Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.49 Mb.
bet5/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

Tadqiqotning vazifalari:
zamonaviy iqtisodiyot sharoitida diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirishning dastlabki shartlari, sabablari va maqsadlarini aniqlash;
hududlar diversifikatsiyasining iqtisodiyot mohiyati va mazmuni ochib berish;
hududlarni diversifikatsiyalashda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalarini ochib berish;
hududiy diversifikatsiyani rivojlanish xususiyatlarini yoritib berish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatini diversifikatsiya salohiyatini baholash usullarini ochib berish;
hududni diversifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiyasini kontseptual yondoshuvlarini ochib berish;
hududni diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiya jarayonlarini prognoz qilish;
Tadqiqotning obyekti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari va ularning hududiy tarkibi hisoblanadi.
Tadqiqotning predmetini bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya qilish strategiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot ishida tizimli va monografik tahlil, qiyosiy taqqoslash, ekonometrik va prognozlash, klasterli yondoshuv usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududdagi iqtisodiyot tarmoqlar o‘rtasida diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullari takomillashtirilgan;
hududda diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga ixtisoslashgan qurilish, baliqchilik, farmatsevtika, paxta-to‘qimachilik, sutni qayta ishlash klasteri, turizm klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud resurslardan samarali foydalanish salohiyatini hisobga olgan holda, diversifikatsiya jarayonlari sxemasi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti, xizmatlar hajmi va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling