Kurs ishining vazifalari va maqsadlari. Turizmdagi turlarni aniqlash va sayohat turlari bo‟yicha turizm sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatini belgilashdan iborat. Mamlakatimizning turistik salohiyatidan turizm maqsadi uchun oqilona foydalanish lozimligini ko'rsatib berish.
Qo'yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar bajarilishi lozim deb o‟ylayman:
O'zbekistonda turizmni rivojlantirish bosqichlarini o'rganib, ayni paytdagi holatini izohlash va sohaning zaif tomonlarini ilmiy-amaliy asosda tushuntirib berish;
O'zbekistonda “turistik jozibador joy”, “turistik maskan”, va “turistik manzil” ilmiy tushunchalarining asl mohiyatiga nazariy aniqlik kiritib, o‟zaro taqqoslab, turistik manzillarning mavjudligi, turistik o'lkaning jozibadorligini va turizm samaradodligini oshirish imkoniyatlarini nazariy asoslash;
O'zbekiston zamonaviy turizm turlari xalqaro bozorda turistik hududlar bilan munosib raqobat olib boradigan, turistik oqimning barqarorligini ta‟minlashga qodir bo‟lgan va undan samarali foydalanadigan, turistik sifatni kafolatlovchi nufuzga ega bo‟lishga erisha oladigan milliy turistik taklif tizimlarini shakllantirish.
Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxatidan tashkil topgan bo‟lib – 52 betdan iborat. Kurs ishida 5 ta jadval, 2 ta rasm, 2 ta diagramma keltirilgan.
Biz o'z ishimizni bu sohaga tayangan holda mustaqillik yillarida mamlakatimizning boy tarixiy, madaniy, ijodkorlik va yaratuvchilik merosi, tabiatimizdagi tabiiy-tarixiy ko'rinishlar, xalqlarimizning o'tmish madaniyatini, hayotini aks ettirgan bitiklar, hunarmandchilik ijodlari kabi ishlab chiqish sohalarini ham ichki va xalqaro turistik resurslarga aylantirishning juda katta imkoniyatlari mavjud. Respublikamizda turizmning keng qamrovli va salohiyatli turlari bilan birga – nazarimizda, kichik, noananaviy bo„lib ko'ringan resurslaridan ham turizmda muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatlari beqiyos darajada samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |