Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqotning amaliy natijalari


Download 0.49 Mb.
bet6/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining diversifikatsiyalashuv darajasi aniqlangan;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida “talab asosida” va “qiyinchilik sababli” yuzaga keladigan diversifikatsiya jarayonining sodir bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifikatsiya jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlari sifatida iqtisodiyot tarmoqlari va biznes aloqalari, eksportni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini yoritilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini o‘zgarishiga mos holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdorini 2023-2027-yillar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslubiy yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi sanoat korxonalari statistik ma'lumotlaridan keng foydalanilganligi, ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullari hamda nazariy ishlanmalar amaliy vazifalarni hal etishda qo‘llanilishi hamda xulosa, taklif va tavsiyalar amalda sinovdan o‘tgani, shuningdek, olingan natijalardan amaliyotda foydalanilgani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ulardan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida “talab asosida” va “qiyinchilik sababli” yuzaga keladigan diversifikatsiya jarayonining sodir bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlashda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud resurslardan samarali foydalanish salohiyatini hisobga olgan holda, diversifikatsiya jarayonlari takomillashtirishda foydalanilishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati hududni diversifikatsiya jarayonlarini takomillashtirishda iqtisodiyot tarmoqlari barqaror rivojlantirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiyasini kontseptual yondoshuvlarini ochib berishda, shuningdek, tadqiqot natijalaridan ilmiy manba sifatida tegishli ilmiy tadqiqot ishlarida, o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlashda, sohani samarali rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling