Urdu padagogika fakulteti 205-gurux talabasi Ro`zibayev Elyorning Jinoyat huquqi fanidan mustaqil I
Download 8.07 Kb.
|
205 Ro`zibayev Elyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni
UrDU padagogika fakulteti 205-gurux talabasi Ro`zibayev Elyorning Jinoyat huquqi fanidan tayyorlagan mustaqil ishiMavzu: Jinoyat qonuni Reja: 1. Jinoyat qonuni tushunchasi 2. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi 3. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni davlat hokimiyati oliy organining jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini belgi-lovchi, alohida turdagi jinoyatlar va ularni sodir qilgan shaxslarga qo‘llaniladigan jazolarni ko‘zda tutuvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquqiy aktdirJinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biror harakat qilishga(masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. SHu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy qilmishlardan ximoya qiladiJinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir. Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya’ni maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo‘ladiQonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og‘ishmay bajarish fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo‘lsada chetlashish qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat va jamiyat manfaatlarini buzilishiga olib keladiO‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 13–moddasi 1-qismiga ko‘ra qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat qonunini vaqt bo‘yicha amal qilishini to‘g‘ri belgilash quyidagi: a)qonunning amal qilish vaqtini aniqlash zarurligi; b)jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash kabi shartlarga asoslanishi kerak.Download 8.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling