Urdu tarix fakulteti 211-guruh talabasi Zaripbayev Feruzbekning Tarix falsafasi va tarix o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.82 Mb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1610198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zaripbayev Feruzbek 211-guruh tarix.T.F

Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Tahqiq mo lilhind min ma‘qula maqbula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g‘oyalar odam va olam haqidagi tasavvurlarni keskin o‘zgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix falsafasining o‘ziga xos va noyob ko‘rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan holda o‘rtaga tashlandi. Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta‘limotlarni antiquating bag’ishlangan bo’lsada, uni butun mohiyati bilan insoniyat o’tshining tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu Yo’nalishida Garb-u Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur o’lchovlarningsintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday. Zotan, unda inson kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, podsholiklar va payg’ambarlarning dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, ma‘naviy, madaniy va axloqiy ta‘sirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda o’rganiladi.

Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o‘zining ilmiy qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir.Ibn Xaldun o‘z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o‘zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida etarli tajribaga ega bo‘lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir.Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o‘zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo‘lga kiritgan olimdir.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling