Urganch davlat universiteti biznes matematika fan sillabusi
Download 147.89 Kb.
|
23800 Biznes matematika, Silabus
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES MATEMATIKA FAN SILLABUSI
- Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod Ta’lim yo‘nalishi
- TOSHKENT – 2021 Fan to’g’risida ma’lumot Fan shifri: BUSMAT6 Fan nomi
- Fan bo’yicha mashg’ulotning joylashuvi Auditoriya vaqti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
BIZNES MATEMATIKA FAN SILLABUSI
TOSHKENT – 2021 Fan to’g’risida ma’lumot Fan shifri: BUSMAT6 Fan nomi: Biznes matematika Semestr/o’quv yili: 4-semestr / 2021-2022 o’quv yili Kafedra: Iqtisodiyot Soatlar/kredit hajmi: 6 ECTS (72 auditoriya soati)
Fan bo’yicha mashg’ulotning joylashuvi Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Talablar: Fan uchun ma’sul kafedra: Biznes matematika Instruktor: Egamov B. Kafedra joylashgan joyi: Iqtisodiyot fakulteti Telefon: +998-99-967-68-88 e-mail:baxtiyor.e@urdu.uz Kurs tavsifi: Bu kurs “Matematik programmalshtirish va biznesda matematika” fanlarini o’z ichiga olgan bo’lib, ikkinchi kursning birinchi semestrida o’qitilishi rejalashtirilgan. Fanni o’qitishdan asosiy maqsad – turli tashkiliy majmualarni amaliy tadbiqiy metodlarini tadbiq etib samarali boshqarishdan iborat. Har bir boshqaruv ma’lum bir qonuniyatga bo’y sinadi. Bu qonuniyatlarni to’liq o’rganmasdan turib samarali boshqaruvni amalga oshirib bo’lmaydi. Bundan kelib chiqib, kursning asosiy maqsadi tashkilotlarni boshqarish bo’yicha miqdoriy asoslangan yechimni qabul qilishdir. Bizga ma’lumki, har qanday resurs chegaralangan, bunday resurslardan samarali va oqilona foydalanish zarur ekanligi kelib chiqadi. Buning uchun iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha nazariy va amaliy sohada bilimlarni va uning qoidalarini o’rganish talab qilinadi. Ikkinchi faoliyatining turli sohalarida shunday holatlar bo’ladiki, mavjud bo’lgan bir necha variantlar ichidan birini tanlashga to’g’ri keladi. Agar variant yagona bo’lsa, shubhasiz o’sha tanlanadi. Lekin variantlar ko’p bo’lsa, ularning ixtiyoriysi tanlanmaydi, balki ma’lum ma’noda eng yaxshisi, eng samaralisini tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Odatda bunday variantlar optimal deb ataladi. Optimal yechimni, optimal variantni tadqiq etish davr talabidir. Turli sohalarda resurslar miqdorining cheklanganligi, imkoniyatlar ko’lami chekli bo’lganligi tufayli, mavjud resurslarni sarflashda eng oqilona variant, ya’ni optimal variantni tanlash zarur bo’lib qoladi. Biznes bilan yuqori saviyada shug’ullanish, har qanday jarayonni amalga oshirishda moliyaviy natijalarning mumkin bo’lgan barcha variantlarini baholayolishni talab qiladi. Shuning uchun bu soha bo’yicha elementar ma’lumotlarning o’zi yetarli bo’lmaydi. Hozirgi sharoitda biznes qoidalari va moliyaviy hisoblar usulini chuqur egallash talab qilinadi. Biznes jarayonlar, moliyaviy hisob-kitoblarning barchasiga matematik apparatni tadbiq etish, biznes jarayonlarga, moliyaviy hisoblarga xos bo’lgan muamollardan xolos etadi. Kurs 15 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzuda iqtisodiy jarayonlarning matematik modeli haqida ma’lumot beriladi va chiziqli programmalashtirishning goemetrik talqini bayon qilinadi. Ikkinchi mavzu. Chiziqli tenglamalar sistemasini nomanfiy yechimlari topish, chiziqli programmalashtirishni simpleks usulda yechish qoidalari o‘rganiladi. Uchinchi mavzu. Chiziqli programmalashda ikkilanma masalani tuzish va uning iqtisodiy talqini tushuntiriladi. To‘rtinchi mavzu. Butun sonli rogrammalashtirish Beshinchi mavzu. O‘yinlar nazariyasining matematik modeli, aralash strategiyali o‘yinning yechimi va uning tadbiqlari ko‘rsatiladi. Oltinchi mavzu. Chiziqsiz programmalashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shartli ekstremum masalasi, Lagranj metodi yordamida shartsiz ekstremumga keltirilib masalani optimal yechimlari o‘rganiladi. Yettinchi mavzu. Qavariq programmalashtirish va uni amaliy iqtisodiy masalalarga tadbiqi ko‘rsatiladi. Sakkizinchi mavzu. Foizlar bo‘yicha pul mablag‘larini jamg‘arish va unga bog‘liq bo‘lgan formulalar keltirib chiqariladi. To‘qqizinchi mavzu. To‘lovlar oqimi, rentalar va ularni jamg‘arishga doir formulalar beriladi. O‘ninchi mavzu. Kredit hisoblariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kredit turlari va qarzni yechish usullari o‘rganiladi. O‘n birinchi mavzu. Sarmoya jarayonlari tahlil qilinib sarmoya jarayonlarining sonly xarakteristikalari hisoblanadi. O‘n ikkinchi mavzu. Qimmatli qog‘ozlar bozori obligatsiya kursi, aksiya dividentlarini hisoblashga qaratilgan. O‘n uchinchi mavzu. Risk tushunchasi, riskning miqdoriy bahosi va riskni kamaytirish usullari o‘rganiladi. O‘n to‘rtinchi mavzu. Daromad dispersiyasini, ya’ni riskni minimallashtirishning matematik metodlari o‘rganiladi. O‘n beshinchi mavzu. Sug‘urtaviy rentalar, sug‘urtaning narxini topish, sug‘urtaviy ehtimollarga bag‘ishlangan. Download 147.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling