Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
- rasm. Hududiy diversifikatsiyaning ahamiyati 7
Download 0.49 Mb.
|
Автореферат 15.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gorizontal diversifikatsiya
- Vertikal diversifikatsiya.
- Lateral diversifikatsiya.
1- rasm. Hududiy diversifikatsiyaning ahamiyati 7.
Natijada boshqa tarmoqqa tegishli korxonalar faoliyat yuritishni davom qiladi. Bu o‘z navbatida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni salbiy nuqtai nazaridan keskinlashuvini oldini oladi. Diversifikatsiya natijasida ayrim tarmoqlarni tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zarari butun mintaqa iqtisodiyotining qamrab olinishidan saqlanadi. Diversifikatsiya quyidagi 3 turdagi guruhlarga ajratilgan holda o‘rganiladi: Gorizontal diversifikatsiya. Bunda hududdagi korxona o‘zi faoliyat olib borayotgan bozoriga yangi tovarlarni kirish orqali sotish hajmini oshiradi. Bu jahondagi ko‘pchilik kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladigan diversifikatsiya turi bo‘lib, kam xarajatlilik va bozordagi tavakkalchilikning pastligi bilan ajralib turadi. Gorizantal diversifikatsiyaning kamchiligi shundaki, jarayonni amalga oshirish qulayligi sababli bozordagi boshqa raqobatchilar ham bu tardagi diversifikatsiyani amalga oshirishi mumkin, natijada bozor konьyukturasi o‘zgaradi va bozorda to‘yinish holati kuzatiladi. Bu xavfni oldini olish uchun korxona raqobatchilarda mavjud bo‘lmagan o‘zining kuchli jihatlari, imkoniyati va sinergetik potentsialidan foydalanishi lozim. Vertikal diversifikatsiya. Bunda hududdagi korxona bozordagi taklif qilinadigan tovarlar turini o‘zgartiradi, lekin bu o‘zi faol bo‘lgan bozordagi sotish hajmiga ta’sir qilmaydi. Vertikal diversifikatsiya “oldinga harakat” va “orqaga harakat” diversifikatsiyalariga ajratilgan holda o‘rganiladi. Oldinga harakat diversifikatsiyasida jarayon xom ashyoni tayyorlash va mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshiriladi. “orqaga harakat” diversifikatsiyasida bo‘lsa, asosiy e'tibor logistika va savdo jarayonlariga qaratiladi. Korxonalar iqtisodiy jihatdan eng samarali va optimal variantni tanlashlari lozim. Bu turdagi diversifikatsiyani amalga oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va sotish xajmini oshirishi mumkin. Bu turdagi diversifikatsiyaning asosiy kamchiliklari sifatida yuqori xarajat, bozorlarga qaramlik, mol yetkazib beruvchi va xaridorlarning raqobatlashish imkoniyati qaraladi. Bu turdagi diversifikatsiyani amalga oshirishdan oldin bozorlarni batafsil o‘rganish va samarali marketing tadqiqotlarini amalga oshirish talab qilinadi. Lateral diversifikatsiya. Bu turdagi diversifikatsiya korxona faoliyati uchun yangi yo‘nalish hisoblanib, oldingi taklif qilinayotgan tovarlar assortimentiga kirmagan va sotish xajmini oshirish uchun mutloq yangi bo‘lgan tovarni ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Gorizantal va vertikal diversifikatsiyalar korxonalarning xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish jarayonlar negiziga asoslangan holda amalga oshiriladigan bo‘lsa, lateral diversifikatsiyada korxona faoliyat yo‘nalishini to‘liq o‘zgartirishi, boshqa tarmoq yoki sohaga tegishli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish talab etiladi. Bu turdagi diversifikatsiyaning afzalligi korxonalarni yangi yo‘nalishlardan keladigan daromad manbalariga ega bo‘lishi, ko‘p qirrali ishlab chiqarish yo‘nalishiga o‘tish, bozordagi tavakkalchilikni kamaytirish va foydani maksimallashtirishda namoyon bo‘ladi, ammo buni amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘, malakali kadrlar va tashkiliy mexanizmlar talab qilinadi. Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni diversifikatsiyasiga qaror qabul qilish murakkab jarayon bo‘lib, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilishga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Diversifikatsiyaga qaror qabul qilish hududni barqaror rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanib, hududdagi uy xo‘jaliklari sub'eklarining turmush tarzini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling