Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Quryazova Niyozjon O‘tkir qiziga tavsiyanoma


Download 5.17 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1300250
Bog'liq
ilmiy rahbar tavsiyanomasi (5)


Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Quryazova Niyozjon O‘tkir qiziga

TAVSIYANOMA
Quryazova Niyozjon O‘tkir qizi Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta'lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilindi. O‘qish davomida u namunali, tashkilotchi, intiluvchan , izlanuvchan, zehnli va ijodkor talaba sifatida o‘zini ko‘rsata oldi. Quryazova Niyozjon iqtidorli talabardan biri bo‘lib, o‘zining a’lo baholarga o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishi, mehnatsevarligi, qobiliyati, o‘tkir zehni va namanali xulqi bilan boshqalardan ajralib turadi. Shuningdek, u tashkilotchi talaba sifatida universitetimiz va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan bir qator tadbirlarda faol ishtirok qilmoqda. Fakultetimizda o‘tkaziladigan insholar tanlovida doimiy ravishda ishtirok qilib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. ‘”Zakovat” intellektual o‘yinlarida, kitobxonlik tanlovlarida faol ishtirok etmoqda.
Quryazova Niyozjon O‘tkir qizining universitet hayotida faol talabalardan biri ekanligi, tirishqoqligi va izlanuvchanligi, namunali xulqi va barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganini inobatga olib, uni iqtidorli talaba sifatida moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilaman.

Iqtidorli talabaning ilmiy
rahbari: f.f.d (PhD), dots. Sh.Norboyeva
Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling