Urdu padagogika fakulteti 205-gurux talabasi Ro`zibayev Elyorning Jinoyat huquqi fanidan mustaqil I
Download 8.07 Kb.
|
205 Ro`zibayev Elyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qilmishning jinoiyligini bekor qilish deganda
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasiga ko‘ra:“O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman elon qilingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi”. Normativ huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda elon qilinishi kerak.Normativ huquqiy-hujjat (qismi)ning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: 1 normativ huquqiy-hujjat (qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganida; 2 normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilganida; 3 normativ huquqiy-hujjat (qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida; 4 normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganida.Biror qilmishni sodir etgan shaxs uchun yangi qonuni kuchga kirguniga qadar, shuningdek jazoni o‘tayotgan va o‘tab to‘rganlar uchun ayni vaqtda, avval sudlangan bo‘lsalar, ularga nisbatan ham yangi qonunga ko‘ra ish yuritiladi, ya’ni yangi qonun qilmishning jinoiyligini bekor qilishi, jazoni engillashtirishi yoki boshqacha tarzda jinoyatni sodir etganlar holatini yaxshilashi mumkin.Qilmishning jinoiyligini bekor qilish deganda jinoyat qonunida javobgarlik belgilangan qilmishni jinoyatlar qatoridan chiqaradigan qonunning qabul qilinishi tushuniladi. Bu qonun kuchga kirgan kundan boshlab, shunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tergov idoralari va sudlardagi jinoyat ishlari to‘xtatilishi lozim. Jazoni o‘tayotganlar ilgari sudlangan hollarda ular sudlanmagan deb topiladilar.Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi Jinoyat kodeksing 11-12 moddalarida berilgandir. Jinoyat kodeksining 11-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tadbiq etiladigan qoidalar belgilab berilgan.Unga muvofiq qilmish: 1. O‘zbekiston hududida boshlangan, tomomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa; 2. O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa O‘zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan bo‘lsa; 3. O‘zbekiiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa O‘zbekiton hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; 4. Bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududdida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.Download 8.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling