yuzasidan o’tkaziladi, so’ngra esa uzoq muddatli kuzatish obyektlari yuzasidan (masalan, bahorgi bog’ yoki daraxtzor, daraxtlarning barg yozishi, gullarning ochilishi, ob-havo, qushlarni kuzatish) bo’lishi mumkin. Tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatish davomida o’rta guruh bolalari kuzatilayotgan jismlarning xarakterli belgilarini: hajmi, rangi, shakli, sathining miqdorini ko’rsatishni o’rganadilar. Natijada bolalardagi kuzatish asosida shakllanadigan tasavvurlari ancha konkretlashib boradi. Tarbiyachi bolalarga savol va topshiriqlarni ketma-ket berar ekan, shu asnoda o’zi tavsiya etayotgan rejaga rioya qilishga odatlantiradi. Kuzatishning maqsadi ko’pincha mehnat yoki tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Misol uchun, boqqa sayohat tashkil etiladi va u yerda daraxtlar gullaganini ko’rish, ular bilan tanishish ishlari amalga oshiriladi. Ba’zan kuzatishlarda topishmoqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bolalar topishmoqlarning javobini predmetni kuzatish jarayonida topadilar.

O’rta guruh bolalari kuzatish uchun zarur bo’lgan muhitni o’zlari yarata oladilar (masalan, ozuqa tayyorlash, jonivor uchun joy tayyorlash kabi). Bu esa bolalarning kuzatishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Xuddi kichik guruhdagidek kuzatish jarayonida xilmaxil tadqiqot (tekshirish) harakatlari, o’yin usullari, mehnat topshiriqlaridan foydalaniladi. Bu harakatlardan ba’zilari izlanish xarakterida bo’lishi mumkin. Masalan, jonivorning nima yeyishini bilish uchun unga turli ozuqa berib ko’riladi. O’rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlarda tarbiyachi taqqoslashdan foydalanishi muhimdir. Bunda tarbiyachi predmetning belgilarini ajratib, ikki predmetni qiyoslaydi (ulardan biri bolalarga oldindan tanish). Bolalar ko’ribgina qolmasdan, kerak bo’lganda ushlab, hidlab ham ko’rishi yaxshi natijalarga olib keladi. O’rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya - tasvirlash bo’lishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga hikoyaning qisqacha rejasini tavsiya etib, ularni ikki-uchta savol yordamida gapirib berishga undaydi. Bolalarning mustaqil kuzatishlari o’rta guruhda paydo bo’ladi. Bunda ularni rag’batlantirish, kuzatilayotgan hodisani tushunishlarida yordam berish, ba’zan u yoki bu usulni qo’llashda maslahat berish, boshqa bolalarni ham kuzatishga jalb qilish, o’z kuzatish natijalarini o’rtoqlariga gapirib berishga undash lozim. Katta guruh. Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlar jarayonida bolalar obyektlarning xarakterli va muhim belgilari bilan tanishadilar, o’simlik hamda hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar ustida uzoq muddatli kuzatishlar olib boradilar. Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma’lum usullardan foydalanishga, rejaga rioya qilishga, mustaqil ravishda murakkab bo’lmagan xulosalar chiqarishga o’rgatishda davom etadi. Bunda kuzatilayotgan jism va hodisalarda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki butun bir obyektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko’rsatiladi, jismlarning tevarak-atrof bilan aloqasi va munosabati aniqlanadi. O’simlik va hayvonlarning o’sishi hamda rivojlanishi, mavsumiy o’zgarishlar ustida olib borilgan kuzatishlarda bolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko’ra bilish xususiyatlari shakllantiriladi. Masalan, ular o’sayotgan no’xat novdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g’unchalar, gul va meva (qo’zoq)larning paydo bo’lishini sinchkovlik bilan kuzatadilar. Bolalarni jism va hodisalarni ko’ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o’rgatish tarbiyachining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar

ko’pincha ikkita tanish jismga qaraydilar-u, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Shuning uchun tarbiyachi kuzatishni tashkil qilar ekan, aniq obyektlarni topishi, ularni ta’riflashi, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo’yishi kerak. Kuzatishlarda qo’llaniladigan qiyoslash usullari borgan sari xilma-xillashadi: kuzatilayotgan obyekt rasmda tasvirlangani yoki tasavvurdagisi bilan qiyoslanadi. Faqat ayrim jismlargina emas, balki tabiat hodisalari ham (masalan

Tayanch tubog’ning bahor va qishdagi ko’rinishi) qiyoslanadi. Jismlarni taqqoslashda tarbiyachi bolalarning diqqatini bir necha umumiy bo’lgan belgilarga, ayniqsa ularning muhim tomonlarini aks ettirgan belgilariga qaratadi. Masalan, bolalar turli hasharotlarni kuzatar ekanlar, ularning oltitadan oyoqchasi borligini bilib oladilar. Tarbiyachi kuzatilayotgan jism va hodisalarni qiyoslash uchun vazifa topshirar ekan, bolalarning mustaqil ishlashga qiynalib qolgan hollaridagina yordam berishga harakat qiladi. Xuddi o’rta guruhdagidek kuzatish natijalari haqidagi og’zaki hisobot iloji boricha mustaqil bo’lishi lozim. Kuzatish natijalarini bolalar rasmlarda, yasagan buyumlarida aks ettirishlari mumkin.

Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlari bolalarga ko’proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi. Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog’chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg’ayganmi?» va shu kabilar. Ko’pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murakkabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi. Tayyorlov guruhi bolalari o’z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba’zan esa asboblar - termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o’lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin. shunchalar: Tarbiyachi, mehnat tarbiyasi, izlanuvchanlik qobiliyati, amaliy faoliyat, tajriba.

2.Tabiat bilan tanishtirish tamoyillari

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrda, tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnatlarda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o’tadigan mashg’ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o’yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig’ilib boradi. Mashg’ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg’ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko’ra tanlanadi. Mashg’ulotlarning ba’zi turlarida boshlang’ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko’rish, badiiy asarlarni o’qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko’rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg’ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o’tilgan metodlardan tashqari bu mashg’ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg’ulotlarning asosiy vazifasi - bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o’yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o’yinlarda amalda qo’llaydilar. Mashg’ulotlar kichik va o’rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadan o’tkaziladi. Mashg’ulotda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’rta guruhdan boshlab, ekskursiyalar va boshqa guruhlarda maqsadli sayrlar tashkil etiladi

Tabiat burchagidagi ish. Bu yerda o’simlik va hayvonlarga qarash malakalarini shakllantirish bo’yicha ish davom ettiriladi. Tarbiyachi bolalar bilan birga o’simliklarni sug’oradi, nam sochiq bilan barglarini artadi, baliq va qushlarga don beradi. Bahor boshlaridayoq guruhga bargi yozilmagan terak novdasi olib kiriladi. Bolalar ularning barg yoyishini kuzatib boradilar. Ko’m - ko’k barglar shoxchani qoplaganda , tarbiyachi ularni ko’rib chiqishni tavsiya qiladi, barglarni hidlab ko’risjga imkon beradi. Bahorda bolalar bilan ko’pgina mashg’ulotlar tabiat burchagida o’tkaziladi.

Turli yosh guruhlаridаgi bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishgа bаg’ishlаngаn bilimlаrning strukturаsi bоlаlаr MTMsidаgi u yoki bu yosh guruhdаgi ishning mаzmuni vа tаshkil etilishining o’zigа xоsligini аks ettirаdi. Chunоnchi, kichik yosh guruhlаrdаgi mаshg’ulоtlаr ro’yxаtigа bоlаlаr muаssаsаsining uchаstkаsi, uning yaqinigа jоylаshgаn istirоhаt bоg’i, xiyobоn bo’ylаb ma’lum mаqsаddа qilinаdigаn sаyrlаr hаm kiritilgаn. Bulаr MTM bоlаlаridаn unchа ko’p jismоniy hаrаkаtlаrni tаlаb qilmаydi.. O’rtа guruhdаn bоshlаb.ekskursiyalаr mаshg’ulоt turlаridаn birigа аylаnаdi, mаqsаdli sаyrlаr esа kundаlik ishni tаshkil etish fоrmаlаridаn biri bo’lib qоlаdi.

Xulоsа qilib аytgаndа, mаktаbgаchа ta’lim muаssаsаlаridа bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsining аnа shundаy o’zigа xоs fоrmа vа usullаri bilаn biz chеgаrаlаnmаsligimiz kеrаk. Mаvjud mеtоd vа fоrmаlаrni o’zgаrtirish, yangi-yangi mеtоd vа fоrmаlаrni tоpish, hаyot tаjribаlаrini umumlаshtirib hаr bir tаrbiyachi o’zining yashаydigаn muhiti, shаrоitigа mоs usullаrni tоpib tаrbiyalаmоqlаri kеrаk. Hаr bir tаrbiyachi ijоdiy izlаnuvchаn, kuzаtuvchаn vа hаyotdаn ilhоm оlаdigаn kishi bo’lmоg’i kеrаk.

3.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tahlil qilish.

Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».

Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.

Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.

Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimaga

o’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.

Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.

5.1. Bolani ob-havodagi o‘zgarishlar (shamol esishi, yomg‘ir, qor yog‘ishi, havo

bulutli yoki ochiq bo‘lishi quyosh charaqlab turishi)ni aytishga o‘rgatish qaysi

guruxda olib boriladi

a) kichik gurux (3-4 yosh)

b)o’rta gurux (4-5 yosh)

s)katta gurux (5-6 yosh)

d)tayorlov gurux (6-7 yosh)

2) Kichik guruxda istirohat bog‘ida sayr qilib yurganda nima topshirik beriladi

a) manzarali daraxtlarning bargi va mevalarini to‘plash

b) yovvoyi daraxtlarning barkini tuplash

s)gullarning barklarini tuplash

d)daraxt va gullarning meva va barglarini tuplash

3) kichik guruxda yil fasllarining xususiyatlari kanday urgatiladi va

ular to‘g‘risida tushuncha beriladi

a) yozning issiq, qishning sovuq ekanligi

b) yozning iliq, qishning sovuqroq ekanligi

s) yozning sovuq, qishning iliq ekanligi

4.Sabzavotlar (bodring, pomidor) va mevalar (olma, gilos, o‘rik)ning nomi,

ta’mi, rangi va shaklini bilishga, o‘zaro farqlashga o‘rgatishda qaysi guruxda olib

boriladi

kichik gurux (3-4 yosh)

katta gurux (5-6 yosh)

tayyorlov gurux (6-7 yosh)

o’rta gurux (4-5 yosh)

5.Bolani uy hayvonlari (mushuk, kuchuk, qo‘y va qo‘zichoq) va yovvoyi

hayvonlar (quyon, ayiq), parrandalar (xo‘roz, tovuq,jo‘jalar) bilan tanishtirish

qaysi guruxda olib boriladi.

kichik gurux (3-4 yosh)

katta gurux (5-6 yosh)

o’rta gurux (4-5 yosh)

tayorlov gurux (6-7 yosh)

URDU Maxsus sirtqi bo’limi

Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

172-guruh talabasi Toirova Nargizaning

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi

va metodikasi fanidan oraliq nazorat ishi.

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan Maxsus sirtqi bo‘limi 3-kurs talabalari uchun 6-semestr oraliq nazorat savollari

Variant№40



  1. Maktabgacha ta'limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha

  2. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiya turlarini rivojlantirish

  3. Ekskursiya sayr va ularni tashkil etish metodikasi

  4. Turli yosh guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish mavzusigda slayd tayyorlang

  5. Muayyan mavzu yuzasidan 5 ta test tuzing

Tuzuvchi: I.R.Avazmetova

Javoblar


  1. Maktabgacha ta'limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha

Maktabgacha ta’lim muassasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishining mazmuni yoritilib, tabiatdagi mehnatning bilim, malaka, va ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishlari belgilab berilgan. Bu talablar bolalarni birinchi navbatda ularning o’zlariga qadrdon bo’lgan ular tug’ilib o’sgan o’lkalarning tabiati bilan tanishtirilgandagina bajarilishi mumkin, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning bilimini shakllantirish uni o’rab olgan borliq bilan bevosita munosabatda bo’lishi jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bir vaqtning o’zida aqliy hamda amaliy harakatlarni farqlay bilishi, kuzatish, mehnat malakalarini egallab olishlari ularni bilimlarni muvaffaqiyatli egallab olishlarining asosiy shartidir. Masalan, bolalarga o’rmon, dala, o’tloqda qanday o’simliklar borligi haqida bilim berish kifoya qilmaydi; bolalarni eng ko’p tarqalgan o’simliklarning xarakterli belgilariga ko’ra farqlash, tanib olishga ham o’rgatish zarur.Qo’llanmaning asosiy qismi turli yosh guruhlaridagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasiga bag’ishlangan.Unda har bir yosh guruhdagi ishning mazmuni, formalari, metod va usullari mavsumlar bo’yicha beriladi.

Bolalarni kundalik hayot- tabiat burchagidagi mehnat va kuzatish, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan sayrlarda tabiat bilan tanishtirish masalalari batafsilroq ko’rib chiqiladi. Har bir mavsum uchun asosiy maqsadi ko’rsatilib, mashg’ulotlar ro’yhati beriladi. Tarbiyachining bolalarni kuzatishga, hodisalarning aloqasi sabablarini aniqlashga o’rgatadigan mashg’ulotlar hamda bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishga mo’ljallangan mashg’ulotlar ayniqsa batafsilroq bayon qilingan.

Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo’riqlash masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, mtm, maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va undan to’g’ri foydalanish usullarini har tomonlama puxta bilim olishlari shart.

Kelajagimiz hozir maktabda va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlar qo’llaridadir. Shu sababli, ularni tabiatga oid bilimlar bilan shunday qurollantirish kerakki, ular kelajakda tabiat boyliklarini muhofaza qila oladigan va undan to’g’ri foydalana olishlari kerak.

Tabiatning faol himoyachilarini tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan quyidagi yo’nalishda ish olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat olami undagi voqea - hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik to’g’risida aniq bilimlar berish.

2. Bolalarda tabiat, uni asrab - avaylash, uning boyitishga oid faoliyatini shakllantirish.

3. Bolalarning davlatimizning tabiatni qo’riqlash, uni asrab - avaylash bo’yicha olib borayotgan ishlari bilan tanishtirib boorish.

Buni maktabgacha ta’lim muassasalari hodimlari, ota - onalar va jamoatchilik o’zaro hamkorlikda izchillik bilan ta’lim - tarbiyaviy ishlar orqali amalga oshirib borishi zarur.

Shaxsning rivojlanishi, ma’naviy yuksalish va axloqiy estetik tarbiyada tabiatning roli beqiyosdir. Shuning uchun taniat bilan jamiyatning o’zaro aloqadorligini saqlashga layoqatli kishilar avlodini tarbiyalab yetishtirish kerak.Buning uchun kuzatish, tabiatga ekskursiya, maqsadli sayrlar, mehnat faoliyati, maxsus tashkil etilgan vaziyati, oddiy tajriba, badiiy adabiyot, mashg’ulotlar o’tkazish, texnik vositalar kabi metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Tabiatning tarbiyaviy ahamiyatiga har qancha baho berilsa ham ortiqcha bo’lmas. Tabiat bilan yaqin munosabatda bo’lish insonga ijobiy ta’sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq qilib, ko’nglida eng yaxshi his - tuyg’ularni uyg’otadi. Bolalar tarbiyasida tabiatning roli ayniqsa kattadir.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan, yilning turli fasllarida unda roy berib turadigan o’zgarishlar bilan tanishtirib boriladi.

Hosil qilingan bilimlar asosida tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, qiziquvchan bo’lish, kuzata bilish, mantiqan fikr yurita bilish, jamiki tirik narsaga .zavq- shavq bilan qarash singari fazilatlar shakllanib boradi. Tabiatga mehr qo’yish, uni ehtiyot qilib e`zozlash, tirik jonivorlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish tabiatga qiziqish uyg’otibgina qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, kattalarning mehnatiga hurmat bilan qarash singari xarakterning eng yaxshi xususiyatlarini shakllantirib borishga ham yo’l ochadi.Bolalar mtmsining xona o’simliklari va ba’zi hayvonlar parvarishlab boqiladigan tabiat burchagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, unga mehr -muhabbat uyg’otishga yordam beradi.

Tabiat burchagida yashayotgan jonzotlarni bolalar har kuni ko’rib turishadi, bu - tarbiyachining ishini yengillashtiradi; uning rahbarligi ostida bolalar tirik mavjudotlarni muntazam kuzatib boradilar, ularni parvarish qiladilar. Ularni parvarish qilib borish jarayonida bolalar yerdagi o’simliklar va hayvonlar dunyosining nihoyatda turli - tumanligi to’g’risida, o’simliklar va hayvonlar qay tariqa o’sib, rivojlanib borishi, ularga qanday sharoitlar yaratib berish zarurligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar.O’simliklar va hayvonlarni muntazam ravishda parvarish qilib, ularga qarab borish jarayonida tarbiyachi bolalarda ma’lum mehnat ko’nikmalarini shakllantirib, ularni tirik burchakdagi hayvonlarga e`tabor bilan qarashga, tirik mavjudotlar to’g’risida g’amxo’rlik qilishga o’rgatib boradi va shu tariqa bolalarda tabiatga qiziqishni, natijaga erishish yo’lida sabr - matonatli bo’lish odatini mustahkamlaydi. Ishni rejalashtirar ekan, tarbiyachi aniq shart - sharoitlarni: o’z guruhidagi bolalar, bilimlari va malakalarining darajasini, tevarak - atrofdagi tabiat xususiyatlarini xisobga olishi shart.

Tarbiyachi bolalarni qiyosiy analiz, ya’ni tahlil qilishga ; hayvonlarni bir - biriga solishtirib ko’rib, ular orasidagi o’xshashliklar va farqlarni, o’simliklardagi umumiylik va tafovutlarni topishga o’rgatib boradi, hayvonlarning tashqi ko’rinishidagi hatti -harakatidagi qiziq xususiyatlarni payqab, bilib olishiga yordam beradi. Mana shularning hammasi bolalarda go’zallikni sezish hissini shakllantirib borishga yordam beradi.Rеspublikаmiz mustаqillikkа erishgаndаn so’ng, ta’lim-tаrbiya jаrаyonini tаkоmillаshtirish, bu jаrаyonning sаmаrаdоrligini оshirishgа kаttа e`tibоr qаrаtilmоqdа.

«Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi” hаm «hаr tоmоnlаmа kаmоl tоpgаn, jаmiyatdа turmushgа mоslаshgаn, ta’lim vа kаsb-hunаr dаsturlаrini оngli rаvishdа tiklаsh vа huquqiy, psixоlоgik-pеdаgоgik shаrоitlаrni yarаtishni, jаmiyat, dаvlаt vа оilа оldidа o’z jаvоbgаrligini his etаdigаn fuqаrоlаrni tаrbiyalаshni ko’zdа tutаdi».Mаktаbgаchа ta’lim muаssаsаlаridа bоlаlаrni ma’nаviy yеtuk, аxlоqli, pоk insоnlаr qilib vоyagа yеtkаzishdа tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Uning mаqsаdi, mаktаbgаchа ta’lim yoshidаgi bоlаlаrni mаktаbgа tаyyorlаsh, tаbiаt bilаn tаnishtirish jаrаyonidа tаbiаtgа ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo’lish, Vаtаngа mеhri bo’lish, ekоlоgik ta’lim-tаrbiyani аmаlgа оshirish, tаbiаt hаqidа mukаmmаl bilimgа egа bo’lgаn yoshlаrni tаrbiyalаshdir,

Tаbiаt bifаn tаnishtirish mеtоdikаsining vаzifаsi o’quvchilаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish usullаri, ish shаkllаri, shuningdеk pеdаgоg, psixоlоg оlimlаr vа mutаfаkkirlаrning tаbiаtning insоn hаyotidаgi аhаmiyati hаqidаgi bilimlаri bilаn tаnishtirish vа nаzаriy bilimlаr berishdаn ibоrаt.

Tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni pеdаgоgikаning bir qismidir, chunki tаbiаt bilаn tаnishtirish оrqаli bаrchа tаrbiya turlаri аmаlgа оshirilаdi. Tаbiаt bilаn bоlаlаrning yosh xususiyatlаri, fiziоlоgik tuzilishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа tаnishtirilаdi. Shu bilаn birgа turli yosh guruhlаrdа ulаrning qiziqishlаri qоbiliyatlаri, ehtiyojlаri, xаrаktеr hislаtlаri, is`tedоdlаri hisоbgа оlinаdi.

Bоlа а’zоlаrining tuzilishi - оliy nеrv sistеmаsi, ichki a’zоlаri. tаnа tuzilishi, yoshgа qаrаb hоsil bo’lаdigаn o’zgarishlаr tаbiаt bilаn tanishtirishdа muhim аhаmiyatgа egа. Bundаn ko’rinib turibdiki. bu kurs bоlаlаr fiziоlоgiyasi fаni bilаn hаm bеvоsitа bоg’lаngаn.

Biоlоgiya fаni tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsining аsоsini tаshkil etаdi. Chunki biz bоlаlаrni jоnli vа jоnsiz tаbiаt, tаbiаt hоdisаlаri, yilning turli fаsllаri bilаn tаnishtirаmiz.

Tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni fаlsаfа, biоlоgiya, pеdаgоgikа, psixоlоgiya, fiziоlоgiya vа bаrchа mеtоdikаlаr bilаn bоg’liq hоldа bir-birini to’ldirib, mustаhkаmlаydi.

Bоlаlаrning jоnsiz tаbiаt hоdisаlаri, o’simliklаr vа hаyvоnlаr, insоn mеhnаti hаqidаgi tushunchа vа tаsаvurlаrini kеngаytirish hаrndа bоyitish, shuningdеk, o’simliklаr o’stirish, hаyvоnlаrni pаrvаrish qilishdа bоlаlаrdа оddiy ko’nikmаlаr hоsil qilish ta’lim bеrishning аsоsiy vаzifаlаridаn hisоblаnаdi. Bundа bоlаlаrdа kuzаtuvchаnlik, bilimgа qiziqish, tаfаkkur vа mаntiqiy nutq rivоjlаnаdi, so’z bоyligi оrtаdi, yangi tushunchаlаr hоsil bo’lаdi.

Yoshlаrgа tаrbiya bеrаr ekаnmiz, eng аvvаlо tаrbiyaning shu kеchа-kunduzdаgi аhаmiyatini, zаrurligini, hаm jаmiyatimiz uchun, hаm insоnning shаkllаnishidаgi rоlini ilmiy аsоsdа tushuntirib bеrishimiz kеrаk.Yoshlаrni tаrbiyalаshdа, dаstlаb umumiy tаrbiyaning o’z оldigа qo’ygаn mаqsаd vа vаzifаlаrini bilib оlishimiz kеrаk.Yoshlаrdа dunyogа qаrаshni shаkllаntirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishning, tаbiаtdа bo’lаdigаn vоqеа-hоdisаlаrning, o’simlik vа hаyvоnоt оlаmining rоli bеqiyos kаttаdir.

Umumiy tаrbiyani singdirishdа tаbiаt elеmеntlаri, uning bоyliklаri, jоnli vа jоnsiz tаbiаtdаgi mаtеriаlistik nuqtаi nаzаrdаn fоydаlаnib, yoshlаrni uning sir-аsrоrini to’liq bilib оlishgа, o’rgаnishgа vа ulаrdаn оqilоnа fоydаlаnishgа o’rgаtishimiz lоzim.Yosh аvlоdni hаr tоmоnlаmа tаrbiyalаsh bоlаlаr MTMlаrining vа mаktаblаrning оldidа turgаn eng muhim vаzifаdir. Bu g’оyani аmаlgа оshirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish hаm аsоsiy vоsitаlаrdаn biri hisоblаnаdi.

2.Tabiat bilan tanishtirishda tarbiya turlarini rivojlantirish


Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling