Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarga bog‘liqligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-ahloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Hududlarda diversifikatsiyalash jarayonlarini shakllantirishning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari ko‘pgina xorijiy olim va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan jumladan, Y.A.Shumpeter, F.Perru, A.Smit, M.Porter, I.Tyunen, V.Kristaller, A.Veberlar, J.Gelbreyt3 va boshqalarning ilmiy izlanishlarida tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarida hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishning kontseptual yo‘nalishlari O.A.Romanova, A.I.Tatarkin, Y.G.Lavrikova S.N.Rastvorseva, S.N.Yashin4 va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish masalalari Q.N.Abirqulov, A.S.Soliyev, B.Ruzmetov, M.A. Abdusalyamov, T. Doschanov, A.M.Sadiqov, A.V.Vaxabov, A.T.Yusupov, A.A.Qayumov, F.T.Egamberdiyev, B.Zaxidov, Q.Umarqulov, Z.A.Hakimov5 va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.
Shu bilan birga olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy iqtisodiyot sharoitida diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirishning dastlabki shart-sharoitlari, hududiy diversifikatsiyani rivojlanish xususiyatlari, diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullari, diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, klasterli yondoshuvlar asosida iqtisodiyot tarmoqlariga ixtisoslashgan klasterlarini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalarii o‘rganishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat tarmoqlara alohida tadqiqot obekti sifatida chuqur o‘rganilmagan.
Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Qoraqalpoq Davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga mos bajarilgan hamda F-1-77-sonli “Janubiy Orol bo‘yi ekologik sharoitida Shimoliy-g‘arbiy O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishning mintaqaviy metodikasini, metodologiyasini va strategiyasini ishlab chiqish (Quyi Amudaryo iqtisodiy tumani misolida)” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |