Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.49 Mb.
|
Автореферат 15.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- НАУЧНЫЙ СОВЕТ PhD.03/28.08.2020.I.55.03 ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ УРГЕНЧСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ
4- jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmini 2023-2027 yillar uchun prognoz qiymatlari 18. For 95% confidence intervals, z(0.025) = 1.96
Ishlab chiqilgan prognoz natijalariga ko‘ra mazkur omil keyingi yillarda eng past o‘sish sur'atiga ega bo‘ladi. Ya’ni keyingi besh yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmini 1,15 barobarga oshgani holda o‘rtacha o‘sish sur'ati 2,9 foizni tashkil qiladi. Barcha omillar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz natijalari ishlab chiqilgan birinchi modeldan foydalangan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot hajmini keyingi yillar uchun prognoz qiymatlarini hisoblash imkonini beradi (5-jadval). 5- jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini o‘zgarishiga mos holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdori hisoblangan prognoz qiymatlari19.
Hisoblangan prognoz natijalariga ko‘ra mintaqada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini barqaror o‘sish sur'ati ta’minlanadi va u 1,35 barobarga oshadi. Bu mazkur ko‘rsatkichning keyingi besh yilda o‘rtacha o‘sish sur'atini 6,2 teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Ushbu o‘sish sur'ati dastlabki ikkita omilning o‘sish sur'atidan past ammo, uchinchi omilnikidan yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, sohalarning ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffitsiyentlari ancha past qiymatga ega bo‘lmoqda, chunki muhim bo‘lgan uchala ko‘rsatkichning elastiklik koeffitsiyentlari yig‘indisi 0,55 ga teng bo‘lmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muammolar mavjudligini, sohalarda intensiv rivojlanishni deyarli mavjud emasligini asoslaydi. Investitsiyalar ta’sirini juda past ekanligi ushbu xulosani asoslashga xizmat qiladi. Fikrimizcha mintaqada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda modernizatsiya qilish, samaradorlikni oshirish mintaqada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdorini oshirishga, barqaror o‘sishini ta’minlashda xizmat qiladi. XULOSA Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalarini rivojlantirish va boshqarishni diversifikatsiya qilishning innovatsion strategiyasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar qilindi va tavsiyalar ishlab chiqildi: Diversifikatsiyani o‘tkazish zaruriyatini aniqlashning asosiy maqsadi u boshqarishning asos soluvchi biznes-jarayoni hisoblanishi hamda korporatsiyaga tashkilot samaradorligini oshirishning asosiy usulini aniqlashda yordam berishidan iborat. Ushbu holatda har bir tarmoqda va har bir kompaniyada maqsad qo‘yish jarayonining o‘zi o‘zining dastlabki ma’lumotlari, ya’ni faqat o‘zida qayd qilingan va individual xarakterga ega bo‘lgan shart-sharoitlar asosida amalga oshadi; Hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashda xom ashyoga asoslangan yoki mahsulotlarni qayta ishlashga yo‘naltirishga qaratilgan diversifikatsiya shaklidan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va xizmatlar sohasini rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Import qilinadigan resurslar assortiment va sifat jihatidan diversifikatsiyasi hudud iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlashi, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi, global miqyosda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatilarining oshirishi lozim; Sanoatni diversifikatsiyalashning iqtisodiy ustunliklari texnologiyalar almashuvi, nou-xaularni keng joriy qilish, inqiroz oqibatlarini yumshatish, raqobat sharoitida bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash, xarajatlarni kamaytirish, pul oqimlarini qayta taqsimlash, tavakkalchiliklarni va bozor sharoitlariga bog‘liqlikni kamaytirish kiradi. Jing Xiao va boshqa olimlarning bosh maqsadi sanoat bog‘liqligi Yevropadagi mintaqalar bo‘ylab sanoat diversifikatsiyasining muhim harakatlantiruvchi kuchi ekanligini tekshirish bo‘lgan; Diversifikatsiya mintaqaviy iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlashi mumkin, lekin yuqori o‘sish sur'atlarini ta’minlamaydi, degan gipoteza tasdiqlangan. Ixtisoslashuvning kuchayishi tufayli yutuq yuz berdi, buni eng yuqori o‘sish sur'atlariga erishgan hududlarning iqtisodiy dinamikasi ko‘rsatadi. Mintaqaviy rivojlanish uchun diversifikatsiya muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda mahsulotning o‘zaro bog‘liqligi va murakkabligi asosida yanada kengroq tahlil tizimini taklif qilish orqali tegishli diversifikatsiya bo‘yicha adabiyotlarni ilgari suradi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining ehtiyojlarini qondiradigan sanoatni rivojlantirish va takomillashtirish dasturini asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishning energiya va mehnatni ko‘p talab qiladigan, lekin suvni ko‘p qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mahalliy xom-ashyodan samarali foydalanish hamda shu asosda resurs ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, mahsulotlarni bozorga chiqarish, shahar va tumanlarda kichik korxonalarni tashkil etish, sanoat hududlari va tugunlarini oqilano rivojlantirish va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur; Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Xususan, mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha ixtisoslashuv koefitsenti, 0,848dan 1,576gacha, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 0,916 dan 1,704 gacha, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,941 dan 3,517 gacha, energiya ta’minoti 1,480 dan 2, 520 gacha oshganligini ko‘rish mumkin. Buning eng muhim sabablaridan biri sifatida sanoat mahsulotlariga bo‘lgan bozor talabining oshganligi bilan izohlash mumkin. Ushbu shakllangan sanoat ixtisoslashuvi Qoraqalpog‘iston Respublikasiing “o‘sish nuqta”lari hisoblanadi; Xududiy diversifikatsiya bo‘yicha adabiyotlarda ta’kidlanishicha, mintaqalar o‘zlarining mavjud faoliyatlari bilan bog‘liq yangi faoliyat turlarida diversifikatsiya qilinadi, bulardan yangi faoliyatlar mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqadi va birlashtiradi. Maqolada hududiy diversifikatsiyaga tanqidiy baho berilgan va kelajakdagi tadqiqotlar uchun bir qator muhim masalalar aniqlangan. Shuningdek, (1) hududlarni diversifikatsiya qiladigan turli xil imkoniyatlarni ajratishni talab qiladi; (2) mintaqaviy diversifikatsiyani o‘rganishda ko‘proq geografik jihatdan yondashish talab qilinadi, masalan, institutlar kabi hududga xos kontekstlarning ta’siriga e'tibor beriladi; Diversifikatsiya iqtisodiy jarayon sifatida makro, mezo va mikro darajalarda o‘ziga xos jihatlarga ega hisoblanadi. Diversifikatsiya makrodarajada butun iqtisodiyotning barqarorligini o‘stirishga qaratilgan tuzilmadagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishning mezodarajasi - bu sohalararo o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga yordam beradigan yagona mintaqa, tarmoq yoki milliy iqtisodiyotni tarmog‘i rivojlanishini xilma xilligi hisoblanadi. Shuningdek, mikrodarajada diversifikatsiya jarayoni alohida xo‘jalik birliklari hisoblangan korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyat turlarini kengaytirishi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida hududiy klasterlarni shakllantirish muhim zaruriyat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, klasterli yondoshuvlar asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida qurilish klasterini, Nukus tumanida baliqchilik klasterini, Nukus shahrida farmatsevtika klasterini, Amudaryo tumanida paxta-to‘qimachilik klasterini, Taxiatosh tumanida sutni qayta ishlash klasterini hamda Nukus shahri va Ellikqal'a tumanlarida turizm klasterlarini tashkil qilish zarur. Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlari sifatida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, sanoat ishlab chiqarish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi biznes aloqalari, mahalliylashtirish asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslandi. Xalqaro tajribalar eksportni diversifikatsiya qilishning innovatsion va inertsion yo‘nalishlari mavjud ekanligini ta’kidlaydilar. Eksportni innovatsion diversifikatsiya qilish xorijiy firmalar bilan raqobatlasha oladigan, tayyor yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan innovatsion biznes rivojlanishini ta’minlaydi. Eksportni inertsion diversifikatsiyasi xizmatlar va tovarlar eksporti aylanmasini dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ko‘paytirishni nazarda tutadi. Sohalarning ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffitsiyentlari ancha past qiymatga ega bo‘lmoqda, chunki muhim bo‘lgan uchala ko‘rsatkichning elastiklik koeffitsiyentlari yig‘indisi 0,55 ga teng bo‘lmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muammolar mavjudligini, sohalarda intensiv rivojlanishni deyarli mavjud emasligini asoslaydi. Investitsiyalar ta’sirini juda past ekanligi ushbu xulosani asoslashga xizmat qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini o‘zgarishiga mos holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdorini 2023-2027 yillar prognoz qiymatlari ishlab chiqildi. НАУЧНЫЙ СОВЕТ PhD.03/28.08.2020.I.55.03 ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ УРГЕНЧСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling