Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 201-guruh


Download 1.44 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1276419
Bog'liq
aaaaa


Urganch davlat universiteti
Filologiya fakulteti 201-guruh
talabasi Salayeva Hayotxonning
Umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari.
Reja:
1. Malaka haqida umumiy tushuncha.
2. Shaxsning odatlari haqida.
3. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari.
Shaxsning malaka va odatlari
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlami egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib,
keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta
takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalami mashq
qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi.
Odat kishi qalbiga o’mashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir.
Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va
salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi.
Malaka va odatlaming nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo’lish
mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip
tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar
majmuasidan iborat.
Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalaming kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o ’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda
qiynalmaydi.
Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzaliladi. Bu malakalaming diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalaming hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bogʻliq, masalan tiiga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez
o’rganiladi. Malakalaming mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual
xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka
tez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shaxsni
individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi
fikrlami keltirib o ’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam
yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash
jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb
ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida
ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har
qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi".
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy
munosabatlaming sub'ekti, o ’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli
mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy
jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
Kapalaklardan birini tanlang va kuchli tomoningizni bilib oling.
Har qanday insonda kuchli taraflari bo'ladi. Ularga tayangan holda qiyin vaziyatlardan chiqib ketish mumkin. Agar xarakteringizning kuchli tomonlarini bilishni hohlasangiz, oddiy psixologik testdan o'tishni maslahat beraman. O'zingizga yoqqan kapalakni tanlang va ma'nosini bilib oling.
1. His-tuyg'ulilik va samimiylik.
Sizning kuchingiz insonlarni eshita olishingiz va qayg'ura olishingizdadir. Siz xar qanday holda o'zingizni boshqalarning o'rniga qo'ya olasiz. Holatni baholab, har qanday holatdan chiqaruvchi kerakli maslahat berasiz.
2. Tinchlik va sabr.
Siz har doim yaqinlaringiz va sevimli insonlaringiz orasida umumiy hamohanglikka intilasiz. Siz har qanday muammoli holatlarni bartaraf eta olasiz. Shuning uchun siz ishda o'rnini bosib bo'lmaydigan shaxsga aylana olasiz. Sizni yuqori baholashadi.
3. Iste'dod va mukammal.
Siz atrofingizdagi olamni boshqa burchak ostida ko'rasiz. Siz har doim o'zingizni o'rab turgan muhitni yaxshilash uchun nimadir qilishga intilasiz. Sizning san'atga iste'dodingiz bor. Lekin sizda ideallikka intilish kuchli. Bu qaysidir darajada yaxshi, ammo bu ishda yaxshi samara beradi, odamlar bilan muloqotda emas.
4. Intiluvchanlik va egallash.
Siz doimo omadlisiz, hammasi intiluvchanligingiz sabablidir. Siz maqsadga har qanday yo'l bilan erishasiz. Sizda kuchli raqobatchini ko'radilar. Siz yagona qila olmaydigan narsa bu yutqazishdir. Faqatgina shu holatingizni yomonlashtirishi mumkin.
5. Qiziqqan tabiatli.
Siz bir xil ishni ummuman yoqtirmaysiz. Sizda ko'p qirrali iste'dodlar va qiziqishlar jamlangan. Bulardan biri sizga foyda keltiruvchi ish bo'ladi. Siz juda qobiliyatli va qiziquvchan insonsiz. Eng muhimi qiziqqan ishingizga ko'proq vaqt ajratishingiz kerak.
6. Yuqori sezuvchanlik.
Siz juda sezuvchan insonsiz. Insonlarning xarakterini ajoyib tarzda bilib olasiz. Barcha narsani nozik darajada sezasiz. Ichki sezgingizga tayangan holda yuqori cho'qqilarni egallashingiz mumkin. Sizga tez-tez yolg'iz qolish zarur. Bu sizga stressdan qutulishga yordam beradi.
E'tiboringiz uchun rahmat !!!
Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling