Urdu tarix fakulteti 211-guruh talabasi Zaripbayev Feruzbekning Tarix falsafasi va tarix o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.82 Mb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1610198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zaripbayev Feruzbek 211-guruh tarix.T.F

Ulug’ Sharq mutafakkiri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Sharq tafakkur olamining o‘ziga xos yo‘nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi. Turli ziddiyatli qarashlarni butun mohiyati bilan o‘rganib, unga o‘ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib,uning O’zanini o‘zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning vujudga kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar, ularning mohiyatini ilmiy asosda o‘rganish maktabini yaratdi. Ushbu maktab bugun mohiyat-e‘tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G‘arb falsafiy tafakkurining tamal toshini qo’ydi

Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Tahqiq mo lilhind min ma‘qula maqbula fil-aql av marzula», ya‘ni «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta‘limotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g‘oyalar odam va olam haqidagi tasavvurlarni keskin o‘zgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix falsafasining o‘ziga xos va noyob ko‘rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan holda o‘rtaga tashlandi. Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta‘limotlarni antiquating bag’ishlangan bo’lsada, uni butun mohiyati bilan insoniyat o’tshining tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu Yo’nalishida Garb-u Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur o’lchovlarningsintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday. Zotan, unda inson kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, podsholiklar va payg’ambarlarning dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, ma‘naviy, madaniy va axloqiy ta‘sirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda o’rganiladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling