Urganch Davalat Universtiteti


Boshqa nihol kasalliklari. Askoxitoz


Download 0.59 Mb.
bet4/10
Sana21.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1640170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Boshqa nihol kasalliklari. Askoxitoz kasallik g‘o‘za nihollarini bahor harorati salqin, seryomg‘ir mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, nihollarning shira, trips bilan zararlanishi, tuproqda oziqa moddalar yetishmasligi va shu kabilar askoxitozning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Askoxitoz odatda dalaning u yer bu yerida, manba shaklida, uchraydi. Ba’zida yosh nihollarni nobud qilishi va ularning sonini jiddiy kamaytirishi mumkin. Harorat ko‘tarilib, havo quruq bo‘lib tursa, nihollar sarg‘ayadi, ammo ular o‘sishda va hosil to‘plashda kech qolishadi, hosilning sifati pasayadi. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ urug‘ va o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi.

  • Boshqa nihol kasalliklari. Askoxitoz kasallik g‘o‘za nihollarini bahor harorati salqin, seryomg‘ir mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, nihollarning shira, trips bilan zararlanishi, tuproqda oziqa moddalar yetishmasligi va shu kabilar askoxitozning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Askoxitoz odatda dalaning u yer bu yerida, manba shaklida, uchraydi. Ba’zida yosh nihollarni nobud qilishi va ularning sonini jiddiy kamaytirishi mumkin. Harorat ko‘tarilib, havo quruq bo‘lib tursa, nihollar sarg‘ayadi, ammo ular o‘sishda va hosil to‘plashda kech qolishadi, hosilning sifati pasayadi. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ urug‘ va o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi.

Janubiy sklerotsial ildiz (va poya) chirishi. Dunyoning tropik va suptropik mamlakatlarida tuproqda yashaydigan asosiy patogenlardan biri, Sсlеrоtium rolfisii zamburug‘i ba’zida g‘o‘zada ham kasallik qo‘zg‘atadi. Shonalash fazasida ildiz chirish va keyinchalik ko‘sakda nekrotik dog‘lar hosil qilsa ham, zamburug‘ning eng ko‘p zarari g‘o‘za nihollik paytida kuzatiladi (Watkins va b.q.,1981).

  • Janubiy sklerotsial ildiz (va poya) chirishi. Dunyoning tropik va suptropik mamlakatlarida tuproqda yashaydigan asosiy patogenlardan biri, Sсlеrоtium rolfisii zamburug‘i ba’zida g‘o‘zada ham kasallik qo‘zg‘atadi. Shonalash fazasida ildiz chirish va keyinchalik ko‘sakda nekrotik dog‘lar hosil qilsa ham, zamburug‘ning eng ko‘p zarari g‘o‘za nihollik paytida kuzatiladi (Watkins va b.q.,1981).
  • Alternarioz va boshqa mog‘orlanishlar. Alternaria ва Aspergillus, Penicillum, Rhizopus turkumlariga oid mog‘or zamburug‘lari odatda tuproqda oddiy saprofit sifatida yashaydi, ammo havo salqin, seryomg‘ir va g‘o‘za nihollari kamquvvat, nimjon bo‘lgan hollarda ularda chirish kasalligini qo‘zg‘atadi. Chigit unmasdan, mog‘orlab ketadi, unganlari tuproq yuzasiga chiqa olmay chiriydi. Bu zamburug‘lar g‘o‘za nihollarida asosiy parazit turlari (Rhizoctonia, Fusarium, Puthium) qo‘zg‘atgan kasalliklarni yanada jiddiylashtiradi. Ular dunyoning barcha joylarida, jumladan O‘zbekistonda ham, keng tarqalgan (Shapova, Grigoryans, 1971; Stepanova, 1972; Davis va b.k., 1981; Minton, Garber, 1983).
  • Gommoz. Qo‘zg‘atuvchi bakteriya Хanthomonas malvasearum g‘o‘zani butun o‘sish davrida har xil organlarini zararlaydi va nihollar shikastlanishi kasallikning faqat bir turidir. Kasallik urug‘bargda dumaloq, suv shimib olganga yoki moy tomganga o‘xshash dog‘lar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi, ular qurib, sarg‘ish-jigar rang, so‘ngra qo‘ng‘ir, atroflari qizg‘ish tusga kiradi. Gommoz kuchli rivojlanganda nihollar nobud bo‘lishi mumkin. Gommozning nihol formasining eng xavfli tomoni shundaki, birinchidan, u patogen zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklar bilan birga o‘simliklarga qattiq yalpi salbiy ta’sir ko‘rsatadi, patogen va yarim parazit zamburug‘lar uchun to‘qimalarda "darvoza" ochib beradi, ikkinchidan urug‘bargdagi dog‘lar ustida millionlab bakteriyalar hosil bo‘lib, ular yomg‘ir va hasharotlar vositasida yangi barglarga, so‘ngra esa g‘o‘zaning boshqa organlariga (poya, ko‘sak) tarqalib, zararlaydi. Kasallik va uning qo‘zg‘atuvchisi haqida batafsil ma’lumotlar ushbu ma’ruzaning "Gommoz" bo‘limida berilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling