Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


- rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining diversifikatsiyalashuv darajasi12


Download 0.49 Mb.
bet11/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

2- rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining diversifikatsiyalashuv darajasi12.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshganligini ko‘rish mumkin.


Xususan, respublikada qayta ishlash korxonalari 2017 yilda 67 dan 2021 yilda 81 gacha oshib, mevalarni qayta ishlash darajasi 2017 yilda 17,8% dan 2021 yilda 36,% gacha, uzum -2,1% dan 3,4% gacha, sabzovat -1,8% dan 6,7% gacha, sut 11,6%dan - 22,5% gacha ortgan. Xom-ashyo resurslari mavjudligi va ulardan unumli foydalanish asosida qishloq xo‘jaligini qayta ishlash darajasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shaharlarini quyidagilarga ajratish mumkin:

  • mevalarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan hududlar- Amudaryo, Bo‘zatov, Kegeyli, Nukus, Xo‘jayli, Ellikqal'a tumanlari;

  • sabzavotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan hududlar – Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Nukus, Kegeyli, Beruniy tumanlari;

  • sutni qayta ishlashga yo‘naltirilgan hudadlar- Bo‘zatov, Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir tumanlari;

  • go‘shtni qayta ishlashga yo‘naltirilgan hududlar- Chimboy, Xo‘jayli, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Beruniy tumanlari.

Yuqoridagi keltirilganlarga qaramasdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga imkon beruvchi boy resurslardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Hozirgi kunda respublikada mahalliy ishlab chiqarishni keng rag‘batlantirish va ichki iste'mol bozorini sifatli va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish maqsadida mahalliy xom ashyodan foydalangan holda tayyor mahsulotlarni va materiallarni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar soni 2017 yildan 19 tadan 2021 yilda 44 tagacha yetdi. 2021 yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 44 ta loyiha bo‘yicha 488,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 10,8 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy salohiyat va resurslardan samarali foydalanish, mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlashni ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida kichik sanoat zonalari va klasterlar tashkil etilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yillar maboynida sanot tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlar, sohaning respublika iqtisodiyotidagi ulushi, xom ashyo tovarlarini ishlab chiqarish salohiyati birmuncha oshdi. Lekin bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatni diversifikatsiyalashuvi yuqori darajada emas. Buning asosiy sabablari sifatida quyidagi omillarni kiritish mumkin:

  • ba’zi sanoat korxonalarida mavjud kapitalning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirganligi;

  • ko‘pchilik sanoat korxonalarida moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini past darajada saqlanib qolishi;

  • aksariyat hollarda sanoat korxonalarining faqat ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarayotganligini keltirish mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish uchun sanoat tarmog‘larida texnologik jihatdan ilg‘or va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan korxonalarni barpo etish, shuningdek aholi uchun zarur bo‘lgan hayotiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi infratuzilma tarmoqlarini va xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling