Urdu tarix fakulteti 211-guruh talabasi Zaripbayev Feruzbekning Tarix falsafasi va tarix o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Ibn Xaldun o‘z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an‘anaviy


Download 0.82 Mb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1610198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zaripbayev Feruzbek 211-guruh tarix.T.F

Ibn Xaldun o‘z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an‘anaviy

Ibn Xaldun o‘z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an‘anaviy

usullardagi kamchiliklar, nuqsonlar, jumladan, o‘tmishni soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni

o‘z manfaatlariga moslashtirib bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Har bir millat va

qavmning kelib chiqishi, ularning taraqqiy topish yollari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur

o‘rganish millatning uygonishiga, o‘z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol rejalarini aniqroq

tuzishiga yordam berishini alohida ta‘kidlaydi.

Tarixda adolat ustuvorligi, tarix haqiqati hamisha bosh mezon bo‘lishi, har qanday voqea va

hodisa tahlili to’g’ridan to’g’ri munosabatni, odillik bilan yondashishni taqozo etishini muhim

fazilat deb biladi. Tarix haqida asar yozar ekan, u o‘zini tarixshunoslikka bo‘lgan munosabatini va

yondashish usulini quyidagicha bayon etadi: «Bu kitobni tuzish va boblarga bo‘lishda men hali

ma‘lum bo‘lmagan yoldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o‘quvchi bo‘lib o‘tgan voqealarning

sababini o‘rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti

qonuniyatini sharhlab berdim», deydi.

Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo‘lgan va ayni paytda katta ruh, rag‘bat, kelajakka ishonch, buyuk istiqbolga imon keltirishga da‘vat etadigan yana bir g‘oyasi borki, nazarimizda buni alohida ta‘kidlash zarur: u bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo‘lishga yaratilgandir: biri arablar, boshqasi turklar» desa, boshqa bir joyda «Temur davri bashariyat tarixi inkishofining eng yuksak nuqtasidir. Dunyo yaratilganidan beri bunday bir davlat qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga nisbatan ko‘laga bo‘lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruhi ustiga quriladi va uning ahamiyati ham shu milliy asabiyatning qudrati darajasida bo‘ladi. Asabiya xususida esa dunyoda hech bir millat turklarga teng kelolmaydi», deydi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling