Mening ish kunim
Download 22.16 Kb.
|
masofaviy topshiriq - 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt Shamoldek uchmoqda
Mening ish kunim Men odatda kunimni ertalab hamma qiladigan ishlarni bajarishdan boshlayman: yuvinish, nonushta qilish va hk. Darsga kerakli narsalarimni yiģaman: qalam, daftar, kitob. Keyin men odatda universitetga boraman. Yaxshiyamki, dadam har kuni ertalab mashinada universitetimiz eshigiga olib boradi. Tez orada ma'ruzalar va darslar boshlanadi. Bizga har kuni 2 dan 4 tagacha ma'ruzalar boladi. Maktabga qaraganda universitetda o'qishni yaxshi ko'raman, chunki universitetda ba'zi ma'ruzalarni o'tkazib yuborishga ruxsat beriladi (albatta, keyinroq xulosa chiqarib, uni nusxalashingiz kerak). Demak, talaba o'quvchiga qaraganda ancha erkin. Darslardan so'ng odatda uyga qaytaman, ovqatlanaman va kunning qolgan qismini qanday o'tkazishim haqida o'ylay boshlayman. Do'stimnikiga tez-tez boraman. Erta kuz va yoz oylarida men sport maydonchasiga yoki sohilga tez-tez boraman. Shuningdek, men turli xil sport tadbirlariga, masalan, Rossiya chempionatidagi "Luch" ning futbol o'yinlariga tashrif buyurishni yaxshi ko'raman. Shunday qilib, dunyo yoqimli narsalar bilan to'la. Uyga qaytganimda, men odatda uy vazifasini bajarishni boshlayman (ehtimol bu kunning eng zerikarli qismi). Uni tugatgandan so'ng, men bir kitobni ochaman va o'qiyman yoki televizor ko'raman. Nihoyat, yotoqda yotaman. Albatta, men o'zim va ish kunim haqida ko'proq gapirib bermoqchiman, ammo, afsuski, vaqtim kam va menda juda ko'p uy vazifalari bor. Umuman olganda, endi mening ish kunim to'g'risida etarli ma'lumotga egasiz. Vaqt Shamoldek uchmoqda Vaqt shamoldek uchmoqda bu jumla biz uchun o’zgarmas bo’lgan vaqtning qanchalar tez o’tib borayotganidan dalolat beradi. Vaqt har doim bir xil va faqat oldinga harakatlanadi. Ammo vaqtimizni qanday o’tganligini uni foydali yoki foydasiz o’tganligini anglashimiz juda ham qiyin. Bunga asosiy sabab bo’lsa o’zimizni o’zimiz hali vaqt borku deb ovutishimizdir. Lekin har doim ham barcha ishni uddalash uchun vaqt yettarli bo’lmaydi.Biz vaqtni boshqara olmasligimiz uni o’z izmimizga solaolmasligimiz tufayli yer yuzidagi deyarli juda ko’p insonlarda o’z o’tmishiga nisbatan nafrat tuyg’usi va uni o’zgartirgisi kelaverishi kuzatiladi.Ammo inson shuni tushunib yetishi kerakki agarbiz o’tmishda o’sha bizga yoqmagan xatolarni qilmaganimizda hozirgidek bilimga va tajribaga ega bo’lmagan bo’lardik.O’tmishda qlgan xatolarimiz bizni kuchli qilmaydi biz u xatolardan chiqargan xulosalarimiz va ularni o’zgartirish va to’g’irlash uchun qilingan mehnatlarimiz bizni kuchki qiladi.Xato qilish har doim ham yomon oqibatlarga olib kelmaydi,shu payt menga buyuk olim AlbertEynshteyning bir iqtibosi esimga kelaveradi u shunday degandi “Xato qilmagan inson –hech narsa qilmagan insondir” bu jumlada shunday ma’no mazmun yotadiki inson harakat qilib ko’ribdiki albatta xató qiladi, agar u xató qilmagan bo’lsa demak u hech narsa qilmagandir. Bizni o’tmishdagi xatolarimiz katta hayotga tayyorlagani kabi kelajakdagi orzularimiz va maqsadlarimiz bizni harakat qilishga undab turadi. Har bir inson kelajagini turli yoshlarda turlicha tassavur qiishni boshlaydi. Masalan: Endi aqlini tanigan 5 yoki 6 yoshli bola yoshligida kelajagini o’yinchoq yoki turli xil buyumlar bilan tassavur qiladi u uchun hayotdagi asosiy vazifa mazza qilib o’ynash va rohatlanish bo’ladi. O’smir yoshlarda bo’lsa o’zi istagan yo’nalishni yaxshi mutahassisi bo’lish orzuyi u hoh oliy ma’lumotli hoh oliy ma’lumotsiz bo’lsin. U uchun hayotining mazmuni hayotning keying bosqichiga o’tishdir. Endi voyaga yetgan sal bo’lsa ham hayot qiyinchiliklarini ko’rgan insonning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi oila qurish. Katta yoshdagi insonlar bo’lsa oilasini yaxshi yashashi va kelajagi chiroyli bo’lishini hohlaydi.Vaqt shundayki hatto bizni orzularimizga chegara ham qo’yoladi. Qanchalik katta bo’lganmiz sari orzularimiz kichiklashadi. Bunga sabab bo’lsa bizning dangasalagimiz. “Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi".Agar iplar sifatsiz va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ozdir. Barakali bo‘lsa, ko‘p. Shu bois ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.Islom ta'limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bo‘lishimizga amr qiladi va har kuni erta turishga, xayrli amallarni qilishga hamda yoshlik, sihat-salomatlik, bo‘sh vaqtni g‘animat bilishga chorlaydi. Ulug‘ ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go‘zal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida sarflashga urinar edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a'lo bo‘lardi. Ular: “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli so‘zga amal qilishgan. O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”. Ha, vaqt go‘yo ulug‘ omaddir. Farzandlarimizniing ta'lim-tarbiyasiga e'tiborimizni kuchaytirib, ta'lim dargohlarida olayotgan bilimini tekshirib turish lozim. Farzandlar maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bo‘lmish jigarbandini oldidan duo qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini g‘animat bilmasdan bilim olish o‘rniga turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda. Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab o‘tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo‘lmasinlar, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo‘lgan ne'matdan unumli foydalanishlari lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug‘larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiyasiga beparvo bo‘lmasliklari, vaqtlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatishlari kerak. Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo‘lidadir. Shu kunga kelib bu mavzu o'zining dolzarbligini va qiymatini yo'qotmay kelgan mavzulardan deb bilaman va shuning uchun yana bir bor shu mavzuda qalam tepratishni xohladim. Kunlarning birida Buddadan "Hayotimizdagi eng katta qilgan xato ishimiz nimada ?" deb so'ralganda u shunday javob qilgan edi: bizning hayotimizdagi eng katta hayotimiz bizda vaqt bor deb o'ylashimiz. Vaqt bu tekin bir buyum lekin qiymati yo'q boylikdir siz uni boshqara olmaysiz lekin siz ishlata olasiz, siz uni saqlab tura olmaysiz lekin sarflay olasiz lekin qachonki u yo'qolib qolsa siz uni hech qachon qaytara olmaysiz. Insoniyat, olimlar fikricha, o'rtacha 78 yil umr ko'radi. Biz hayotimizning 28.3 yilini uyqu bilan o'tkazamiz va bu o'rtacha umumiy hayotimizning 30% ini yaxshi uxlash uchun kuch sarflashimizni bildiradi. Biz hayotimizning 10.5 yilini ishlash bilan lekin taxminan 50% inson shu ishini tark etish hisi bilan yashaydi. Vaqt va pulni solishtirgan vaqt qimmatliroq, siz ko'p pul topishingiz mumkin, ammo siz ko'p vaqtga egalik qila olmaysiz. Biz hayotimizning 9 yilini televizor va ijtimoiy tarmoqda va qolgan qismini yeb-ichish, sayohat qilish va boshqa kerak bo'lgan ishlar uchun sarflaymiz. Statistikalar shuni ko'rsatib turibdi, hozirgi davrda yoshlar o'rtacha 3.5 yilini o'rganish ilm-olishda o'tkazishadi. Bundan tashqari barcha ishlarni olib tashlaganda bizda yana 9 yil qoladi. Biz uni qanday sarflayapmiz? Natijalarga ko'ra, agar inson har kuni ertalab vaqtli soat 4 turib o'z ishlarini tartib ila bajargan insonlarning 90% muvaffaqiyatga erishgan bunga ko'ra agar siz har kuni ertalab 4 da tursangiz yoshingiz 40 ga chiqqanda yoshingiz tengdoshlaringiz bilan bir xil bo'lishi mumkin, ammo siz ular 8 soat uxlaganda 6 soat uxlagansiz va natijada siz ulardan roppa-rosa 10 yil ko'p yashagan bo'lasiz. Steve Jobs aytganidek "Sizning vaqtingiz chegaralangan, birovning hayotida yashashni bas qiling". Bu yerda ham yaxshi ham yomon ma'no mujassamlashgan. Yomon tarafi vaqtni uchmoqda, ammo yaxshi tarafi siz uchuvchisiz. Tasavvur qiling, har kuni ertalab turganingizda sizga $86,400 taqdim etiladi va kunning oxirida barchasi g'oyib bo'ladi siz uni ishlatishga ulgurdingizmi yoki yo'q. Ertasi kuni esa sizga yana shuncha pul taqdim etiladi. Aminmanki agar sizga har kuni shuncha pul taqdim etilsa o'ylab ishlatishga harakat qilasiz. Ammo bu holat vaqt masalasiga kelganda doimo teskarisi. Bu soniyalar sizning pullaringizdan ancha kuchli, chunki siz har doim pul topishingiz mumkin, lekin vaqtni emas. Agar siz bir yil qadrini bilmoqchi bo'lsangiz universitetdan yiqilgan talabadan so'rang. Agar siz 1 oy qadrini anglamoqchi bo'lsangiz, homilador ayol qornidagi farzandidan oxirgi oyda ajralganidagi ahvolini ko'z oldingizga keltiring. Agar 1 daqiqa qadrini bilmoqchi bo'lsangiz, farzandi uzoq yurtlarda bo'lgan onadan so'rang. Agar siz millisoniyalar qadrini anglamoqchi bo'lsangiz olimpiada o'yinlarida 2 o'rinda kelgan sportchidan so'rang. Bizga insonlar bizning vaqtimizni sarflayotgandek tuyiladi lekin o'zimiz shunga qarshilik qila olmayotganimizdan esa xabarimiz yo'q. Ba'zida biz o'zimizga kerakli bo'lgan insonlarni yo'qotamiz chunki ularni vaqtlarni qadrlamaymiz va ba'zida biz o'zimizga kerakli inson yo'qolib qolgandan so'ng uning qanchalik qadrli ekanligini anglab yetamiz. Har bir insonda har kuni ertalab uyqudan uyg'onganidan boshlab ongida jang boshlanadi. Har xil ovozlar ba'zi bir ovozlar bizni dangasalikka, orqaga tortishga, hech qanday ish qilmaslikka, bizning potesialni o'ldirish bilan shug'ullansa qolgan ovozlar bizni tepaga tortishga, qobiliyatlarimizni rivojlantirishga, dangasa bo'lmaslikka undaydi va biz qaysi ovozlarni ko'p eshitsak o'shani bajaramiz, o'shani ketidan ketishga harakat qilamiz va bu bizning vaqtimizni qanday sarflashga bo'lgan tanlovdir. Hayot va Vaqt eng yaxshi 2 ustoz buni ko'pgina mashhur shaxslar o'z bitiklarida kitoblarida ta'kidlab o'tishgan, hayot bizga qanday qilib vaqtdan foydalanishni o'rgatsa, vaqt shu hayotning qiymatini qadrlashni o'rgatadi. Uilyam Shekspir o'zining kitoblarida "Vaqt unga hayrihoh bo'lganlar uchun juda sekin, qo'rqqanlar uchun juda tez o'tadi, xafa kishilar uchun juda uzoq va o'yin-kulguga berilganlar uchun juda qisqa va vaqtni sevganlar uchun esa u abadiy" deb ta'kidlagan. Download 22.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling