Urganch Davlat Pedagogika Instituti “Pedagogika” fakulteti 222-Texnologik ta’limc yo’nalishi talabasi Matyakubova Rajabgul Ozodovnaning “ O’zbekistonning eng


Download 0.53 Mb.
bet3/7
Sana13.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1091686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
R.Matyoqubova IQTISODIY ISLOHOTLAR

O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi. Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta o‘zgarishlarga yuz tutdi. O‘zbekiston bir yil ichida qanday o‘zgardi?

Bu haqda kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham ko‘paydi. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o‘zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo‘ldi. Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha jiddiy ish ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma'lumot ochiqroq bo‘ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur'ati bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. Barcha deyarli har hafta elektron hukumatning yangi shakllari va ko‘rinishlari tatbiq etilayotganini ko‘rmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda bu juda muhim – davlat, jamiyat va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo‘lmoqda. Fuqaro uchun ma'lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling