Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Didaktika - pedagogikaning o‘qitish nazariyasi; didaktika ta’lim nazariyasi. Diqqatni taqsimlash qobiliyati


Download 0.94 Mb.
bet108/141
Sana23.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1384196
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022 (2)

Didaktika - pedagogikaning o‘qitish nazariyasi; didaktika ta’lim nazariyasi.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati- bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish. Jest (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob’ektga nisbatan munosabatning gavda, qo‘l vaoyoq harakatlari yordamida ifodalanishi
Ijodiy izlanish – pedagog boshchiligida qo‘yilgan muammolar, masalalarni yechishning yo‘llarini faol izlashni tashkil etish usuli, fikrlash jarayoni produktiv (unumli) xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Ilmiy bilim- ta’lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi.
Imitatsion o‘yinlar – bo‘lim, sex, korxona tashkilotning faoliyatiimitatsiya qilinadi. Imitatsion o‘yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va ob’ektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tavsilotlarni o‘z ichiga oladi.
Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda pedagogning talabalar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi. Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog va tlaba yakkama-yakka o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar, talaba o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonining tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog ta’lim oluvchilar bilan yakkama-yakka shug‘ullanadi, ta’lim oluvchi o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individuallashtirilgan o‘qitish – bundayo‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o‘qitish yo‘llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling