Urgan ch -2017 1-Mavzu. O`quv muassasalarining o`quv xonalari, ustaxonalar va sport zallari va ularning jihozlanishini gigienik baholash parta turlari, nomerlarini aniqlash, bolalarni partada to`g`ri o`tirishni sinf doskasini


Boshlang’ich sinf o`quvchilarining hafta va kun davomidagi ishchanlik qobiliyati


Download 403 Kb.
bet24/36
Sana19.06.2023
Hajmi403 Kb.
#1625348
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
M Sirtqi yosh fiz

Boshlang’ich sinf o`quvchilarining hafta va kun davomidagi ishchanlik qobiliyati

Qanday aniqlanadi

Ishchanlik qobiliyatining ko’rsatkichlari

Qanday ma`lumotlar olinadi

Qanday profilaktik chora ko`riladi

1.Boshlang’ich sinflarda ishanlik qobiliyati













2.Har bir talabaning ischanlik qobiliyati














Ushbu mavzu bo’yicha xulosa chiqaring.

Nazorat uchun savollar:
1.1-4 sinfgacha bo’lgan o’quvchilarning ishchanlik qobiliyati qanday bo’lishi kerak.?
2. Kun davomida ish qobiliyatining o’zgarishi necha toifaga ajratiladi?
3.Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat qanday farqlanadi ?

AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: “YUQORI SINF O`QUVCHILARINING HAFTA VA KUN DAVOMIDAGI ISHCHANLIK QOBILIYATI.”

Darsning maqsad:Yuqori sinf o`quvchilarining hafta va kun davomidagi ishchanlik qobiliyati.

Dars uchun kеrak bo’ladigan jihozlar:Har xil darsliklar va testlar, o’quv qo’llanma.

Ishni bajarish tartibi:Yuqori sinf o’quchilarni darsga ilg’or qatnashishini tekshirish, nechanchi soatda o’quvchilarni qabul qilish qobiliyati nisbatan pasayishini aniqlash.

Nazariy tushuncha.Ishchanlikqobiliyati deganda, biror ishni uzoq muddat davomida sifatini buzmasdan bajarish tushuniladi. Ishchanlik qobiliyati har bir odamda turlicha bo’ladi va yoshga, sog’liqqa, quvvatga, ruhiy kayfiyatga, ish tajribasiga, mashq qilishga va boshqa ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi. O’quvchi uyqudan uyg’onganda uning ishchanlik qobiliyati uncha yuqori bo’lmaydi. Organizm asta –sekin ish holatiga o’ta boshlaydi. Ish bajarish jarayonida asta ortib, ma’lum cho’qqiga yetadi-da, so’ng shu holatda saqlanib turadi.
Odam o'z vaqtida yetarlicha dam olmay ishlayversa, qattiq charchab qoladi. Bu organizm funksiyalariga, ayniqsa markaziy nerv sistemasiga salbiy ta’sir etadi, natijada odamning kayfiyati yomonlashadi, ta’sirchanlik ortadi, uyqusizlik vujudga keladi, ishga qiziqish kamayadi, ishchanlik qobiliyati pasayadi.
Yuqori sinflarda birinchi darsda o'quvchilar ish qobiliyati pastroq bo’lib, 2-3- darslarda nerv sistemasining ish qobiliyati yuqori darajaga yetadi, 4- darsda charchashning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, 5-6- soatlarda esa o’quvchining ish qobiliyati keskin pasayib, charchash orta boradi. Qattiq charchab qolmaslik uchun ishga asta-sekin kirishish, shoshilmay bir me’yorda ishlash, vaqtida dam olish, mehnat turini o’zgartirib turish kerak.
Aqliy charchash jismoniy charchashga qaraganda zararlidir. Shuning uchun maktablarda darsni to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning mehnati va dam olishini to’g’ri almashtirib turish o’quv jarayonining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Maktab rejimi oqilona tashkil qilinmasa, bola o’tilgan temaga yaxshi tushunmaydi, uyda shu materialni qayta tayyorlashga majbur bo’ladi. Binobarin o’quvchining kun tartibi buziladi.
Ma’lumki kichik yoshdagi o’quvchilar dastlab tez charchaydi, biroz dam olgandan so’ng charchash o’tib ketadi. Katta yoshdagi o’quvchilarda ish qobiliyati saqlanib tursada, lekin ish unmaydi. Ishchanlik qobiliyati kichik yoshdagi o’quvchilarga qaraganda 12-15 yoshli yigit-kizlarda esa bundan kamrok pasayishi kuzatiladi.


Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling