Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti 181-oʻzbek guruhi talabasi Komilova Dilraboning matnshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.5 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#247224
Bog'liq
Dinora

Abdullayeva Dinora

Mavzu: Qoʻlyozma matnlarning o’ziga xos belgilari

  • Reja:
  • Qoʻlyozma matnlari haqida maʼlumot
  • Qoʻlyozma matnlarini tayyorlashda ishlatiladigan qurollar
  • Qoʻlyozma matnlarga xos boshqa umumiy xususiyatlar

Qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik qoʻlyozma deyiladi. Qoʻlyozma-taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati. Qadimiy qoʻlyozmalar muhim adabiy, tarixiy,ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi.

Qoʻlyozmalarni tayyorlashda ishlatiladigan yozuv qurollari:

  • Yozuvlar tarixiga nazar tashlasak,har qanday yozuv maʼlum qurollar vositasida bitilganining guvohi boʻlamiz.
  • Qalam arab yozuvining asosiy quroli hisoblanadi. Lugʻatlarda bu soʻz qamish soʻzi bilan izohlangan.
  • Davot xat mashqi uchun lozim boʻlgan yozuv qurollarining ikkinchisi.
  • Los- past sifatli tozalanmagan ipak.
  • Sixpar- jayra hayvonining ignasi.
  • Mistar- satrlarni tekis chiqarishda ishlatiladigan asbob.

Qoʻlyozma kitoblari haqida maʼlumot

Kolofon- kotibning qoʻlyozma soʻnggida keltiradigan maʼlumotnomasi. Unda kitob nomi, qoʻlyozmaning koʻchirish sanasi va kitob mulohazalari beriladi.

  • Kolofon- kotibning qoʻlyozma soʻnggida keltiradigan maʼlumotnomasi. Unda kitob nomi, qoʻlyozmaning koʻchirish sanasi va kitob mulohazalari beriladi.
  • Poygir- oʻzidan keyingi sahifaning shu soʻz bilan boshlanishini bildirib keluvchi soʻz boʻlib,oʻng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi. Poygir sahifalar ketma- ketligini bilish uchun bet raqamlari oʻrniga ishlatiladi.

Kitob tuzilishi haqida maʼlumot

  • Basmala- har bir kitob « bismillo» dam boshlangan.
  • Hamd- Ollohning madhi, « tahmid» ham deyishadi. Matnning uzviy tarkibiy qismi boʻlib,unda Ollohning bagʻoyat buyukligi va barcha ishlarga qodirligi, unga muallif munosabati aks etadi.
  • Matn- kitobning asosiy qismi boʻlib,unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval va poygirlar kirmaydi.
  • Ichki unvon- tuzilishi murakkab kitoblarda ular baʼzan boshqa, masalan, qizil siyoh bilan, baʼzan qalin harflar ( jumladan,nasriy asarlarda), baʼzan hozirgidek sahifa oʻrtasida beriladi.
  • Hoshiya- jadval ( matn ramkasi)dan tashqarida joylashtirilib, koʻpincha tushib qolgan oʻrinlarga qistirmalar qoʻyish, izoh berish,matn fikrini tasdiqlash uchun xizmat qiladi.

Qoʻlyozma kitoblari muhim ahamiyatga ega boyligimizdir!

Qoʻlyozma kitoblari muhim adabiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan manbalar hisoblanadi. Qadimiy yozuv turlari boʻlmish xorazm,baqtriya,soʻgʻd yozuvlarida yozilgan kitoblar bizlarga buyuk xalqimiz shonli oʻtmishi,urf- odat, anʼanalarimiz va ota- bobolarimiz haqida maʼlumot beradi. Bu yozuvlarda bitilgan manbalar xalqimiz tarixini oʻrganishda muhim manbalar hisoblanadi. Shuning uchun bunday bebaho boyligimizni asrash,uni asl holida saqlash, qoʻlyozma kitoblarni topish va kelgusi avlodga yetkazish ishlari yurtimizda alohida eʼtiborga molik masalalardan biri sanalib kelingan.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling