Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Dissertatsiyaning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifikatsiya jarayonlarining istiqbolli yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi bobida


Download 0.49 Mb.
bet12/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

Dissertatsiyaning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifikatsiya jarayonlarining istiqbolli yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi bobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiyasini kotseptual yondoshuvlari, hududni diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish hamda respublikasida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulotga tarmoqlar ta’sirini baholash va prognoz qilish masalalari tadqiq qilingan.
Diversifikatsiya "yangi sohalarga o‘tish va mavjud an'anaviy mahsulotlarni rag‘batlantirish va kengaytirishni" nazarda tutadi. Diversifikasiya ixtisoslashuvni to‘xtatmaydi, balki resurslarni eng yaxshi muqobil foydalanishga yo‘naltirishni talab qiladi. Makroiqtisodiy rejalashtirishda diversifikatsiya iqtisodiyotning kamomadli tarmoqlarini rivojlantirishda foydalanish uchun ortiqcha tarmoqlardan jamg‘armalarni safarbar qilish orqali o‘sish va rivojlanishga yordam beradi. Bugungi kunda diversifakatsiya jarayonlari qishloq xo‘jaligi, ko‘ngilochar va moliyaviy xizmatlar, sanoatlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm, tog‘-kon sanoati va boshqa shu kabi iqtisodiyot tarmoqlarida keng amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mamlakatning iqtisodiy o‘sish va daromad manbalarini shunday diversifikatsiya qilish tushuniladiki, bunda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlariga ko‘proq yoki kamroq teng qaram bo‘ladi. Asosan, bu jarayonda hukumat bosh vazifani o‘z zimmasiga oladi. Chunki bu strategiya, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish "barqaror iqtisodiy o‘sish va jonli global raqobatbardosh xususiy sektorni rivojlantirishning kaliti hisoblanadi. 3-rasmda ko‘rsatilganidek, diversifikatsiyalash jarayonida mahsulot va bozor diversifikatsiyasi, shuningdek, birlamchi sektor, xizmatlar va ishlab chiqarish sektori doirasidagi diversifikatsiya bilan tavsiflangan iqtisodiy diversifikatsiyani nazarda tutadi.


3- rasm. Hudud iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish manbalari13.
Iqtisodiyotda mahsulot tuzilmasini diversifikatsiyalashda hududiy jihatdan yondashishda tashqi qarshilik ko‘rsatuvchi omillarni va tashqi talabni ham hisobga olish zarur. Chunki ko‘p tarmoqli tuzilmada ichki talabning shakllanishi tarmoqlararo munosabatlar tufayli ta’minlanadi. Mantiqan olib qaraganda barcha tarmoqlarni bir hilda rivojlantirish bo‘lgan ishlab chiqarish tuzilmasini diversifikatsiya qilish hech bir mintaqa uchun umumiy rivojlanish yo‘li hisoblanmaydi. Bundan tashqari, bu ixtisoslashuvga muqobil yo‘l - mintaqaviy rivojlanishning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Diversifikatsiya kabi ixtisoslashuvning intensivlashuvi ham mintaqa uchun ma’lum ijobiy va salbiy oqibatlarga olib keladi. Hudud yuqori o‘sish tarmoqlariga ixtisoslashgan hollarda ixtisoslashuv samarali o‘sish omili hisoblanadi. Tadqiqot ob'ekti hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar diversifakatsiyasi sifatida, shahar va tumanlarining o‘sish nuqtalari («drayver» sohalari) aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining “drayver” sohalari quyidagilarga ajratilishi maqsadga muvofiq deb topildi:

bog‘dorchilik;

  • Beruniy tumanida qurilish materiallari sanoati, chorvachilik;

  • Bo‘zatov tumanida chorvachilik, issiqxonalar tashkil qilish;

  • Kegeyli tumanida meva-sabzavotchilik, qog‘oz ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • Qonliko‘l tumanida ipakchilik, chorvachilikni rivojlantirish;

  • Qorao‘zak tumanida qurilish materiallari sanoati, chorvachilik;

  • Qo‘ng‘irot tumanida neft-kimyo sanoati, chorvachilik;

  • Mo‘ynoq tumanida baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish;

  • Nukus tumanida issiqxonalar tashkil qilish, meva-sabzavotchilik, baliqchilikni rivojlantirish;

  • Taxiatosh tumanida oziq-ovqat sanoati, issiqxonalar tashkil qilish;

  • Taxtako‘pir tumanida chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish;

  • To‘rtko‘l tumanida shisha va oyna ishlab chiqarish, issiqxonalar tashkil qilish;

  • Xo‘jayli tumanida chorvachilik, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish;

  • Chimboy tumanida don mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilikni yo‘lga qo‘yish;

  • Shumanay tumanida to‘qimachilik sanoati, kunjutni qayta ishlashni tashkil qilish;

  • Ellikqal'a tumanida issiqxonalar tashkil qilish, turizmni rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Shuningdek, Qoralpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilish maqsadida bozorlar diversifikatsiyasini amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, “2020 - 2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, yillik eksport hajmini 347 mln dollarga, eksport qiluvchi korxonalar sonini 250 taga, eksport geografiyasini 45 ta mamlakatga yetkazish hamda eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar turini 30 tadan oshirish, xorijiy turistlar sonini 80 ming nafarga, turizm xizmatlari eksportini 45 mlndollarga yetkazish, shuningdek, ichki turistlar sonini 800 ming nafargacha oshirish, 210 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurish hamda turoperator va turagentlar sonini 45 taga yetkazish belgilangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Taxtako‘pir, Shumanay, Qorao‘zak va Nukus tumanlaridagi eksport hajmini 2020 yil 2,8 foizdan 2023 yilda 3,3% ga oshirish nazarda tutilgan. 2021 yilda hudud eksportining o‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 115,4%ni tashkil etdi va eksport hajmi 418,6 mln.dollarga yetdi. Eksportning qariyb, 71,2% i tarmoq korxonalari hissasiga va 28,8%i hududiy korxonalar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan eksport qilinadigan tovarlar nomenklaturasini kimyo sanoati mahsulotlari (67,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (11,3%), paxta tolasi (2,8%), mashina va uskunalar (1,16%), xizmatlar (0,6%), energiya resurslari (0,3%) va boshqa tovarlar (15,9%) tashkil etgan.
Bizning fikrimizcha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga ko‘maklashish uchun mintaqaning iqtisodiy tizimida integratsiya va diversifikatsiya strategiyalarini o‘zaro ta’sirini ta’minlaydigan bir qator samarali instituttsional vositalarini qo‘llash zarur. Jumladan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun tadbirkorlikni yangi yo‘nalishlarini qo‘llab quvvatlovchi hududlararo diversifiaktsiya dasturlari;

  • integratsiyaviy hamkorlikni muhim yo‘nalishlarini ishlab chiqishga yordamlashishga qaratilgan hududlararo integratsiyaning investitsiya loyihalari;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy tuzilmalarni samarali marketing bilan keng targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish. Bu o‘z navbatida hududlarning raqobatbardoshlik ustunliklarini oshirishga imkon beradi;

  • hududlar va strategik investorlar o‘rtasida ularning diversifikatsiya va integratsiya jarayonlarida ishtirok etishi to‘g‘risida kelshuvlar diversifikatsiya salohiyatini oshirish imkonini beradi (4-rasm).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida hududiy klasterlarni rivojlantirish mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va raqobatbardoshligi oshirish muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Klaster siyosatini amalga oshirishdan asosiy maqsad, klasterlarni tashkil qiluvchi sub'ektlar, ya’ni korxonalar, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilar, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish va sotishdan keyingi xizmatlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta’minlash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashdan iborat.
Hududiy klasterlarni shakllantirishda davlatning rolini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Klasterlarni faollashtirish va rivojlantirish jarayonida uning o‘rni va roli, birinchi navbatda aynan shu institutning uchta teng huquqli tomonlaridan biri bo‘lib, har biri o‘ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Halqaro tajribada hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va klasterlashtirishda muhim yondoshuvlardan biri "Triple Helix Concept" hisoblanadi. Triple Helix (uchlik xeliks14 ) - bu xususiy, davlat sektori hamda universitet o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan model hisoblanib, asosan uchta subyekt o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga asoslangan bilimlarning yangi qirralarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.





Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling