Urdu tarix fakulteti 211-guruh talabasi Zaripbayev Feruzbekning Tarix falsafasi va tarix o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 0.82 Mb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1610198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zaripbayev Feruzbek 211-guruh tarix.T.F

Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o‘zining ilmiy qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir.Ibn Xaldun o‘z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o‘zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida etarli tajribaga ega bo‘lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir.Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o‘zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo‘lga kiritgan olimdir.

Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik, falsafa hamda mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur bilan uyg‘unlashgan shakli sifatida dunyoga kelib, Sharqu G‘arb tafakkur olamvda o‘ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Muqaddima» deb ataladi va bu asari bilan u tarixni anglash, tarixni tushunish, insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o‘ziga xos uslubini yaratdi. U tarix haqida gapirar ekan, «Fanning ikki jihati bor. Birinchisi qadimgi mamlakatlarva davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi tomoni bo‘lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bo‘lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan fan. Bu voqealar va ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling