Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining
URDU Maxsus sirtqi bo’limi
Download 244 Kb.
|
172 mak ta'l oraliq javob tabiat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan Maxsus sirtqi bo‘limi 3-kurs talabalari uchun 6-semestr oraliq nazorat savollari
- Tuzuvchi: I.R.Avazmetova
URDU Maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining 172-guruh talabasi Ernapasova O’g’iljonning Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan oraliq nazorat ishi. Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan Maxsus sirtqi bo‘limi 3-kurs talabalari uchun 6-semestr oraliq nazorat savollari Variant№47 1.Bolalarni uzoq muddatda bo’lib o’tadigan tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar bilan tanishtirish 2.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiatni kuzatish metodikasi 3.Maktabgacha ta'lirnda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha 4.Konstitutsiya moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni o’rganishni tahlil qilish mavzusiga slayd tayyorlang 5. Muayyan mavzu yuzasidan 5 ta test tuzing Tuzuvchi: I.R.Avazmetova 1.Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, tabiat hayotidagi yorqin mavsumiy o’zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlarni ham tashkil qiladi. Dastlab bu kuzatishlar yakka obyektlar (masalan, kuzda daraxtlardan birining barglari turli rangda bo’lishi, tabiat burchagida ekilgan loviyaning o’sishi va hokazo) yuzasidan o’tkaziladi, so’ngra esa uzoq muddatli kuzatish obyektlari yuzasidan (masalan, bahorgi bog’ yoki daraxtzor, daraxtlarning barg yozishi, gullarning ochilishi, ob-havo, qushlarni kuzatish) bo’lishi mumkin. Tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatish davomida o’rta guruh bolalari kuzatilayotgan jismlarning xarakterli belgilarini: hajmi, rangi, shakli, sathining miqdorini ko’rsatishni o’rganadilar. Natijada bolalardagi kuzatish asosida shakllanadigan tasavvurlari ancha konkretlashib boradi. Tarbiyachi bolalarga savol va topshiriqlarni ketma-ket berar ekan, shu asnoda o’zi tavsiya etayotgan rejaga rioya qilishga odatlantiradi. Kuzatishning maqsadi ko’pincha mehnat yoki tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Misol uchun, boqqa sayohat tashkil etiladi va u yerda daraxtlar gullaganini ko’rish, ular bilan tanishish ishlari amalga oshiriladi. Ba’zan kuzatishlarda topishmoqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bolalar topishmoqlarning javobini predmetni kuzatish jarayonida topadilar.Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlar jarayonida bolalar obyektlarning xarakterli va muhim belgilari bilan tanishadilar, o’simlik hamda hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar ustida uzoq muddatli kuzatishlar olib boradilar. Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma’lum usullardan foydalanishga, rejaga rioya qilishga, mustaqil ravishda murakkab bo’lmagan xulosalar chiqarishga o’rgatishda davom etadi. Bunda kuzatilayotgan jism va hodisalarda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki butun bir obyektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko’rsatiladi, jismlarning tevarak-atrof bilan aloqasi va munosabati aniqlanadi. O’simlik va hayvonlarning o’sishi hamda rivojlanishi, mavsumiy o’zgarishlar ustida olib borilgan kuzatishlarda bolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko’ra bilish xususiyatlari shakllantiriladi. Masalan, ular o’sayotgan no’xat novdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g’unchalar, gul va meva (qo’zoq)larning paydo bo’lishini sinchkovlik bilan kuzatadilar. Bolalarni jism va hodisalarni ko’ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o’rgatish tarbiyachining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar ko’pincha ikkita tanish jismga qaraydilar-u, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Shuning uchun tarbiyachi kuzatishni tashkil qilar ekan, aniq obyektlarni topishi, ularni ta’riflashi, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo’yishi kerak. Kuzatishlarda qo’llaniladigan qiyoslash usullari borgan sari xilma-xillashadi: kuzatilayotgan obyekt rasmda tasvirlangani yoki tasavvurdagisi bilan qiyoslanadi. Faqat ayrim jismlargina emas, balki tabiat hodisalari ham (masalan Tayanch tu bog’ning bahor va qishdagi ko’rinishi) qiyoslanadi. Jismlarni taqqoslashda tarbiyachi bolalarning diqqatini bir necha umumiy bo’lgan belgilarga, ayniqsa ularning muhim tomonlarini aks ettirgan belgilariga qaratadi. Masalan, bolalar turli hasharotlarni kuzatar ekanlar, ularning oltitadan oyoqchasi borligini bilib oladilar. Tarbiyachi kuzatilayotgan jism va hodisalarni qiyoslash uchun vazifa topshirar ekan, bolalarning mustaqil ishlashga qiynalib qolgan hollaridagina yordam berishga harakat qiladi. Xuddi o’rta guruhdagidek kuzatish natijalari haqidagi og’zaki hisobot iloji boricha mustaqil bo’lishi lozim. Kuzatish natijalarini bolalar rasmlarda, yasagan buyumlarida aks ettirishlari mumkin. 2.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiatni kuzatish metodikasi. .Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan va bevosita shu hodisalarning borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo’lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o’stirishda g’oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqda K.D. Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq to’g’ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to’g’ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko’rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi». Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi. Kuzata bilish - juda muhim xususiyat bo’lib, bunda bolada to’g’ri yoza bilish, og’zaki nutq malakalari rivojlanadi. Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o’zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o’rgatish zarur. Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqa va sabablarning bog’lanishlarini ilg’ab olishni bolalarga o’rgatishi kerak. Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. O’simlik va hayvonlarning o’sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg’arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi - uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to’g’ri keladi. Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug’orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarning pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga yordam beradi. Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko’ra murakkab bo’lganligi sababli, maktabgacha ta’lim, o’rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra o’simlik va hayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg’ulotlarda tashkil etiladi. Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvisathining xarakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o’rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg’ir yog’ishi, kamalakning hosil bo’lishi kabi holatlar kiradi. Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliyatini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni tarbiyalashi lozim. Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt yaxshi holatda bo’lishi kerak, ya’ni o’simlik so’limagan, navlari o’ralmagan, hayvon qo’lga o’rgatilgan, sog’lom, bolalardan cho’chimaydigan bo’lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo’lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo’lishi, unga yaqinlashish qulay bo’lishi uchun yorug’lik yon tomondan tushib turishi lozim. 3.Maktabgacha ta'limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat xaqida tushuncha. Maktabgacha ta’lim muassasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishining mazmuni yoritilib, tabiatdagi mehnatning bilim, malaka, va ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishlari belgilab berilgan. Bu talablar bolalarni birinchi navbatda ularning o’zlariga qadrdon bo’lgan ular tug’ilib o’sgan o’lkalarning tabiati bilan tanishtirilgandagina bajarilishi mumkin, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning bilimini shakllantirish uni o’rab olgan borliq bilan bevosita munosabatda bo’lishi jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bir vaqtning o’zida aqliy hamda amaliy harakatlarni farqlay bilishi, kuzatish, mehnat malakalarini egallab olishlari ularni bilimlarni muvaffaqiyatli egallab olishlarining asosiy shartidir. Masalan, bolalarga o’rmon, dala, o’tloqda qanday o’simliklar borligi haqida bilim berish kifoya qilmaydi; bolalarni eng ko’p tarqalgan o’simliklarning xarakterli belgilariga ko’ra farqlash, tanib olishga ham o’rgatish zarur.Qo’llanmaning asosiy qismi turli yosh guruhlaridagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasiga bag’ishlangan.Unda har bir yosh guruhdagi ishning mazmuni, formalari, metod va usullari mavsumlar bo’yicha beriladi. Bolalarni kundalik hayot- tabiat burchagidagi mehnat va kuzatish, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan sayrlarda tabiat bilan tanishtirish masalalari batafsilroq ko’rib chiqiladi. Har bir mavsum uchun asosiy maqsadi ko’rsatilib, mashg’ulotlar ro’yhati beriladi. Tarbiyachining bolalarni kuzatishga, hodisalarning aloqasi sabablarini aniqlashga o’rgatadigan mashg’ulotlar hamda bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishga mo’ljallangan mashg’ulotlar ayniqsa batafsilroq bayon qilingan. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo’riqlash masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, mtm, maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va undan to’g’ri foydalanish usullarini har tomonlama puxta bilim olishlari shart. Kelajagimiz hozir maktabda va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlar qo’llaridadir. Shu sababli, ularni tabiatga oid bilimlar bilan shunday qurollantirish kerakki, ular kelajakda tabiat boyliklarini muhofaza qila oladigan va undan to’g’ri foydalana olishlari kerak. Tabiatning faol himoyachilarini tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan quyidagi yo’nalishda ish olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. 1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat olami undagi voqea - hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik to’g’risida aniq bilimlar berish. 2. Bolalarda tabiat, uni asrab - avaylash, uning boyitishga oid faoliyatini shakllantirish. 3. Bolalarning davlatimizning tabiatni qo’riqlash, uni asrab - avaylash bo’yicha olib borayotgan ishlari bilan tanishtirib boorish. Buni maktabgacha ta’lim muassasalari hodimlari, ota - onalar va jamoatchilik o’zaro hamkorlikda izchillik bilan ta’lim - tarbiyaviy ishlar orqali amalga oshirib borishi zarur. Shaxsning rivojlanishi, ma’naviy yuksalish va axloqiy estetik tarbiyada tabiatning roli beqiyosdir. Shuning uchun taniat bilan jamiyatning o’zaro aloqadorligini saqlashga layoqatli kishilar avlodini tarbiyalab yetishtirish kerak.Buning uchun kuzatish, tabiatga ekskursiya, maqsadli sayrlar, mehnat faoliyati, maxsus tashkil etilgan vaziyati, oddiy tajriba, badiiy adabiyot, mashg’ulotlar o’tkazish, texnik vositalar kabi metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyatiga har qancha baho berilsa ham ortiqcha bo’lmas. Tabiat bilan yaqin munosabatda bo’lish insonga ijobiy ta’sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq qilib, ko’nglida eng yaxshi his - tuyg’ularni uyg’otadi. Bolalar tarbiyasida tabiatning roli ayniqsa kattadir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan, yilning turli fasllarida unda roy berib turadigan o’zgarishlar bilan tanishtirib boriladi. Hosil qilingan bilimlar asosida tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, qiziquvchan bo’lish, kuzata bilish, mantiqan fikr yurita bilish, jamiki tirik narsaga .zavq- shavq bilan qarash singari fazilatlar shakllanib boradi. Tabiatga mehr qo’yish, uni ehtiyot qilib e`zozlash, tirik jonivorlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish tabiatga qiziqish uyg’otibgina qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, kattalarning mehnatiga hurmat bilan qarash singari xarakterning eng yaxshi xususiyatlarini shakllantirib borishga ham yo’l ochadi.Bolalar mtmsining xona o’simliklari va ba’zi hayvonlar parvarishlab boqiladigan tabiat burchagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, unga mehr -muhabbat uyg’otishga yordam beradi. Tabiat burchagida yashayotgan jonzotlarni bolalar har kuni ko’rib turishadi, bu - tarbiyachining ishini yengillashtiradi; uning rahbarligi ostida bolalar tirik mavjudotlarni muntazam kuzatib boradilar, ularni parvarish qiladilar. Ularni parvarish qilib borish jarayonida bolalar yerdagi o’simliklar va hayvonlar dunyosining nihoyatda turli - tumanligi to’g’risida, o’simliklar va hayvonlar qay tariqa o’sib, rivojlanib borishi, ularga qanday sharoitlar yaratib berish zarurligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar.O’simliklar va hayvonlarni muntazam ravishda parvarish qilib, ularga qarab borish jarayonida tarbiyachi bolalarda ma’lum mehnat ko’nikmalarini shakllantirib, ularni tirik burchakdagi hayvonlarga e`tabor bilan qarashga, tirik mavjudotlar to’g’risida g’amxo’rlik qilishga o’rgatib boradi va shu tariqa bolalarda tabiatga qiziqishni, natijaga erishish yo’lida sabr - matonatli bo’lish odatini mustahkamlaydi. Ishni rejalashtirar ekan, tarbiyachi aniq shart - sharoitlarni: o’z guruhidagi bolalar, bilimlari va malakalarining darajasini, tevarak - atrofdagi tabiat xususiyatlarini xisobga olishi shart. Tarbiyachi bolalarni qiyosiy analiz, ya’ni tahlil qilishga ; hayvonlarni bir - biriga solishtirib ko’rib, ular orasidagi o’xshashliklar va farqlarni, o’simliklardagi umumiylik va tafovutlarni topishga o’rgatib boradi, hayvonlarning tashqi ko’rinishidagi hatti -harakatidagi qiziq xususiyatlarni payqab, bilib olishiga yordam beradi. Mana shularning hammasi bolalarda go’zallikni sezish hissini shakllantirib borishga yordam beradi.Rеspublikаmiz mustаqillikkа erishgаndаn so’ng, ta’lim-tаrbiya jаrаyonini tаkоmillаshtirish, bu jаrаyonning sаmаrаdоrligini оshirishgа kаttа e`tibоr qаrаtilmоqdа. «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi” hаm «hаr tоmоnlаmа kаmоl tоpgаn, jаmiyatdа turmushgа mоslаshgаn, ta’lim vа kаsb-hunаr dаsturlаrini оngli rаvishdа tiklаsh vа huquqiy, psixоlоgik-pеdаgоgik shаrоitlаrni yarаtishni, jаmiyat, dаvlаt vа оilа оldidа o’z jаvоbgаrligini his etаdigаn fuqаrоlаrni tаrbiyalаshni ko’zdа tutаdi».Mаktаbgаchа ta’lim muаssаsаlаridа bоlаlаrni ma’nаviy yеtuk, аxlоqli, pоk insоnlаr qilib vоyagа yеtkаzishdа tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Uning mаqsаdi, mаktаbgаchа ta’lim yoshidаgi bоlаlаrni mаktаbgа tаyyorlаsh, tаbiаt bilаn tаnishtirish jаrаyonidа tаbiаtgа ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo’lish, Vаtаngа mеhri bo’lish, ekоlоgik ta’lim-tаrbiyani аmаlgа оshirish, tаbiаt hаqidа mukаmmаl bilimgа egа bo’lgаn yoshlаrni tаrbiyalаshdir, Tаbiаt bifаn tаnishtirish mеtоdikаsining vаzifаsi o’quvchilаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish usullаri, ish shаkllаri, shuningdеk pеdаgоg, psixоlоg оlimlаr vа mutаfаkkirlаrning tаbiаtning insоn hаyotidаgi аhаmiyati hаqidаgi bilimlаri bilаn tаnishtirish vа nаzаriy bilimlаr berishdаn ibоrаt. Tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni pеdаgоgikаning bir qismidir, chunki tаbiаt bilаn tаnishtirish оrqаli bаrchа tаrbiya turlаri аmаlgа оshirilаdi. Tаbiаt bilаn bоlаlаrning yosh xususiyatlаri, fiziоlоgik tuzilishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа tаnishtirilаdi. Shu bilаn birgа turli yosh guruhlаrdа ulаrning qiziqishlаri qоbiliyatlаri, ehtiyojlаri, xаrаktеr hislаtlаri, is`tedоdlаri hisоbgа оlinаdi. Bоlа а’zоlаrining tuzilishi - оliy nеrv sistеmаsi, ichki a’zоlаri. tаnа tuzilishi, yoshgа qаrаb hоsil bo’lаdigаn o’zgarishlаr tаbiаt bilаn tanishtirishdа muhim аhаmiyatgа egа. Bundаn ko’rinib turibdiki. bu kurs bоlаlаr fiziоlоgiyasi fаni bilаn hаm bеvоsitа bоg’lаngаn. Biоlоgiya fаni tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsining аsоsini tаshkil etаdi. Chunki biz bоlаlаrni jоnli vа jоnsiz tаbiаt, tаbiаt hоdisаlаri, yilning turli fаsllаri bilаn tаnishtirаmiz. Tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsi fаni fаlsаfа, biоlоgiya, pеdаgоgikа, psixоlоgiya, fiziоlоgiya vа bаrchа mеtоdikаlаr bilаn bоg’liq hоldа bir-birini to’ldirib, mustаhkаmlаydi. Bоlаlаrning jоnsiz tаbiаt hоdisаlаri, o’simliklаr vа hаyvоnlаr, insоn mеhnаti hаqidаgi tushunchа vа tаsаvurlаrini kеngаytirish hаrndа bоyitish, shuningdеk, o’simliklаr o’stirish, hаyvоnlаrni pаrvаrish qilishdа bоlаlаrdа оddiy ko’nikmаlаr hоsil qilish ta’lim bеrishning аsоsiy vаzifаlаridаn hisоblаnаdi. Bundа bоlаlаrdа kuzаtuvchаnlik, bilimgа qiziqish, tаfаkkur vа mаntiqiy nutq rivоjlаnаdi, so’z bоyligi оrtаdi, yangi tushunchаlаr hоsil bo’lаdi. Yoshlаrgа tаrbiya bеrаr ekаnmiz, eng аvvаlо tаrbiyaning shu kеchа-kunduzdаgi аhаmiyatini, zаrurligini, hаm jаmiyatimiz uchun, hаm insоnning shаkllаnishidаgi rоlini ilmiy аsоsdа tushuntirib bеrishimiz kеrаk.Yoshlаrni tаrbiyalаshdа, dаstlаb umumiy tаrbiyaning o’z оldigа qo’ygаn mаqsаd vа vаzifаlаrini bilib оlishimiz kеrаk.Yoshlаrdа dunyogа qаrаshni shаkllаntirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishning, tаbiаtdа bo’lаdigаn vоqеа-hоdisаlаrning, o’simlik vа hаyvоnоt оlаmining rоli bеqiyos kаttаdir. Umumiy tаrbiyani singdirishdа tаbiаt elеmеntlаri, uning bоyliklаri, jоnli vа jоnsiz tаbiаtdаgi mаtеriаlistik nuqtаi nаzаrdаn fоydаlаnib, yoshlаrni uning sir-аsrоrini to’liq bilib оlishgа, o’rgаnishgа vа ulаrdаn оqilоnа fоydаlаnishgа o’rgаtishimiz lоzim.Yosh аvlоdni hаr tоmоnlаmа tаrbiyalаsh bоlаlаr MTMlаrining vа mаktаblаrning оldidа turgаn eng muhim vаzifаdir. Bu g’оyani аmаlgа оshirishdа ulаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish hаm аsоsiy vоsitаlаrdаn biri hisоblаnаdi. 5.1. Akvariumda yashovchilar (baliqlar) qaysi katorda tugri kursatilgan? tilla baliq, tovon baliq, guppi, qilich baliq, teleskop tilla baliq, sazan, guppi tovon baliq, sazan, qilich baliq baqa, tilla baliq, teleskop 2.Predmetli o`yinlarga qaysilar kiradi? domino, loto,zoologiya,botanika stol bosma o‘yinlari,zoologiya lotosi. chumchuq va avtomobil, tovuq jujalari bilan ajoyib xaltacha, uy xayvonlari solingan rasmlar 3.O’zbekistondagi eng muhim ekologik muammo orol va orol bo‘yi muammosi cho‘llanish jarayonining ortib borishi azon qatlamining siyraklanishi havoda karbonat angidrid gazining ortishi. 4.Ekologiya suzining fanga nechanchi yildan kiritilgan? 1866 yilda 1968 yilda 1967 yilda 1930 yilda 5.Stol bosma o‘yinlari zoologiya lotosi, botanika lotosi, yilning turli fasli, mevalar, o‘simliklar Domino,predmetli rasm, turli xilildizlar tabiat materiallaridan turli narsalar yasash zoolgiya lotosi,xayvonlar rasmi,o`simliklar rasmi 1 I. A.Karimov Yuksak ma ’naviyat - yengilmas kuch T.: Sharq 2008. 31- bet Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling