Urganch Davlat Pedagogika Instituti “Pedagogika” fakulteti 222-Texnologik ta’limc yo’nalishi talabasi Matyakubova Rajabgul Ozodovnaning “ O’zbekistonning eng


Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti... Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda


Download 0.53 Mb.
bet4/7
Sana13.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1091686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
R.Matyoqubova IQTISODIY ISLOHOTLAR

Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti... Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, hududlarda muhandislik-kommunal infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha loyiha va dasturlarning o‘zi juda katta mablag‘lar hamda yangi shakllarni talab qiladi (xususiy-davlat sherikchiligi mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha loyihalar). Men shunga qo‘shilamanki, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o‘zida bajarish byudjyet uchun juda kuchli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz. O‘zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston bilan hammasi tushunarli. Tojikiston? Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi tayyorlanmoqda, hamda shu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli» Rog‘un GESni qurishda davom etmoqda. O‘zbekiston rahbariyatining bu masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi? Turkmaniston, Qozog‘iston bilan avvalgi bosqichda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljish ro‘y berdi. Mintaqada o‘ziga xos o‘zak tashkil topdi: Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston. So‘nggi bahli masala hal etildi – chegaraning Ustyurt qismi bo‘yicha nuqta qo‘yildi. Noyabrda davlat chegaralarining tutashish nuqtasi tumani bo‘yicha muddatsiz uch tomonlama kelishuv imzolandi.

Qirg‘iziston bilan ba'zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun muhim – «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish lozim, buni avtomobil qismini qurishdan boshlab, temir yo‘l magistralini qurishga o‘tish orqali qilish kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa portlariga katta transport yo‘lagining asosiy qismi bo‘ladi. Ya'ni, XQO‘ loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga qadar transport-kommunikatsiya magistrali yaratiladi. Kelajakda bu yo‘l Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mojaroga olib kelmaydimi?


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling