Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 0.49 Mb.
|
Автореферат 15.07.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 10 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ma’ruza ko‘rinishida bayon etilgan va aprobatsiyadan o‘tgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertattsiya hajmi 120 betni tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNIKirish qismida tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti hamda predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarga mosligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon etilgan, tadqiqotdan olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, mavzu doirasida chop etilgan ilmiy ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning «Hududlarni diversifikatsiyalash asosida rivojlanishning nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida hududda diversifikatsiyalash asosida iqtisodiyot tarmoqlarnini rivojlantirish ularni zarurati va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazardan yoritib bergan, O‘zbekiston Respublikasida ularni amalda joriy qilishning amaliy imkoniyatlari va amal qilish mexanizmalari chuqur tahlil qilin. Bunda diversifikatsiya strategiyalari bo‘yicha bilimlar, texnologiyalar va joriy qilish usullarini, raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning marketing nuqtai nazardan ta’minlashni, sotish va ishlab chiqarishni motivatsiya qilishni amalda qo‘llanilishining tafsilotlari nazariy jihatdan o‘rganilgan. Zamonaviy iqtisodiy makonda “diversifikatsiya” tushunchasi keng iqtisodiy ma’noda mahsulot yoki xizmatlar yangi turlari vositasida ishlab chiqarish xarajatlarini manipulyatsiya qilish va korxona rentabelligini tartibga solish imkoniyatlari majmuini bildiradi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, tashkil etish va rivojlanish yo‘llaridan biri sifatida, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini demonopoliatsiya qilish, raqobatning paydo bo‘lishi munosabati bilan ishlab chiqarishning yuqori rahbarlari, asosiy xodimlari e'tiborini tortdi. Mamlaktimizda diversifikatsiya jaranyonlarini qabul qilish va shu yo‘ldan izchil borish masalasining farqli jihatlari mavjud, ya’ni ular izchil tadrijiy rivojlanishning yo‘qligi va bir nechta bosqichlarda parallel jarayonlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadigan kombinatsiyalangan shaklni qabul qilishdan iborat. Soha olimlaridan, M.G.Kovalenko mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishdan asosiy maqsad barqarorlikni ta’minlash, deb hisoblaydi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur6. Ayrim mamlakatlar va ularning hududlari iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishdan asosiy maqsad xom-ashyoga bog‘liqlikni kamaytirgan holda iqtisodiy o‘sishga erishish hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotining rivojlanishida katta ulushini tashkil etuvchi tarmoqlarda mehnat unumdorligi va samaradorlikning yuqori darajada bo‘lishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida diversifikatsiyaning afzalligini ifodalab, hududiy barqaror rivojlanishni ta’minlaydi va milliy iqtisodiyotning o‘sish sur'atlarini yanada jadallashtiradi. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligining past bo‘lishi esa hududda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiyalash lozimligini anglatadi. “Diversifikatsiya” atamasi dastlab korporatsiyalarni strategik tahlilida qo‘llanilgan bo‘lib, turli bozorlardagi risklarni taqsimlashga yo‘naltirilgan korporatsiyaning rivojlanish strategiyasini ifodalaydi. Diversifikatsiya tufayli mavjud resurslardan samarali foydalangan holda kelajakda yuqori daromad olish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, diversifikaya orqali kapital yig‘ish va iqtisodiy jihatdan foydali yo‘nalishlarga investitsiya sifatida kiritish mumkin. Mintaqa iqtisodiyotida hududiy diversifikatsiya jarayonining jadallashuvi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida resurslarning keng doirada taqsimlanishi natijasida tavakkalchilikni kamaytirish va noaniq vaziyatlarga barham berish imkoniyatini kamayadi, ya’ni bitta tarmoq miqyosida iqtisodiy inqiroz sodir bo‘lsa, faqat shu tarmoqqa tegishli korxonalar zarar ko‘rishi yoki tanazzulga uchrashi mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling