Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 214-guruh talabasi Matqurbanova Raximaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


Download 98.07 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi98.07 Kb.
#1417575
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HO\'AT. Matqurbanova Raxima

2. Atov gap. Asosan bosh kelishikdagi ot bilan ifodalangan narsa- buyumning borligini, mavjudligini anglatgan gaplar atov gap deyiladi. Atov gaplar bir so’zdan iborat bo’lishi yoki aniqlovchilar bilan kengayib kelishi mumkin: Qish. Mana Hirot. Oppoq qor.

3. So’z gap. Bir so’zdan iborat bo’lib, tarkibi gap bo’laklariga ajralmaydigan, boshqa so’zlar bilan kengayish imkoniyatiga deyarli ega bo’lmagan gaplar so’z gaplar deyiladi. So’z gaplar ha, yo’q, shaksiz, shubhasiz, ofarin, yashang, to’g’ri, ehtimol, albatta kabi modal yoki undov so’zlar bilan ifodalanib, oldingi gapning mazmuniga so’zlovchining munosabatini bildiradi. Bular ko’pincha tasdiqni yoki inkorni ifodalaydi. – Ishga borasanmi? – Ha (tasdiq)/-Yo’q (inkor).

So’z gaplar ba’zan undalma bilan ham qo’llanadi: - Ertaga barvaqt keeling. – Mayli, domla. So’z gaplardan keyin fe’l kesim keltirilsa, u so’z gap emas, kirish so’zli to’liqsiz gap holiga keladi: - Ishga borasanmi? – Ha, boraman (to’liqsiz gap).

Faqat ega va kesimdan iborat bo’lgan gap sodda yig’iq gap hisoblanadi: Men o’qidim. Ega va kesimdan boshqa bo’laklar bilan kengaygan gap sodda yoyiq gap deyiladi: Men kitobni o’qidim. Kesim va kesimdan boshqa bo’laklarning ishtirokiga ko’ra gaplar ikki turga bo’linadi: 1) yig’iq gaplar; 2) yoyiq gaplar. 1.Yig’iq gap. Faqat kesimdangina tashkil topgan gaplar yig’iq gaplar deyiladi: Keldi. Kuz. 2.Yoyiq gap. Kesimdan tasgqari boshqa bo’laklar ham ishtirok etgan gaplarga yoyiq gap deyiladi: Keldi bahor, gul bahor.

Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun kerak bo’lgan so’zlarning qo’llanilish yoki qo’llanilmasligiga ko’ra gaplar ikkiga bo’linadi: 1) to’liq gaplar; 2) to’liqsiz gaplar. Oldingi gapdan ma’lum bo’lgan bo’laklar keyingi gapda tushirib qoldirilsa, oldingisi to’liq gap, keyingisi to’liqsiz gap hisoblanadi.


Download 98.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling